Tishli g‘ildiraklarga mexanik ishlov berish texnologik marshruti
Tishli g‘ildiraklarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonining amallarini bajarish ketma-ketligi va tartibi ularni yuqorida ko‘rib chiqilgan turlarning qaysi biriga mosligiga bog‘liq.
Zagotovkaga ishlov berish quyidagi operatsiyalarga bo‘linadi:
a) teshikka dastlabki ishlov berish;
b) teshikka yakunlovchi ishlov berish;
v) tashqi sirtlarga dastlabki tokarlik ishlov berish;
g) tashqi sirtlarga yakunlovchi tokarlik ishlov berish.
Zarur bo‘lganda, detalning ishchi chizmasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha tegishli qo‘shimcha mexanik ishlov berish operatsiyalari bajariladi (masalan, tishli g‘ildirak validagi shlitsalar yoki shponka ariqchasini frezalash, teshiklarni parmalash, rezba kesish va boshqalar).
Silindrik va konussimon tishli g‘ildiraklarga avtomobil, traktor va dastgohsozlikda ishlov berishda bazalash tishli g‘ildiraklarning markaziy teshiklari yoki aniq ishlov berilgan teshigi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Dumli (valikli) silindrik va konussimon tishli g‘ildiraklar markazlarda ishlov beriladi. Mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishlarda tishli g‘ildiraklarga revolverli va tokarlik dastgohlarida ishlov beriladi; yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda - gorizontal va vertikal tokarlik yarim avtomatlarida va qayta sozlanuvchan avtomatik liniyalarda ishlov beriladi.
Revolver dastgohlardan foydalanilganda, zagotovkaga bir tomonidan barcha ishlov berish va bir vaqtda teshiklarga yakunlovchi ishlov berish to‘liq bajariladi. Bunday texnologik sozlashning sxemasi 2-rasmda ko‘rsatilgan.
Murakkab shaklli zagotovkalarga boshqa tomonidan ishlov berish ham revolver dastgohlarda amalga oshirilishi mumkin. Detal ishlov berilgan sirti bo‘yicha uch kulachokli o‘zi markazlovchi patronda mahkamlanadi. Agar zagotovka oddiy shaklda bo‘lsa, boshqa tomoniga tokarlik dastgohida ishlov berish mumkin.
Gorizontal yarim avtomatlarda tishli g‘ildiraklarga ishlov berish uchun zagotovkada teshik dastlab parmalash dastgohida parmalanadi va sidirish dastgohida yakuniy ishlov beriladi. Keyingi ishlov berish teshik bo‘yicha zagotovkaga bazalab, ikkita operatsiyada bajariladi: ko‘p keskichli yarim avtomatlarda tashqi sirtlarga dastlabki va yakunlovchi ishlov beriladi.
Bir shpindelli ko‘p keskichli yarim avtomatlarda silindrik tishli 167 g‘ildiraklarga dastlabki va yakunlovchi ishlov berish uchun sozlash sxemasi 3- rasmda ko‘rsatilgan.
Zagotovkaning tashqi sirtlariga ishlov berish ko‘p keskichli yarim avtomatlarda, ham ikkita, ham bitta operatsiyada bajarish mumkin. Ishlab chiqarish dasturi katta bo‘lsa, tishli g‘ildiraklarga ishlov berish uchun ko‘p shpindelli yarim avtomatlar qo‘llaniladi.
Olti shpindelli yarim avtomatda sozlashning bir indeksli sxemasi bilan g‘ildirakka ishlov berish sxemasi 4-rasmda ko‘rsatilgan.
G‘ildirakning ikkinchi tomoni xuddi shunday usulda boshqa dastgohda ishlov beriladi. Sozlashning ikki indeksli sxemasi tishli g‘ildirakning zagotovkasiga bitta dastgohda to‘liq ishlov berishni ko‘zda tutadi.
Tishli g‘ildirakning zagotovkasiga sakkiz shpindelli yarim avtomatda ishlov berishning texnologik sozlanishi 5- rasmda ko‘rsatilgan.
Ko‘p shpindelli yarim avtomatlar uchun texnologik sozlashga keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, bu dastgohlarda tishli g‘ildirak zagotovkasiga tashqi ishlov berishda bazaviy teshikka ham yakunlovchi ishlov berishni nazarda tutadi.
Barcha turdagi tishli g‘ildiraklarga tishni kesishdan oldingi so‘nggi operatsiya yon sirtlarni jilvirlash va yakunlovchi kesish hisoblanadi. Bu tishli g‘ildirak teshigi o‘qiga nisbatan yon sirtining perpendikulyarligini va tish kesish aniqligini ta'minlaydi.
Tishli g‘ildiraklarga tish ochish usuli tishning shakliga (to‘g‘ri tishli, qiyshiq tishli, vintsimon va hokazo) ishlab chiqarish dasturiga va tishni aniqlik darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Donali ishlab chiqarish va ta'mirlash sharoitida silindrsimon to‘g‘ri va qiyshiq tishli g‘ildiraklarga tish ochishda gorizontal-frezerlash dastgohlari qo‘llaniladi. Dastgoh stoliga bo‘luvchi mexanizm o‘rnatiladi. Bu holda tish ochish uchun disksimon modulli frezalar ishlatiladi. Ishlov berilayotgan tishli g‘ildiraklarni tishlari sonidan kelib chiqib bir modulli frezalar yig‘masi qo‘llaniladi.
Seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida maxsus tish frezerlash dastgohlaridan foydalaniladi. Tish frezerlash dastgohlarida modulli chervyakli frezalar ishlatiladi. Bu frezalar sirpanib-dumalash harakati natijasida tishlarni hosil qiladi. Bundan tashkari dolbyak bilan ta'minlangan ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi tishni o‘yib ishlash (dolbyaklash) dastgohlari keng qo‘llaniladi. Bu dastgohlarda kesuvchi asbob-o‘ygich (dolbyak) aylanma harakat ham sodir etadi. Bu usul ikkinchi turga oid bo‘lgan ko‘p gardishli tishli g‘ildiraklarga tish ochish uchun yagona usul hisoblanadi.
Bo‘luvchi diametriga mos ravishda va uning ortishi bilan tishlar orasidagi chuqurliklari kengayib boruvchi konussimon tishli g‘ildiraklarni tishlari ikki marta ishlov berish yo‘li bilan tayyorlanadi. Birinchi o‘tishda tish shakliga qarab shaklli disksimon freza yordamida tishlar orasidagi chuqurlik hosil qilinadi va ikkinchi o‘tish tishni randalash dastgohlarida bajariladi..
Bu dastgohlarda modulli (tish moduliga mos) ikkita randalash keskichini bir-biriga nisbatan ma'lum burchak ostida o‘rnatib sirpanib-dumalash harakati qo‘shib olib boriladi va natijada tishlar orasidagi chuqurlik hosil qilinadi. Egri tishli konussimon tishli g‘ildiraklarni tishlari keskichlar kallagi yordamida maxsus dastgohlarda hosil qilinadi.
Tishning ishchi yuzalariga yakunlovchi ishlov berish tishlarni sheverlash dastgohlarida olib boriladi. Bundan maqsad tishni yuza tozaligini aniqlik darajasini orttirish va tishni shaklini to‘g‘rilashdan iborat. Termik ishlov berilgandan so‘ng membranali rolikli patronlarda tishni yuzasi bo‘yicha o‘rnatilgan holda tishli g‘ildiraklarni markaziy teshigi ichki yuzalari jilvirlanadi. Keyin esa markaziy 170 teshik bo‘yicha o‘rnatilgan holda tishni ishchi yuzalari turli xil usullar yordamida jilvirlanadi.
Tishlarni shevinglash 2 xil usulda bajariladi, birinchi usul shever deb nomlangan maxsus sheverlar va ikkinchi usulda maxsus shever reyka yordamida ishlov beriladi. Sheverlar yonlarida 0,8 mm chuqurlikdagi chuqurchalari bo‘lgan kesuvchi tishli g‘ildirakdan iborat bo‘ladi. Shevinglashning umumiy sxemasi 14.6- rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |