ANNOTATSIYA
O`quvchilar o`rtasida o`tkaziladigan musobaqa darslaridan maqsad, o’quvchilarga musiqa fanidan olgan bilimlarini sinovdan o`tkazish, shu bilan birgalikda yangi pedtexnologiyalar va ularning qo’llanilishi haqida ma’lumotlar bilan tanishtirib borishdir.
Bu darsni o’tishda musiqaga oid ko’rgazma qurollardan,rasmlardan, tarqatma materiallardan, DVD va CD disklardan foydalanaman. “Bingo o`yinida” o’quvchilar olgan bilimlarini mustahkamlab oladilar. Bundan tashqari o’tilayotgan mavzu o’quvchilarda qiziqish o’yg’otishi uchun turli hil musobaqa, o’yinlar, tezkor savol javoblar va shunga o’xshash interfaol metodlardan foydalanaman. Musiqali topishmoqda esa o`quvchilar ham tinglash madaniyatini, ham rshitish madaniyatini o`rganadilar.
TITUL VARAG’I
Familiyasi: Rabbimova
Ismi: Xulkar
Sharifi: Rabbimovna
Ish joyi: Oqdaryo tuman 45-maktab
Lavozimi: O’qituvchi
Tuman: Oqdaryo
Shahar: Loyish
Viloyat: Samarqand
Fan nomi: Musiqai
Sinfi: 6 ”b”
Dars ishlanmaning mavzusi: Mustahkamlash darsi
O’quvchilar soni: 36 ta
Elektron pochta manzili: oqdaryomaktab45@umail.uz
6-sinflar uchun o`tilgan darslar yuzasidan bir soatlik mustahkamlash
dars ishlanmasi.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad:O`quvchilarning har 4 chorak davomida olgan bilimlarini sinovdan o`tkazish,musiqa faniga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Darsda o`zaro hamjihatlik,do`stlik aloqalarni mustahkamlash, odobli bo`lish, o`zgalarni tinglay olish kabi xislatlarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Dars davomida o`quvchilarning faolligiga erishish,turli xil noan`anaviy dars usullaridan foydalanish
Dars o`tish usuli: Aralash
Darsjihozi:darslik,ko`rgazmalirasmlar,tarqatma materiallar,DVD, rubob cholg`usi
Darsning borishi:(O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash salomlashish,o`quvchilarni belgilangan joylarga o`tqazish,reja bilan tanishtirish)
Reja
1.Guruhlarga tezkor savollar
2.Topishmoqlar
3.Bingo o`yini
4.tarmoqli o`yin
5.qadam va qadam
6.Kim oshdi savdosi
7.Aforizmdan musiqaga oid so`zlar topish
Har bir guruhdan 1 nafar o`quvchi doskaga chiqadi va o`qituvchi bergan 7-ta tezkor savollarga javob beradi.
Tezkor savollar
1.Shashmaqom qachon qayerda shakllangan? XVIII asrda Buxoroda
2.Zamonaviy musiqa nima? Hozirda ijro etilayotgan barcha musiqa turlari
3.Mahalliy musiqa uslublar? 4ta
4.Chuli iroq mumtoz kuymi yoki ashula? Kuy
5.Charxim,Yozi qaysi qo’shiqlar turiga kiradi? Mehnat
6.Birinchi tuzilgan estrada guruhi? Yalla, Sado, Navo, Paxtaoy
7.Siyasisen qaysi xalq cholg’usi? Yapon
8.Sharq taronalari qachondan boshlab o’tkazziladi? 1997 yildan
9.1-chi folklor ansambli qachon tuzilgan? 1978-yil
10.Mumtoz musiqa nima? Mohir xonanda, sozanda va bastakorlar yartgan eng nodir asarlar,maqomlar,yirik shakldagi yirik kuy va ashulalar
11.Estrada musiqa nima? Yengil,maishiy xarakterli ommabop musiqa
12.Folklor musiqa necha turga bo’linadi? 5tur
13.Fig’on mumtoz kuymi yoki ashula? Ashula
14.Sust xotin qaysi folklor turiga kiradi? Afsuniy
15.Estradamiz asoschisi? Botir Zokirov
16.Oshiq g’arib va Shohsanam dostoni qaysi doston turiga kiradi? Lirik- romantik
17. Tabla qaysi xalq cholg’usi? Arab
18.Sharq taronalari kim tomonidan tasdiqlanadi? YUNESKO va Musiqa bo’yicha xalqaro kengash tomonidan
19.O’zbekistonga estrada qachon kirib kelgan? XX asr 50-yillarida
20.O’zbekistonda nechta doston turi bor? 4ta
21.Qilq qanday cholg’u? Torli-kamonli
22Arg’ul qaysi xalq cholg’usi? Arab
23.Shashmaqom so’zining ma’nosi? 6maqom
24.O’g’iznoma qaysi xalqning mashxur dostoni? Turkman
25.O’zbek estradasining asoschisi? Botir Zokirov
26.O’zbekistonda nechta dostonchilik dostoni mavjud? 2 ta
27.Raga qaysi xalq janri? Hind
28Dastgoh qaysi xalq janri? Eron
29. Manas qaysi xalqning mashxur dostoni? Qirg’iz
30.No-kabuki qaysi xalq janri? Yapon
31.Mumtoz musida tarkibi necha xil?? 2 xil
32.Doston ijrochisi ? Baxshi
33. Suvora qaysi mahalliy musiqa uslubga xos? Xorazm
34.Gulyor shahnoz qaysi vohaga xos? Farg’na Toshkent
35.Xorazm maqomlari nima deb ataladi? 6-yarim maqom
36.Maqom ijrochilarini kim deb ataymiz? Hofiz
37.Madhiyamiz qachon qabul qilingan? 1992 yil 10-dekabr
38.Katta ashula qaysi vohaga xos? Farg’ona-Toshkent
39.Intervallarni sanang? Prima,sekunda,tersiya,kvarta,kventa,seksta,septima,oktava
Topishmoqli o`yin
Har bir guruhdan bir nafardan o`quvchi doskaga taklif etiladi.Ularga ham og`zaki, ham tarqatma, ham musiqiy topishmoqlar beraman.
Og`zaki topishmoq
1Klavishli cholg`udir qo`llar unda raqs tushar
2. Ikki harfdan iborat nomi, chertib chalas uni.
3. O`yma kosalidir u, torli kamonli cholg`u
4. Gardishida xalqalar, Usul berar qaranglar
Tarqatma topishmoq
Har uchchala guruh o`quvchisiga o`tilgan mavzu bo`yicha rasmlar beraman.Ular ana shu rasmlarga qarab ma`lumotlar berishlari kerak bo`ladi. Har bir berilgan to`g`ri ma`lumotga bir baldan baho qo`yilib boriladi.
1-guruh o`quvchisiga Yalla guruhi
2-guruh o`quvchisiga Motsart
3-guruh o`quvchisiga Betxoven
Ular ma`lumotlarni o`ylagunlaricha men guruhlarga musiqiy topishmoqlarni beraman.
Musiqiy topishmoqlar
1-guruhga “Andijon polkasi”
2-guruhga “Bahor valsi”
3-guruhga “Tanovar”
Har bir guruhdan bir ishtirokchi bingo o`yiniga taklif etiladi.
Bingo o`yini savollari
1.Hofiz nomini aniqlang?
2.Sozanda nomini toping?
3.Mumtoz kuy?
4.Mumtoz ashula?
5.”Fidelio” oprtasining bastakori?
Motsart
|
Cho`li iroq
|
Italiya
|
Qahramon Dadayev
|
Suvora
|
Munojot Yo`lchiyeva
|
Raga
|
Rok,pop
|
Betxoven
|
Bingo javob raqamlari
Har bir guruhdan yana 3 nafar o`quvchi doskaga taklif etiladi. Ularga kungaboqar rasmlari tushirilgan tarqatma topshiriqlari beriladi.O`quvchilar kungaboqar rasmidagi aylanalar ichiga sharq xalqlari mumtoz musiqalarining asosiy janrlarini yozib chiqishadi. Har bir janr uchun 1 balldan qo`yiladi.
Qadam va qadam
Har bir sinf o`quvchilaridan 1 nafari taklif etiladi. Ularga savollar beriladi.
1.Turkmanlarning mashxur dostoni? O`g`iznoma
2.Sharq taronalari har necha yilda qayerda o`tkaziladi? 2-yilda Samarqandda
3.Suvora qaysi vohaning mumtoz musiqasi? Xorazm
4.Qozoq va qirg`zlarning o`xshashligi nimada? Janrida
5.Yapon musiqasida qo`llaniladigan cholg`ular?siyasisen,biva,kato
Kim oshdi savdosi
Bu o`yinda sharq xalqlari cholg`ulari sotuvga qo`yiladi. Qaysi sinf o`quvchisi kop oshirsa va uni himoya qila olsa g`olib bo`ladi.
Aforizmlardan so`zlar yozish
”Ovozi chiroyli xonandaning yoqimli ashulasi muhabbat ahlining qalbini yondiradi,kuydiradi.
Darsni yakunlash: Barcha shartlar bo`yicha ballar hisoblab chiqigunga qadar har bir sinf o`zlari tayyorlagan badiiy chiqishlarini namoyish etadilar.O`quvchilarning tayyorlagan ko`rgazmalari ham umumiy ballarga qo`shiladi.G`olib aniqlanadi va rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: O`tilgan mavzularni takrorlab kelish.
Mavzu: 7-sinflar o`rtasida o`tilgan mavzular yuzasidan o`tkazilgan musobaqa dars ishlanmasi.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad:O`quvchilarning har 4 chorak davomida olgan bilimlarini sinovdan o`tkazish,musiqa faniga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Darsda o`zaro hamjihatlik,do`stlik aloqalarni mustahkamlash, odobli bo`lish, o`zgalarni tinglay olish kabi xislatlarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Dars davomida o`quvchilarning faolligiga erishish,turli xil noan`anaviy dars usullaridan foydalanish
Dars o`tish usuli: Aralash
Darsjihozi:darslik,ko`rgazmalirasmlar,tarqatma materiallar,DVD, rubob cholg`usi
Darsning borishi:
a)tashkiliyqism(salomlashish,o`quvchilarnibelgilangan joylarga o`tqazish,reja bilan tanishtirish)
Reja
1.Guruhlarga tezkor savollar
2.Topishmoqlar
3.Bingo o`yini
4.tarmoqli o`yin
5.qadam va qadam
6.Kim oshdi savdosi
7.Aforizmdan musiqaga oid so`zlar topish
Har bir guruhdan 1 nafar o`quvchi doskaga chiqadi va o`qituvchi bergan 10-ta tezkor savollarga javob beradi.
Tezkor savollar
1.Nechta mahalliy musiqa uslubi mavjud? 4 ta
2.Mavrigi janr qaysi mahalliy musiqa uslubiga xos? Samarqand-Buxoro
3.Interval so’zinig ma’nosi? Oraliq, Masofa
4.Qanday qo’shiqlar xalq qo’shiqlari diyiladi? Xalq yaratgan
5.Buxoro Samarqand dostonchilik an’analarining nomoyondalari? Ergash Jumanbulbul o’gli, Pulkan shoirlar
6.Sharq taronalari har necha yilda,qayerda o’tkaziladi? Har ikki yilda Samarqandda
7.Maqom ijrochisini kim deb ataymiz? Hofiz
8.Xalfachilik kimlarca xos janr? Ayollarga
9.Suvora so’zining ma’nosi? Otliq
10.Katta ashula qaysi mahalliy musiqa uslubiga xos? Farg’ona-Toshkent
11.Lapar nima? Ikki va undan ortiq xonandalarning tarafma-taraf bo’lib aytishuvi
12.Yallachilik qaysi viliyatga xos? Farg’ona –Toshkent
13.Shashmaqom so’zining ma’nosi? 6-maqom
14.Mumtoz musiqaning ikkinchi nomi? Kasbiy musiqa
15.Mashhur hofizlarga misollar?O’lmas Saidjonov,Munojat Yo’lchiyeva, Sherali Jurayev
16.IX sharq taronalari qachon bo’lib o’tdi? 2013-yil
17.Doston ijrochisi? Baxshi
18.Sozandachilik kimlarga xos? Xotin-qizlarga
19.Nasr so’zining ma’nosi? Zafar,ko’mak
20.Ashula nima? Qo’shiqqa nisbatan rivojlangan,yirikroq avjli asardir
21.Shashmaqom ashula yo’li nima deb ataladi? Nasr
22.G’ajir nay qaysi mahalliy uslubga xos? Qashqadaryo-Surxondaryo
23.Tasnif so’zining ma’nosi? Ijod etilgan mukammal asar
24.O’zbekistonda maqom turlari? 3 ta
25.Sharq taronalari kim tomonidan tasdiqlanadi? YUNESKO va Musiqa bo’yicha Xalqaro kengash tomonidan
26.Usul qaysi cholg’ularda beriladi? Zarbli cholg’ularda
27.Shashmaqom cholg’u yo’li necha qismdan iborat? 5 qismdan
28.Shashmaqom cholg’u yo’li nima deb ataladi? Mushkulot
29.Garmon qaysi viloyatga xos? Xorazm
30.Saqil so’zining ma’nosi? Og’ir, vazmin
31.Usul necha tovush asosida quriladi? 2 tovush
32.Tarje so’zining ma’nosi? Takrorlash, qaytarish
33.Mehnat qo’shiqlariga misollar? Xo’p hayda,Mayda-mayda, Qo’sh hayda
34.Xorazm ashulachilik san’atining nomoyondalari?Komiljon Otaniyozov
35.Dugoh so’zining ma’nosi? 2o’rin,2joy,2parda
36.Madhiyamiz bastakorlari? Abdulla Oripov,Mutal Burxonov
37.Gardun so’zining ma’nosi ? Falak gardishi,qismat
38.Chang qanday cholg’ular guruhiga kiradi? Torli urma
39.O’zbek raqs sana’ti asoschisi? Mukarrama Turg’unboyeva
40.Xalq ashulalari ijod etilishiga ko’ra necha turga bo’linadi? 2-xil
41.Teatr so’zining ma’nosi? Tomoshaxona
42.Jahon musiqa madaniyati rivojining bosqichlari? 6 bosqich
43.Shashmaqomni ilk bor nota yozuviga kim tushigan? Uspenskiy,Ota Jalol Nosir,Ota G’iyos Abdug’anilar
44.Xorazm maqomlari aytim yo’li nima deb ataladi?Manzum yoki Aytim yo’li
45.Xorazm maqomlari chog’u yo’li nima deb ataladi? Mansur yoki Chertim yo’li
46. Tanbur chizig’I nomli nota yozuvini kim kashf etgan? Komil Xorazmiy
47.Xorazm maqomlari nima deb ataladi? Olti yarim maqom
48.Saraxbor so’zining ma’nosi? Bosh xabar
49.Muxammas so’zi ma’nosi? Beshlik
50.Maqom so’zining ma’nosi? O’rin,joy,daraja,martaba
51.Xorazmda ashulachilarni kim deb atashadi? Guyanda
52.Xorazm dostonchiligida qaysi cholg’u ishlatiladi? Dutor
53.Xorazm musiqa uslubiga xos janrlar? Tomosha raqs o’yin kuylari ,Lapar,Xalfachilik,doston
54.Yalla bu- - Band naqorat shaklidagi aytim bo’lib,raqsga tushib kuylanadi
55.Katta ashula bu----yirik hajmli,kuy ohanglari keng nafasga muljallangan janr
56.Dostonlardan olingan terma va parchalarning xotin qizlar o’rtasida ijrosi-Xalfachilik
57.Mavrigi janr nima? Ko’p qismdan ibrat ,2-tilda ijro etiladigan,erkaklarga xos janr
58.Do’mbira va dutorning farqi? --Hajmi jihatdan, ovozi bilan
59.Bulamon qaysi mahalliy musiqa uslubiga xos cholg’u?-----Xorazm
60 .Buzruk so’zining ma’nosi?- -Katta,ulug’
61.Jahon musiqa madaniyatining bosqichlarin sanang? 6-ta
62.O`zbek simfoniyasining asoschisi? Mirsodiq Tojiyev
63.Ergash qo`shig`I qaysi asardan olingan? Zaynab va omon
64.Atoqli o`zbek san`atkorlaridan kimlarni bilasiz?Turg`un Alimatov,ochilxon otaxonov
65.Teatr so`zining ma`nosi? Tomoshaxona
66.Fidelio operasining bastakori kim? Brtxoven
67.Motsartning mashxur operalari?
68.Betxoven nechta simfoniya yaratgan? 9-ta
69.Vena klassik maktabi qachon shakllangan? XVIII asrda
70.Hoji Abdulaziz Rasulov qaysi vohaning mashxur nomoyondasi? Samarqand
71.Ruslan va lyudmila operasining bastakori? Glinka
72.realizm so`zining ma`nosi? Haqqoniy voqealarni aks ettirish
73.O`zbekiston radiosi qoshidagi maqom ansambli qachon tuzilgan. 1959-yilda
74.Ergash Jumanbulbul o`g`li va Po`lkan shoirlar qaysi voha doston ijrochilari? Samarqand-buxoro
75.Ovozi chiroyli xonandaning yoqimli ashulasi muhabbat ahlining qalbini yondiradi,kuydiradi. Ushbu so`zlar qaysi allomaga tegishli/ Alisher navoiy
76.maqom ansamblining badiiy rahbari kim? Abduhoshim ismoilov
77.Uspenskiy kimning iltimosiga ko`ra shashmaqomni nota yozuvga tushirgan? A.Fitrat
78.Ko`p ovozli uslub qachon qaror topgan?
79.100-ta simfoniyani kim yozgan? Yozev gaydn
80.Xayoliy voqeylikni aks ettirish nima deyiladi? Romantizm
Topishmoqli o`yin
Har bir guruhdan bir nafardan o`quvchi doskaga taklif etiladi.Ularga ham og`zaki, ham tarqatma, ham musiqiy topishmoqlar beraman.
Og`zaki topishmoq
1Klavishli cholg`udir qo`llar unda raqs tushar
2. Ikki harfdan iborat nomi, chertib chalas uni.
3. O`yma kosalidir u, torli kamonli cholg`u
4. Gardishida xalqalar, Usul berar qaranglar
5. Uning ikki tori bor, lek dutormas bil faqat.
6. Mezrobli cholg`udir u, naxun bilan chalasiz
Tarqatma topishmoq
Har uchchala guruh o`quvchisiga o`tilgan mavzu bo`yicha rasmlar beraman.Ular ana shu rasmlarga qarab ma`lumotlar berishlari kerak bo`ladi. Har bir berilgan to`g`ri ma`lumotga bir baldan baho qo`yilib boriladi.
1-guruhga Shashmaqom mavzusi
2-guruhga Farg`ona-Toshkent maqomlari
3-guruhga Xorazm maqomlari
Ushbu mavzular bo`yicha o`quvchilat kamida 7 tadan ma`lumot berishlari kerak bo`ladi. Har bir ma`lumot bir baldan baholanadi.
Ular ma`lumotlarni o`ylagunlaricha men guruhlarga musiqiy topishmoqlarni beraman.
Musiqiy topishmoqlar
1-guruhga “Andijon polkasi”
2-guruhga “Bahor valsi”
3-guruhga “Tanovar”
4-guruhga “Qari navo”
5-guruhga “Dilxiroj” kuylarini eshittiraman. Ular kuyning nomi va unda qo`llanilgan cholg`u asboblarini topishlari kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |