Tinish belgilarining turlari va vazifalarstrrepla: Kirish


Bogʼlangan qoʼshma gaplarda tinish belgilarning ishlatilishi



Download 60,24 Kb.
bet3/4
Sana30.06.2022
Hajmi60,24 Kb.
#721106
1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document

Bogʼlangan qoʼshma gaplarda tinish belgilarning ishlatilishi
1) Bogʼlangan qoʼshma gap tarkibidagi sodda gaplar oʼzaro biriktiruvchi bogʼlovchi yordamida biriksa, ular orasiga vergul qoʼyilmaydi.
Irodasi baquvvat odam oʼziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham oʼz zimmasiga olishdan qoʼrqmaydi. (I.Karimov)
2) Bogʼlangan qoʼshma gap tarkibidagi sodda gaplar zidlov bogʼlovchilari (ammo, lekin, biroq) yordamida biriksa, bunday bogʼlovchilardan oldin vergul qoʼyiladi.
Аllaqachon bahor kelib, kunlar isib ketganiga qaramay, hamon sandal olib tashlanmagani, ammo hech kim bu toʼgʼrida oʼylab koʼrmaganini u endi payqaganday gʼashi keldi. (Oʼ.Hoshimov)
3) Bogʼlangan qoʼshma gap tarkibidagi sodda gaplar yuklamalar, boʼlsa, esa
elementlari yordamida biriksa ham, sodda gaplar orasida vergul qoʼyiladi.
Shoikrom uyqu elita boshlagan koʼzlari bilan oʼsha tomonga qaradi- yu, ter hidi anqib turgan loʼlabolishga boshini tashladi. (Oʼ.Hoshimov)
4) Bogʼlangan qoʼshma gaplar tarkibidagi yoki sodda gaplar ayiruv bogʼlovchisi, yoki inkor bogʼlovchisi yordamida biriksa, takrorlanib kelgan bogʼlovchidan oldin vergul qoʼyiladi.
Umuman, oiladagi maʼnaviy muhit va tarbiya tufayli bola yo mehribon va rahmdil, yoki xudbin va bagʼritosh boʼlib voyaga yetishini tushunish qiyin emas. (I.Karimov)
Badiiy matndagi grafik obrazlilik, ifodalilikni yuzaga keltirishda koʼp nuqta eng faol vositalardan biri hisoblanadi. Meʼyoridan ortiq qoʼrquv, quvonch, hayajon, turli jismoniy va hissiy ogʼriq-iztiroblar va shunga oʼxshash affektiv holatlar natijasida roʼy beradigan nutqning emfatik boʼlaklanishi, nutqning “hapqirish”i badiiy matnda grafik jihatdan, odatda, koʼp nuqta orqali ifodalanadi.
Masalan, quyidagi parchalarda achchiqlanish natijasida nutqning emfatik boʼlaklanishi koʼp nuqta vositasida grafik aks etgan:
“ – Men, albatta oʼqiyman, – dedi Saidiy va joʼrttaga qizning qitigʼiga tegdi, – siz hech boʼlmasa eshikning tirqishidan dars eshitishga rozidirsiz?
– Men... men eng oldingi kursida oʼtirib dars eshitaman.” 10
“Dino Kortening rangida rang qolmadi, u murdadek gezarib ketgandi.
– Ikkinchiga?!! – uning ichidan figʼonmi, nidomi otilib chiqdi. – Uchinchidan ikkinchigami?! Shundaymi?! Men... Meni ado qildinglarmi?! Men senlarga koʼchirish qanaqa boʼlishini koʼrsatib qoʼyaman!..” 11
“ Men... Men... – Dino Korte shunday dedi-yu, professorni tanimay duduklandi. – Siz...” 12
Baʼzan asar qahramoni turli hissiy holatlar bilan bogʼliq holda aytmoqchi boʼlgan fikrining aniq va oʼrinli ifodasi uchun zarur boʼlgan soʼzni qidirib qoladi. Аna shu soʼz izlash jarayonida, tabiiyki, nutq oqimida uzilishlar boʼladi, bu uzilishlar, pauzalar badiiy matnda koʼp nuqta vositasida taʼkidlanadi. Shu tarzda ayni uzilishlar poetik jihatdan aktuallashadi, yaʼni tegishli badiiy maʼnolar kasb etadi. Bunday uzilishlar matnning butunligini buzganday, parchalaganday koʼrinadi, ammo, aksincha, ayni uzilishlar poetik aktuallashuvga koʼra matn integratsiyasining kuchayishida ishtirok etadi. Quyidagi misollarda buni koʼrish mumkin:
“ – Sen... nima desam ekan... – sekin, soʼz tanlashga qiynalib gap boshladi Аvaz. – Judayam... tuban... maxluqsan. Yomon koʼrgansan, lekin yashagansan. Yana tirjayib yashagansan. Endi oʼlganiga quvonyapsan!.. Bundan ham battarroq... ablahlik boʼlmasa kerak.”13
“ – Yoʼq, endi, bu gapingiz toʼgʼri, – dedi Mansur qiynalib va soʼzlamoqqa soʼz qidirib. – Lekin, lekin... kakliklar kamayib qolgan-ku” 14
Baʼzi hollarda qahramonning murakkab hissiy holati unga nafaqat gaplarni, balki soʼzlarni ham toʼliq, oxirigacha talaffuz qilishga imkon bermaydi yoki axloq meʼyorlariga koʼra sizni toʼliq talaffuz qilish maʼqul koʼrilmaydi. Badiiy matnda bunday holatlar ham odatda koʼp nuqta vositasida ifodalanadi, demakki, koʼp nuqta lingvopoetik qimmat kasb etadi:
10 А.Qahhor. “Sarob” romani
11 X.Doʼstmuhammad. “Jimjitxonaga yoʼl” hikoyasi. 12 X.Doʼstmuhammad. “Jimjitxonaga yoʼl” hikoyasi. 13 M.Boboev. “Kechki trolleybus” kinoqissasi.
14 Sh.Xolmirzaev. “Ozodlik” hikoyasi.
“Gʼilayning qornidan oqayotgan qon yerni qip-qizil qilib tashladi.
– Men... toʼymay qoldim. Ozgina noningdan ber. Ozgina. Non... No-o...”15 “Shunda Sulton Mirzo nari-beri yurgancha ichki bir hadik bilan bot-
bot qiblaga tikilgan, bot-bot koʼkragini changallagan, axiyri, sabri tugab dahshatga tushib zorlangan: − Yoʼq, yoʼq! Bunday yashab boʼlmaydi, chidab boʼlmaydi bunga! Odamkushlik bu! Isteʼ...”16
“Tushungan odam ekansiz, baraka toping, shuning uchun sizga gapning dangalini aytgan maʼqul, toʼgʼrimi?
−T... toʼgʼ...”17
Badiiy matnda tinish belgilarining bu kabi qoʼllanishlarining turli xil holatlarini istagancha kuzatish mumkin.


Xulosa
Yozma nutq ogʼzaki nutqdan soʼng yozuv taʼsirida paydo boʼlgan boʼlib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga boʼysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy boʼlaklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajralib koʼrsatiladi. Yozma nutq ogʼzaki nutq kabi kishilar oʼrtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, u boshqa joyda va zamonda yashovchi kishilar bilan aloqa bogʼlash vositasidir. Yozma manbalar orqali biz oʼtmish tariximizni oʼrganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini taʼminlaymiz.
Punktuatsiya yozma fikrni aniq va ravon, tushunarli va ifodali bayon qilishda muhim ahamiyatga egadir. Yozma nutqning ayrim leksik-grammatik vositalar bilan ifoda qilish mumkin boʼlmagan tomonlarini ifoda qilishda punktuatsiyaning ahamiyati yanada ortadi.
Punktuatsiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy aloqadordir.
15 А.Dilmurodov. “Non” hikoyasi.
16 Gʼ.Hotam. “Аzal va abad” qissasi.
17 X.Doʼstmuhammad. “Jimjitxonaga yoʼl” hikoyasi.
Punktuatsiya sistemasi. Bu sistema yozma nutqqa xos boʼlib, har bir milliy til tabiatiga, yozuv sistemasiga bogʼliq holda oʼrganiladi. Punktuatsiya yozma nutq mahsuli boʼlib, yozuv orqali ifodalangan har bir gapning mazmuni, maʼno turlari va sintaktik qismlari orasidagi turli munosabatlarni aniqlashda punktuatsiyaning oʼrni katta.


Download 60,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish