Aloqa kabellari – axborotlarni turli tok chastotalarida uzatish uchun mo‘ljallangan kabel. Aloqa kabeli orqali tele-grammalar, fototasvirlar, telefon so‘zlashuvlari, televizion eshittirishlar, hisoblash markaziga kelgan statik ma’lumotlar va boshqa uzatiladi. Aloqa kabeli, aso-san, simli aloqa o‘rnatishda ishlatila-di. Tuzilishiga ko‘ra, simmetrik va koak-sial; uzatiladigan chastotalar spektriga ko‘ra, past chastotali (10 kGs gacha), yuqori chastotali (10 kGs dan yuqori); ishlati-lish sohasiga ko‘ra, uzoq joy bilan aloqa (shaharlararo) va mahalliy aloqa (shahar telefon tarmoqlari, qishloq aloqasi, radioeshittirish va boshqalar); o‘tkazish usuliga 364ko‘ra, yer ostiga yotqiziladigan, havodan o‘tkaziladigan va boshqa xillarga
bo‘linadi. Simmetrik kabellarining tok o‘tkazuvchi simlari 0,3–1,6 mm diametrli misdan yasaladi. Izolyatsiyalangan simlar juft-juft qilib buraladi. Past chastotali simmetrik Aloqa kabelining juftlari soni 1 dan 4800 gacha, oaksiallarniki – 2 dan 20 gacha bo‘ladi (har qaysi juft 3600 gacha telefon
so‘zlashuvlarini uzatishi mum-kin).Aloqa kabelining qobig‘i qo‘rg‘oshin, alyumi-niy, po‘lat, plastmassa, metall-plastmas-sadan yasaladi. Shahar telefon aloqasida sim tolalari yigirma-o‘ttizdan ikki ming va undan ham ko‘p quyi chastota-li Aloqa kabeli ishlatiladi. Ko‘p kanalli aloqa o‘rnatish uchun yuqori chastotali simme-trik kabellar, televideniye dasturini uzatish uchun esa koaksial Aloqa kabeli lar kerak. Aloqa kabeli mustahkam, sifatli va nuqsonsiz aloqa o‘rnatishga imkon beradi. 10.1 Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. SHuni hisobga olish lozimki, xavfsizlikka
tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo’ladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni
hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta’minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi.Tez-tez bo’ladigan va xavfli (zarar o’lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga
foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma’murlarning va korporativ axborot tizimlariga xizmat ko’rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari kiradi. Ba’zida bunday xatoliklar (noto’g’ri kiritilgan ma’lumotlar, dasturdagi xatoliklar sabab bo’lgan tizimning to’xtashi yoki bo’zilishi) to’g’ridan to’g’ri zararga olib keladi. Ba’zida ular niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin bo’lgan nozik joylarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Global axborot tarmog’ida ishlash ushbu omilning yetarlicha dolzarb qiladi. Bunda zarar manbai tashkilotning foydalanuvchisi ham, tarmoq foydalanuvchisi ham bo’lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |