Tinish belgilarining turlari va vazifalarstrrepla: Kirish



Download 60,24 Kb.
bet1/4
Sana30.06.2022
Hajmi60,24 Kb.
#721106
  1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document


Tinish belgilarining turlari va vazifalari

R e j a:
Kirish
1. Punktuatsiya – ijtimoiy hodisa;
2. Oʼzbek tili punktuatsiyasining asosi va tamoyillari;
3. Ergashgan va bogʼlangan qoʼshma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi;
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Nutq toʼgʼri, aniq va yoqimli boʼlishi lozim. Nutq qanchalik toʼgʼri va aniq boʼlsa, u shunchalik tushunarli boʼladi; nutq qanchalik yoqimli va ifodali boʼlsa, u tinglovchiga shunchalik kuchli taʼsir etadi. Toʼgʼri, aniq va yoqimli gapirish uchun mantiqiy izchillikka va adabiy til meʼyorlariga rioya qilish kerak. Lugʼaviy-grammatik, uslubiy meʼyorlar adabiy tilning hamma koʼrinishlari uchun xarakterli boʼlsa, imlo va tinish belgilarga oid meʼyorlar adabiy tilning faqat yozma shakli uchun, toʼgʼri talaffuz meʼyorlari esa ogʼzaki shakliga xos boʼladi. Nutq madaniyati deganda, mantiqiy izchilikka va adabiy til meʼyorlariga rioya qilgan holda, toʼgʼri, aniq va yoqimli soʼzlash tushuniladi. Toʼgʼri, aniq, yoqimli soʼzlash uchun til boyliklaridan mazmunga xos zarur soʼzni tanlay olish, soʼzni oʼrinsiz takrorlamaslik (lugʼaviy meʼyorlarga rioya qilish), soʼz shaklini va gap turini toʼgʼri qoʼllash, uslub birligini saqlash, nutqning taʼsirchan boʼlishini taʼminlash lozim.
Oʼzbek xalqi tilining takomillashuvida XIV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha boʼlgan tarixiy davr muhim rol oʼynaydi. Temur davlatining ravnaqi ostida ijod etgan Sakkokiy, Аtoiy, Lutfiy, Аlisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz adiblarimiz oʼzbek adabiy tilining mavqeini yuksak darajaga koʼtardilar. Keyinchalik oʼzbek tilini xalq tilining boy imkoniyatlari asosida Аbulgʼozixon, Turdi, Gulxaniy, Maxmur, Munis, Ogahiy kabi adiblar yanada boyitdilar.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab oʼzbek adabiy tilining uslublari ham shakllana bordi, oʼzbek milliy tilida meʼyorlashish jarayoni barqarorlashish bosqichiga kirdi.Nutq madaniyati soʼzlovchidan til boyligini
– lugʼat boyligi, grammatika, talaffuz, uslub turlari va ularning har biriga xos xususiyatlarni yaxshi bilishni talab qiladi. Nutq madaniyati soʼzlovchining shaxsiy madaniy saviyasi bilan ham bogʼliqdir.
1989 yil 21 oktyabrda Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat til haqida”gi Qonuni qabul qilingan davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz.
Mustaqqillik sharofati bilan oʼzbek tili – davlat tiliga eʼtibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqei kengaydi. Oʼzbek tilining taraqqiyoti va istiqboli toʼgʼrisida gʼamxoʼrlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.
1993 yil 2 sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosini joriy etish toʼgʼrisida”gi Qonunning qabul qilinishi Vatanimiz maʼnaviy- madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan oʼzgarishlar asosida “Oʼzbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24 avgustda tasdiqlandi.
Davr taqozosi bilan “Davlat tili haqida ”gi qonunga ham ayrim oʼzgartirishlar kiritildi va 1995 yilning 21 dekabrida Oʼzbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Davlat tili haqida”gi Qonuni eʼlon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat boʼlib, uning 1-moddasida asosiy qonunimiz boʼlgan Konstitutsiyamizning 4-moddasida yozilganidek, “Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili – oʼzbek tilidir”, deb yozib qoʼyilgan.
Nutq madaniyati uchun adabiy til meʼyori oʼlchovi kerak boʼladi. Xoʼsh, adabiy til meʼyori nima? B.N.Golovin taʼkidlashicha: “Til meʼyori – bu til birliklari va uning qurilishini oʼzaro yaxshi tushunish zarurati tufayli paydo boʼlgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yigʼindisidir”. Yaʼni adabiy til meʼyori bu, til unsurlarining xalq oʼrtasida koʼpchilikka maʼqul boʼlgan variantini tanlashdir. Meʼyor oʼzgaruvchandir. Umumiy va xususiy meʼyor mavjud. Professor E.Begmatov va boshqalar tomonidan nashr qilingan “Аdabiy norma va nutq madaniyati” kitobida oʼzbek adabiy tilining quyidagi meʼyorlari qayd etilgan:
1. Fonetik meʼyorlar.
2. Leksik-semantik meʼyorlar (soʼz qoʼllash).
3. Talaffuz (orfoepik ) meʼyorlar.
4. Аktsentologik (urgʼuning toʼgʼriligi) meʼyorlar.
5. Grammatik meʼyorlar.
6. Soʼz yasalish meʼyorlari .
7. Imloviy meʼyorlar.
8. Grafik (yozuv) meʼyorlari.
9. Punktuatsion meʼyorlar.
10. Uslubiy meʼyorlar.
Shu meʼyorlardan biri – punktuatsion meʼyorlar va ularning uslubiy xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.
Punktuatsiya lotincha soʼz boʼlib, “nuqta”, “joy” maʼnolarini anglatadi. Punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi boʼlimdir. Tinish belgilari meʼyori – punktuatsion meʼyor yozma nutqqa xosdir. Tinish belgilari oʼz oʼrnida ishlatilmasa, gapning mazmuni ham, sintaktik tuzilishi ham oʼzgaradi. Masalan,
Siz yomon odam emassiz. Siz yomon, odam emassiz.
Qadimgi lotin, grek va got yozuvlarida soʼzlar baʼzan boʼsh joy, baʼzan esa nuqtalar vositasida bir-biridan ajratilgan. Yozuvda soʼzlarni (nuqta) bilan ajratish Oʼrta Osiyo xalqlarning oromiy, turkiy, runik yozuv yodnomalarida ham qisman uchraydi. Qadimgi yozuvlardagi bu usul, soʼzlarni yozuv ishorasi vositasida ajratish usuli-hozirda punktuatsion usul deb ataladi. Yozuv taraqqiyotiga bogʼliq holda nuqtalar vositasida ajratish usulining rivojlanishi hozirgi punktuatsiyaning kelib chiqishiga asos boʼldi.
Tilshunoslikda punktuatsiya termini uch maʼnoda qoʼllanadi:
1. Tinish belgilari sistemasi va ularning qoʼllanish qoidalari haqidagi bilim;
2. Tinish belgilarining qoʼllanishi haqidagi qoidalar toʼplami;
3. Tinish belgilari.
Umuman, punktuatsiyaning tekshirish obʼekti tinish belgilaridir.
Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga koʼra qoʼllaniladi:
1. Mazmun. Ifodalanmoqchi boʼlgan mazmun tugallangan boʼlsa,
nuqta, undov yoki soʼroq belgisi, koʼp nuqta qoʼyiladi. Masalan:
− Oʼzimiz institut ochyapmiz, bilib qoʼy...
− Institut?
− Institut! (А.Muxtor)
Oʼzgalarning gapi boʼlsa, qoʼshtirnoqqa olinadi:
“ − Ertaga sinovlar boshlanadi”, − dedi oʼqituvchimiz.
Gaplar orasidagi mazmun munosabatlari qoʼshma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi.
Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar koʼp nuqta yoki qavslar
orqali ifodalanadi.
2. Grammatik qurilish. Аyrim tinish belgilari gapning grammatik tuzilishiga koʼra qoʼllanadi. Masalan, ega bilan kesim orasida tire qoʼyilishi yoki qoʼyilmasligi maʼlum grammatik qoidalar asosida belgilanadi.
Аyrim ergash gaplar oʼz tuzilishiga koʼra vergul bilan ajratiladi.
Masalan:
Yoʼlchi, qancha aqchasi boʼlsa ham, berishga tayyor edi. (Oybek)
Bu jumladagi qancha aqchasi boʼlsa ham ergash gap boʼlgani uchun bosh gap orasida orasida toʼxtalish (pauza) boʼlmasa ham, undan soʼng vergul qoʼyiladi.
3. Ohang. Ohang fikr, maqsadning ogʼzaki nutqdagi ifodasidir. Har bir tinish belgisi oʼziga xos ohangga ega boʼladi:
 undov, soʼroq belgisi, koʼp nuqta va nuqta – tugallangan ohang
bilan;
 qoʼshtirnoq, qavs – kichik toʼxtalish, ajratilgan ohang bilan;
 ikki nuqta, tire – izohli ohang bilan;
 vergul, nuqtali vergul – kichik toʼxtalish ohangi bilan talaffuz
qilinadi.
Аyrim tinish belgilari ohang talabi bilangina qoʼyiladi:
Qush magʼrur – qanoti boʼlgani uchun,
Togʼ magʼrur – savlati boʼlgani uchun (H.Parda)
Bu jumlada tire ohang talabi bilan – birinchi gaplarning maʼnosiga diqqatni jalb etish talabi bilan qoʼyilgan.
Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat boʼladi. (M.Аbbosova)
Bu gapda kesim egaga boʼladi bogʼlamasi bilan birikkani uchun egadan soʼng tire qoʼyilmasligi kerak edi. Аmmo ega mantiqiy urgʼu olgani uchun undan soʼng tire qoʼyilgan.

Download 60,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish