Tish o’yish dastgohlarida detallarga ishlov berishning o’ziga hos xususiyatlari. Qo’llaniladigan kesuvchi va o’lchov asboblari hamda moslamalar.
Reja:
- Tishli g‘ildiraklar, ularning asosiy konstruktiv shakllari va turlari.
- Tishli g‘ildiraklarning materiali va zagotovkalari.
- Tishli g‘ildiraklarning aniqligiga qo‘yilgan texnik talablar.
- Tishli g‘ildirakka ishlov berishning texnologik usullari.
- Tishli g‘ildiraklarga mexanik ishlov berish texnologik marshruti.
Mashina va mexanizmlarda tishli g‘ildiraklar eng ko‘p uchraydigan detallar hisoblanadi. Tishli g‘ildiraklar belgilangan uzatishlar soniga asosan bir valdan ikkinchisiga aylanma harakat va burovchi momentni uzatish uchun xizmat qiladi. Tishli g‘ildiraklar avtomobillar, traktorlar, metall kesish dastgohlarining tezliklar va uzatishlar qutilarida, reduktorlar, ko‘tarish tushirish qurilmalari, nazorat asboblari, soatli mexanizmlar hamda shunga o‘xshash qurilmalarda keng qo‘llaniladi.
Tishli g‘ildiraklar shakllari bo‘yicha silindrik, konussimon va chervyaklilarga bo‘linadi. Silindrik va konussimon tishli g‘ildiraklar ichki diametri o‘lchamlarii bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 50 mm gacha, 50 mm dan 200 mm gacha, 200 mm dan 300 mm gacha, 300 mm dan yuqori.
Tishli g‘ildiraklar texnologik belgilari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
a) silliq va shlitsali teshikli, pog‘onasiz va pog‘onali silindrik va konussimon (14.1,a-rasm);
b) silliq va shlitsali teshikli, ko‘p chambarakli blokli (,b-rasm);
v) flanets turidagi silindrik, konussimon va chervyakli);
g) dumli silindrik va konussimon (g-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, birinchi tur tishli g‘ildiraklar - bular gupchakli va gupchaksiz silindrik va konussimon tishli g‘ildiraklar. Bu tishli g‘ildiraklarning markaziy teshiklarini tuzilishi tekis, shponka uyali va shlitsali ko‘rinishida bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklarning o‘qlari bo‘yicha yo‘nalgan ochiq markaziy teshiklarining uzunligi uning diametriga nisbati l/d>1 bo‘lsa u «Vtulka» ko‘rinishida bo‘ladi.
Ikkinchi tur ko‘p gardishli tekis shponka uyali va shlitsali markaziy teshikka ega tishli g‘ildiraklar.
Uchinchi tur bir gardishli tekis, shponka uyali shlitsali markaziy teshikka ega va l/d ya'ni «Disk» ko‘rinishidagi tishli g‘ildiraklar.
To‘rtinchi tur mexanik ishlov berilgandan so‘ng gupchak bilan yig‘iladigan silindrik, konussimon, chervyakli tishli g‘ildiraklar yoki «gardishlar».
Beshinchi tur quyruq qismiga ega (tishli val ko‘rinishidagi) silindrik va konussimon tishli g‘ildiraklar.
Ko‘rib chiqilgan tishli g‘ildiraklarning har bir turi o‘zining tipaviy texnologik jarayonlariga ega va har biri uchun o‘rnatish yuzalari mavjud.
Kichik o‘lchamdagi chervyakli g‘ildiraklar yaxlit, pog‘onali qilib, katta o‘lchamdagilari esa chambarakli qilib tayyorlanadi.
Tishli g‘ildiraklarning materiallari g‘ildirak uzatadigan kuchga qarab tan- 161 lanadi. Kuchsiz yuklangan tishli g‘ildiraklar kam uglerodli po‘latlardan, cho‘yanlardan va plastmassalardan tayyorlanadi.
Chervyaklar uchun material sifatida kam uglerodli va legirlangan po‘latlar xizmat qiladi. Chervyakli g‘ildiraklar bronza, antifriksion cho‘yan va boshqalardan tayyorlanadi.
Tishli g‘ildiraklarning materiali va zagotovkalari Tishli g‘ildiraklar materiallari uzatiladigan burovchi momentning va aylanma tezlikning miqdoriga bog‘liq ravishda tanlanadi. Kichik kuchlar ostida va kichik tezliklarda ishlovchi g‘ildiraklar kul rang yoki bolg‘alangan cho‘yanlardan, 30, 35 yoki 45 markali toblanmagan konstruksion po‘latlardan tayyorlanadi. Katta kuchlar ta'sirida va yuqori tezliklarda ishlovchi tishli ilashmalar g‘ildiraklari termik ishlov berilgan 45 markali po‘lat yoki 40X, 12XN3A, 18XGT markali legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi.
Tishli g‘ildiraklar zagotovkalarining turi va tayyorlash usullari ularning materiallarining turiga va ishlab chiqarish dasturiga bog‘liq bo‘ladi. CHo‘yandan tayyorlanadigan zagotovkalar quyma usulida olinadi. Tishli g‘ildiraklarning o‘lchamlari kichik bo‘lgan hollarda (50 mm gacha) barcha turdagi ishlab chiqarish sharoitida zagotovkalar prokatdan kerakli o‘lchamlarda qirqib olish usuli bilan tayyorlanadi. Donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida o‘lchamlari katta bo‘lgan tishli g‘ildirak zagotovkalari bolg‘alash mashinalarida erkin bolg‘alash yo‘li bilan tayyorlanadi. Kichik partiyadagi o‘rtacha o‘lchamlarga ega bo‘lgan tishli g‘ildiraklar uchun zagotovka shtamplash usullari bilan tayyorlanadi. Ko‘p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida zagotovka yopiq shtamplarda bolg‘alash mashinalarida, presslarda va gorizontal bolg‘alash mashinalarida tayyorlanib, birdaniga markaziy teshik hosil qilinadi.
Tishli g‘ildirak zagotovkalari seriyali ishlab chiqarishda bolg‘alash bolg‘alarida va shtamplarda; yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda yopik shtamplash bolg‘alarida tayyorlanadi. 162 50 mm dan kichik diametrli, yuklangan po‘lat tishli g‘ildiraklarning zagotovkalari va chervyaklar kalibrlangan chiviqdan tayyorlanadi. 50 mm dan katta diametrdagi chervyaklarning zagotovkalari shtamplash orqali, chervyakli g‘ildiraklarning zagotovkalari esa quyish orqali olinadi.
Zagotovkalarga qo‘yimlar: bolg‘alovchi bolg‘alarda har tomoniga 5 mm; shtamplovchi bolg‘alarda har tomoniga 3-4 mm, gorizontal bolg‘alovchi mashinalarda har tomoniga 2-3 mm dan qoldiriladi. Tishli g‘ildirak zagotovkalarini dastlabki teshiklari bilan hosil qilish maqsadga muvofiq, bunga teshik diametri 25 mm dan kichik bo‘lganda va teshikning uzunligi diametrining ikkilanganidan kam bo‘lganda erishish mumkin.
Shtamplovchi bolg‘alarda hosil qilingan zagotovkalarning aniqligi IT9 ga to‘g‘ri keladi, presslarda tayyorlanganlarniki IT7-IT8 ga to‘g‘ri keladi.
Zagotovkalardagi shtamplash qiyaligi 3 gradusdan 7 gradusgacha ruhsat beriladi. Sementitlangan tishli g‘ildirak zagotovkalarini normallashtiriladi; sementitlanmaydigani НВ 220-280 qattiqlikkacha yaxshilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |