tiklash
uchun
XYT
kitobchasini
qabul
qilishlari
mumkin.
(ECE/TRANS/17/Amend.21,
2002
yil
12
mayda
kuchga
kirgan
;
ECE/TRANS/17/Amend.24, 2004 yil 19 sentabrda kuchga kirgan)
2. Yanada soddaroq bojxona tranzit tartiblari mavjudligi tufayli yoki bojxona
tranzit tartibini qo‘llash zarur bo‘lmaganligi tufayli Ahdlashuvchi tomonning
hududida XYT kitobchasini saqlovchi tarafidan kitobcha qo‘llanilmaydigan
yo‘nalishning qismiga nisbatan ham xuddi shu qoida qo‘llaniladi.
3.
Bunday holatlarda, XYT tashishi to‘xtatilgan yoki tiklangan bojxonalarga,
tegishli tarzda mamlakatga kirishda yoki chiqishda, oraliq bojxonasi sifatida
qaraladi. (ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
26-moddaga sharhlar
Vakolatli kafolat birlashmalari mavjud bo‘lmagan Ahdlashuvchi tomonda
XYT tashishni to‘xtatib turish
Vakolatli kafolat birlashmalari mavjud bo‘lmagan va, natijada, 3-
moddaning b)-bandiga asosan Konvensiya qoidalarini qo‘llash mumkin
bo‘lmagan Ahdlashuvchi tomonga ham 26-modda qo‘llaniladi. Bunday
Ahdlashuvchi tomonlarning ro‘yxati XYT Ma’muriy qo‘mitasi va XYT
Ijroiya qo‘mitasi (XYTIK) tomonidan Ahdlashuvchi tomonlar
Konvensiyaga 9-ilovaning I-qoidalariga muvofiq XYTIKka saqlashga
topshiradigan hujjatlar asosida tuziladi.
(TRANS/WP.30/AC.2/63, 59 va 60-bandlar va 3-ilova)
Tashishning
bir
qismi
avtomobil
transporti
orqali
amalga
oshirilmaydigan holatda XYT tartibidan foydalanish
Konvensiyaning 2-moddasiga binoan, agar XYT tashishning boshlanishi
va yakuni o‘rtasidagi ma’lum qismi avtomobil transportida amalga
oshiriladigan bo‘lsa, boshqa transport turlaridan foydalanish mumkin
(temir yo‘l, daryo transporti va hokazo). Boshqa turdagi transportda
amalga oshirilayotgan tashish uchastkasida XYT kitobchasini saqlovchi:
-
Konvensiya
26-moddasining
2-bandiga
muvofiq
bojxona
organlaridan XYT tashishlarini to‘xtatib turishni iltimos qilishi
mumkin. To‘xtatib turilgan XYT tashishlarini tiklash uchun bojxona
rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati boshqa turdagi transport
tomonidan amalga oshirilayotgan uchastkaning oxirida ta’minlanishi
kerak. Agar jo‘natish mamlakatida butun yo‘nalish bo‘ylab tashish
avtomobil transportida amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, unda
jo‘natish joyi bojxonasida
XYT operatsiyasini boshlash va uni
to‘xtatilishini XYT kitobchasining №1 va №2 yirtma varaqalarini bir
vaqtda ajratib, darhol tasdiqlash mumkin. Bunday sharoitlarda
mazkur mamlakat hududida yo‘lning qolgan qismida XYT kafolati
amal qilmaydi. Biroq, Konvensiyaning 26-moddasidagi qoidalarga
muvofiq XYT tashish boshqa Ahdlashuvchi tomonda, boshqa transport
vositasi orqali amalga oshirilayotgan tashish uchastkasining oxirida
joylashgan bojxonada osongina tiklanishi mumkin; yoxud
-
XYT tartibidan foydalanish mumkin. Biroq, bunday holatda XYT
kitobchasini saqlovchisi shuni hisobga olishi kerakki, mazkur
mamlakatda milliy bojxona organlari quyidagi punktlarda XYT
kitobchasini tegishli tarzda to‘ldirilishini ta’minlay olganida
(vaziyatlarga qarab) XYT operatsiyasi qo‘llanilishi mumkin: oraliq
kirish bojxonasida, oraliq chiqish bojxonasida va belgilangan joyning
bojxonasida.
(TRANS/WP.30/AC.2/67, 64-band va 4-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |