Kommutatorlar va konsentratorlar. Kommutator yoki svitch (switch) lokal tarmoqga ulanuvchi qurilmalar soni ikkitadan ortiq bo‘lganda ularni o‘zaro bog‘lanishlari uchun qo‘llaniladi. Demak lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil etishdagi kommutator asosiy kommunikatsiya qurilmasidir. Shuningdek unutmaslik kerakki, kommutator o‘rnida tarmoq konsentratorini ham qo‘llash mumkin. Konsentrator va kommutator asosida lokal tarmoqlarni tashkil etishning farqli xususiyatlarini quyida ko‘ribchiqiladi. Konsentratorning kommutatorga nisbatan afzalligi faqat uning portlarini signalni kuchaytirish imkoniyatiga egaligi va narxining arzonligidadir. Ammo lokal tarmoq tarkibidagi ulanuvchi qurilmalar soni 8 tadan ortgandan so‘ng konsentrator tarmoqning ishlash tezligini pasayishiga sabab bo‘ladi.
1.5-rasm. Kommutatorlar
Kommutatorlar turli portlarga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni 100 Mbit/s tezlikda ulanishni ta’minlovchi Fast Ethernet portlariga yoki 1 Gbit/s tezlikda ulanishni ta’minlovchi Gigabit Ethernet portlariga. Uy sharoitida qo‘llaniluvchi kommutatorlardagi portlar soni odatda 8 tadan oshmaydi.
Kommutatorlarni ikki guruxga ajratish mumkin: boshqariluvchi va boshqarilmaydigan. Boshqariluvchi kommutatorlarni maxsus dasturiy vosita yordami kompyuter qurilmasi yordamida sozlash mumkin. Ya’ni bunday kommutatorlarni yoki konsol kabeli yordamida kompyuterga ulab, so‘ngra kompyuterga o‘rnatilgan dastur yordamida kommutatorning sozlash oynasiga kirib uni sozlashni amalga oshirish mumkin.Ammo bunday kommutatorlar lokal tarmoqlarni tashkil etishda deyarli qo‘llanilmaydi, ularning narxi qimmatligi va lokal tarmoq qurishda qo‘llash maqsadga muvofiq emasligi sababli. Lokal tarmoqlarni qurishda boshqarilmaydigan kommutatorlar qo‘llash eng samarali yechimdir.
Marshrutizatorlar (Router). Lokal kompyuter tarmog‘iga ulangan qurilmalarni (kompyuter, planshet, smartfon va boshqa tarmoqga ulanuvchi oxirgi qurilmalar) boshqa tarmoqga, masalan internet tarmog‘iga yagona kanal bo‘yicha ulanishlarini ta’minlovchi asosiy qurilmadir. Marshrutizatorlarga qurilmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishlari yoki tarmoq kommutatorlari orqali ulanishlari mumkin. Lokal tarmoqlarni qurishda qo‘llaniluvchi marshrutizatorlarda lokal tarmoq qurilmalari ulanishlari uchun LAN portlari mavjud bo‘ladi va shuning uchun kommutatordan foydalanish zarur emas. Shuningdek marshrutizatorlarda boshqa tarmoqga ulanish uchun WAN (Wide Area Network) porti ham mavjud. Bu port asosan internet tarmog‘iga ulanish uchun qo‘llaniladi.
1.6-rasm. Lolak tarmoqlarda qo’llaniluvchi marshrutizator
Lokal tarmoqlarda qo‘llaniluvchi marshrutizatorlarning asosiy vazifasi lokal tarmoq qurilmalarini boshqa tarmoq bilan aloqasini (asosan internet tarmog‘i bilan) ta’minlashdir. Lokal tarmoqdagi turli qurilmalarni ulana olishlari uchun lokal tarmoq marshrutizatorlari ham Ethernet standarti ham Wi-Fi standarti bo‘yicha ulanishni ta’minlaydi.
Marshrutizatorning yana bir vazifasi tashqi internet tarmog‘idan lokal tarmoqga kirishni cheklaydi. Marshrutizatorning tashqaridan trafikni cheklash funsiyasi NAT mexanizmi orqali amalga oshiriladi. U lokal tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarni tashqi tarmoqga chiqishini ta’minlash uchun ularning lokal tarmoqdagi noyob IP (kulrang manzil) manzillarini internet tarmog‘ida ishlash uchun internet provayderi tomonidan berilgan IP manzil (oq rang manzil yoki ommaviy manzil) ga o‘zgartiradi. Internet tarmog‘idan ma’lumot qabul qilinish jarayonida esa aksincha o’ng rang IP manzilni lokal tarmoq chegarasida qo‘llaniluvchi kulrang IP manzillarga o‘zgartirish vazifasini bajaradi.
Modem. Lokal tarmoq qurilmalarini internet tarmog‘iga ulash uchun modem qurilmasidan ham foydalanish mumkin. Agar lokal tarmoq tashkil etilgan hududga internet telefon liniyasi orqali xDSL texnologiyasi oraqali (masalan eng keng tarqalgan varianti ADSL orqali) ta’minlanayotgan bo‘lsa abonent lokal tarmog‘ini internetga ulash uchun ADSL modemga ega bo‘lishi lozim. Ammo shuni ham nazarda tutish kerakki lokal tarmoqni internet tarmog‘iga ulash uchun nafaqat telefon liniyasi orqali ulanishni ta’minlovchi ADSL modemlaridan, balki uyali aloqa tarmog‘i orqali internetga ulanishni ta’minlovchi modemlardan ham foydalanish mumkin (1.7-rasm).
1.7-rasm.
Modemlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga ulanishi ham mumkin. Bunda ular USB port orqali yoki Ethernet port orqali ulanadi. Lokal tarmoqdagi bir necha qurilmalarni internetga ulash uchun bir necha LAN portlari va Wi-Fi standarti bo‘yicha lokal tarmoq qurilmalarini ulanish imkoniga ega modelar qo‘llaniladi. Bunday modemlar marushrutizator vazifasini ham bajaradi. Bunday modemlarda odatda internet tarmog‘iga telefon liniyasi orqali ulanish uchun bitta RJ -11 (WAN port sifatida) porti, bir necha Ethernet portlari va Wi-Fi orqali ulanish imkoniyati mavjud bo‘ladi (1.8-rasm).
1.8-rasm.
Zamonaviy modemlarda telefon liniyasi orqali internetga ulanish imkoniyatidan tashqari uyali aloqa modemlari orqali ham ulanish imkoniyati mavjud. Bunday modemlarga uyali aloqa modemi USB porti orqali ulanadi.
Simsiz kirish nuqtasi. Lokal tarmoq qurilishida shunday xolatlar bo‘lishi mumkinki simsiz kirish nuqtasi qurilmasi zarur bo‘ladi. Masalan:
lokal tarmoq kommutator orqali tashkil etildi, lekin lokal tarmog‘ga Wi-Fi standarti orqali ulanilishi lozim bo‘lgan qurilmalar mavjud;
Lokal tarmoq internetga shunday mashrutizator orqali ulanganki bu marshrutizatorga simsiz ulanshi imkoniyati yo‘q;
Lokal tarmoq internetga simsiz ulanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan modem orqali ulangan;
Lokal tarmoq internetga shunday marshrutizator orqali ulanganki, bu marshrutizator loqal tarmoq qurilmalarini Wi-Fi standarti orqali ulash imkoniyatiga, ammo marshrutizator xosil qilayotgan Wi-Fi hududning ko‘lamini kattalashtirish lozim.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha xollarda simsiz ulanish nuqtasi qurilmasi qo‘llaniladi. Simsiz kirish nuqtasi qurilmasining marshrutizatorlardan farqi shundagi bu qurilmada WAN porti mavjud emas aksariyat xollarda bitta LAN portiga ega bo‘ladi va bu port orqali bu qurilma marshrutizator va modemning LAN portiga, yoki kommutatorning portlaridan biriga ulanadi.
1.9-rasm. Simsiz kirish nuqtasi
Shuningdek kirish nuqtasi qurilmalaridan simsiz ko‘prik sifatida ham foydalanish mumkin. Odatda bu ikki tarmoqni simsiz ulash zaruratida qo‘llaniladi.
Shuningdek lokal tarmoqni qurishdagi eng asosiy qism bu kabellardir. O‘tkazgichli lokal tarmoqlarni qurishda Ethernet texnologiyasi qo‘llaniladi. Bunda signal o‘rama juftli (TP- Twisted Pair) kabellar orqali uzatiladi (1.10-rasm). Kabel o‘zaro o‘ralgan to‘rtta mis simli juftlikdan iborat. O‘ralishining sababi kabel o‘tkazgichlari atrofidagi elektromagnit maydon energiyasini kamaytirish va natijada juftliklar o‘rtasidagi o‘zaro halaqitni kamaytirish