Tim majmua 2020-21


Mavzu bo’yicha foydalanilgan adabiyotlar



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/135
Sana31.08.2021
Hajmi0,81 Mb.
#160310
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

Mavzu bo’yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.I.A. Karimov « Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» T. 2008 y 
2.«O’zbekiston 
Respublikasining 
Kadrlar 
tayyorlash 
milliy 
dasturi», 
«Barkamol  avlod  –  O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori»  –  Toshkent:  Sharq, 
1997-65 b. 
3.   B.  Normurodova  Tarbiyafiy ishlar   T 2006 y. 
4.  J.Hasanboyev,  X.To’raqulov,  Alqarov,  N.  Usmonov.  Pedagogikadan  izoxli 
lug’at. 


 
121 
9-MAVZU:                 SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARNI 
AMALGA 
OSHIRISHDA 
DIREKTOR 
O‘RNBOSARINING 
ISH 
METODIKASI. 
 
 
O’QUV 
ISHLARI 
BO’YICHA 
DIREKTOR 
O’RINBOSARINING  VAZIFALARI
R E J A: 
1. Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor 
o’rinbosarining ijtimoiy maqomi. 
2. Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor 
o’rinbosarining tarbiyaviy ishlardagi vazifalari. 
3. Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor 
o’rinbosariga tarbiyaviy ishlar bo’yicha qo’yiladigan talablar. 
4. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining ish hujjatlari. 
 
Mavzuning maqsadi: talabalarga umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy 
ishlar  bo’yicha  direktor  o’rinbosarining  tarbiyaviy  ishlardagi  vazifalari  va  ularga 
qo’yiladigan talablar bo’yicha ma’lumot berish. 
Kalit  so’zlar:  talaba,  tarbiya,  umumta’lim,  maktab,  ma’naviy,  ma’rifiy,  direktor, 
o’rinbosar, ijtimoiy, maqom, vazifa, natija, metod, talab, vosita, samara, natija. 
1.  Umumta’lim  maktablari  ma’naviy  –  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor 
o’rinbosarlarining  ijtimoiy  maqomi.  Ma’naviy  -ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor 
o’rinbosari  lovozimi  ta’lim  tizimi  boshqaruvidagi  yangi  lavozim  bo’lib,  u 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1994  yil  23  apreldagi  “Respublika 
Ma’naviyat  va  ma’rifat  jamoatchilik  markazini  tashkil  etish  to’zrisida”  gi 
Farmonining hosilasi hisoblanadi. Bu lavozimning huquqlari, vakolatlari, vazifalari, 
burchlari  va  majburiyatlari  O’zbekiston  Respublikasi  “Ta’lim  to’g’risidagi”  gi 
Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
vazirligi  tomonidan  2000  yilda  tasdiqlangan  “Umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalari 
ma’naviy  –  ma’rifiy  tarbiya  ishlari  bo’yicha  direktor  o’rinbosari  xaqidagi  Nizom” 
bilan tartibga solinadi. 
Ma’naviy-ma’rifiy 
tarbiya 
ishlari 
bo’yicha 
direktor 
o’rinbosari 
ta’lim 
muassasalarida  tarbiya  sohasi  bo’yicha  mas’ul  vakili  bo’lib,  o’qituvchilar,  ota-
onalar,  jamoat  tashkilotlari  va  muassasalarning  tarbiyaviy  faoliyat  yo’nalishlarini 
muvofiqlashtiruvchi,  o’quvchilar  uchun  maktabdan  va  sinfdan  tashqari  ishlarni 
tashkil  etuvchi  shaxs  hisoblanadi.Uning  bosh  maqsadi  o’quvchilarning  darsdan 


 
122 
tashqari bo’sh vaqtlarida tarbiyaviy ishlar jarayonini shakllantirish bo’lib, tarbiyaviy 
ishlar  jarayoniga  milliy  g’oyaning  bosh  va  asosiy  g’oyalarini  tatbiq  etish,  tarbiya 
jarayoniga  ta’sir  etuvchi  asosiy  va  yordamchi  vositalarni  aniqlash,  maktab 
o’quvchilari  uchun  ma’naviy-axloqiy  dasturlarini  tuzish,  tarbiyaviy  ishlar  rejasini 
ishlab  chiqish,  tarbiya  ishlariga  ta’sir  etuvchi  texnologiyalarni  joriy  etish, 
o’quvchilarning  o’zini*o’zi  boshqarish  tuzilmalari  bilan  ishlashni  yo’lga  qo’yish, 
o’quvchilarning  kiyinish  qoidalarini  nazorat  qilib  borish,  ularning  tarbiyalanganlik 
darajasini tahlil qilib borishdan iborat. 
Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor  o’rinbosari    bosh  tarbiyachi-pedagog 
bo’lib, u  quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerak: 
   1.U  o’z  sohasini  puxta  tushuna  oladigan,  muayyan  tajribaga  ega,  o’zini  ijobiy 
tomondan  namoyon  qilgan  bo’lishi,o’zining  ijtimoiy  faolligi,  ma’naviy-ma’rifiy 
jihatdan bilimdon bo’lishi. 
  2. U dunyoqarashining kengligi, odamlarga va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, 
o’ziga va boshlarga nisbatan talabchanligi, pedagogik mahoratni egallaganligi bilan 
boshqalardan ajralib turishi va yuqori kasb mahoratiga ega bo’lishi lozim. 
  3.  Jamoa  bilan  ishlashni  yaxshi  ko’rishi,  undan  zavqlanishi,  bolalarni  seva  olishi 
kerak. 
  4.  Muammoning  yechimi  yo’llarini,  yutuqlarga  erishish  mexanizmini  yaxshi 
bilishi. 
  5. Direktor o’rinbosari faoliyatini oqilona tashkil etish yo’llarini bilishi. 
  6. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda psixolog, to’garak, sinf rahbari, fan 
o’qituvchilari,  bolalar  yetakchisi,  mahalla,  maktab,  oila,  jamoat  tashkilotlari, 
maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, huquqbuzarlik yoki jinoyatchilikka moyil , 
voyaga yetmagan, tarbiyasi og’ir bo’lgan o’quvchilar va barcha yo’nalishdagi ishlar 
bilan hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishi. 
  7.  Tarbiyaviy  ishlar    jarayonini    boshqarishda  yangi  usullardan  foydalanishga 
ehtiyoj  sezishi,  talabchanlik  sifatlari  bilan  o’rnak  bo’lishi,  o’ziga  tanqidiy  qaray 
olishi. 


 
123 
  8.  Vavzifalarni  o’zi  bajarishga  kirishmasdan  jamoa  o’rtasida  to’g’ri  taqsimlash, 
doimiy  ravishda  nazorat  qilib  borish,  faoliyatni  muvofiqlashtirish,  xodimlarni 
mustaqil  va  tashabbus  bilan  ishlashga,  o’z  vazifasiga  ijodiy  yondashishga  o’rgata 
olishi zarur. 
Umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalarida  ma’naviy-ma’rifiy  ishlari  bo’yicha  direktor 
o’rinbosari  ota-onalar  hamda  keng  jamoatchilik  bilan  hamkorikda  o’quvchi 
yoshlarning  ma’naviyatini  yuksaltirish,  ularning  ongiga  ona  Vataniga  ,  xalqiga  va 
uning  bugungi  bunyodkorlik  ishiga  ehtirom  bilan  ruhida  tarbiyalashga  rahbarik 
qiladi. 
Umumta’lim 
maktablari  ma’naviy  – 
ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor 
o’rinbosarining ijtimoiy maqomi konkret ravishda quyidagilardan iborat:   
1)  maktab  ta’lim  –  tarbiya  ishlarini  tashkil  qilish  ishlarida  vakolatli  tarzda  ishtirok 
etish; 
2)  ma’naviy  tarbiya  ishlarini  tashkil  qilish  va  mazkur  jarayonga  oid  ishlarni 
boshqarish; 
3)  ma’rifiy  tarbiya  ishlarini  yo’lga  qo’yish  va  bu  jarayonga  oid  ishlarni 
muvofiqlashtirib borish; 
4) ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari monitoringini olib borish. 
Mazkur ijtimoiy maqomning axamiyati quyidagilar bilan belgilanadi: 
a) maktab ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari uchun javobgarlik;  
b)  sinf  raxbarlari,  “Kamalak”  bolalar  tashkiloti  va  “Kamolat”  yoshlar  ijtimoiy 
harakati yetakchilari, ota – onalar qo’mitasi a’zolari va mahalla faollarining tarbiya 
ishlarida ishtiroki uchun ma’suliyatlik; 
v) o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi uchun burchga egalik; 
g) tarbiyaviy ishlarning samarali va istiqboli uchun majburiyatlik.  
E’tibor  berilsa,  bu  lavozimda  ikki  tushuncha  mujassam  bo’lgan:  ma’naviy  va 
ma’rifiy.  Ma’naviy  tushunchasi  tarbiyaviy  ishlarda  o’quvchilarda  quyidagi 
ko’nikmalarni shakllantirish nazarda tutadi.  [1,20]: 
g’oyaviy immunitetlik; 
mafkuraviy mo’tadillik; 


 
124 
ma’rifiy yetuklik; 
madaniy barkamollik; 
axloqiy talabchanlik.  
Ma’rifiy  tushunchasi  o’quvchilarda  tarbiya  ishlarda  quyidagi  malakalarni 
shakllantirish birlamchi hisoblaydi:  
ongning shakllanganlik
dunyoqarashning tarkib topganligi; 
fe’l – atvor rivojlanganligi; 
mazkur ishlarda tarbiyaviy ishlar ishtirokchilarining faolligi; 
maktab tarbiyaviy ishlarning samaradorligi.  
Bunday  yondoshuv  ma’naviy  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  maktab  direktori 
o’rinbosarlari ijtimoiy maqomining belgilarini namoyon etadi  [4].  
      2.  Ma’naviy  ishlar  bo’yicha  maktab  direktori  o’ribosarlarining  tarbiyaviy 
ishlardagi vazifalari. Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy  
mafkurani  shakllantirish,  yoshlarni  boy  tarixiy  va  madaniy  merosimiz,  milliy 
an’analarimizga,  umuminsoniy  qadriyatlarga    hurmat,  Vatanga  muhabbat,  istiqlol 
g’oyalariga  sadoqat  ruhida  keng  fikrli,  sog’lom,  jismoniy,  aqliy  va  ma’naviy 
jihatdan  barkamol,  iqtisodiy  isohotlarning  mohiyatini  tushunadigan  hamda  ularni 
yangi  ijtimoiy  munosabatar  orqali  hayotga  tatbiq  eta  oladigan,  milliy  g’oyani 
shaxslarda  shakllantira  olish  direktor  o’rinbosari  faoliyati  maqsadining  asosini 
tashkil etadi. 
      Umumta’lim 
maktablarida 
amalga 
oshiriladigan 
tarbiyaviy 
ishlarning 
samaradorligi  direktorining  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  o’rinbosari 
faoliyatiga  bog’liq.  Shu  jihatdan  mazkur  didektor  o’rinbosarining  faoliyati 
tarbiyaviy ishlarga majmui yondashuviga bog’liqdir. E’tibor bering: 
 
 
 
 
 


 
125 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mazkur  yondashuvni  oliy  pedagogik  ta’lim  jarayonida  bo’lajak  o’qituvchi  yetarli 
darajada idrok qilib olishi kerak. Chunki u ertaga tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor 
o’rinbosari  bo’lishi  mumkin.  Bu  o’z  navbatida  tarbiyaviy  isholarni  oqilona  tashkil 
qilish va olib borishni taqozo etadi. Uning asosiy xususiyatlari zaruriyatlik, foydalik 
va  ega  bo’lishlikdan  iborat.  Shu  sababli  maktab  direktorining  ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar  bo’yicha  o’rinbosarining  faoliyati  quyidagi  modelda  tashkil  qilinsa,  kutilgan 
samarani berishi tajribalardan ma’lum bo’ldi (4-chizma): 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Мақсади, 
вазифалари 
мазмуни 
 
 
Шакллари 
Методлари
 
Воситалари
 
Меҳнат тарбияси 
Ақлий тарбия 
Жисмони
й 
тарбия
 
Эстетик
 тарбия
 
Ахло
қий
 тарбия
 
 
Маънавий
 тарбия
 
Маърифий тарбия 


 
126 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
E’tibor berilsa, bu model qat’iy bosqichlik tizimiga ega bo’lib, vaziyatlar tahlilidan 
boshlanadi va natijalar tahlili bilan tugaydi; keyin yana vaziyat tahliliga qaytiladi. 
Mazkur  masalada  alohida  yondoshuv  kerak.  Negaki  ma’naviy  -  ma’rifiy  ishlar 
bo’yicha    maktab  direktori  o’rinbosarlari  tarbiyaviy  ishlarda  muhim  shaxs 
hisoblanadi.  Chunki  u  o’quvchi-yosharning  dunyoqarashini  shaklantirish, 
xalqimizning  boy  tarixiy  merosi  asosida  ularni  vatanparvarik,  mehnatsevarlik, 
insonparvarlik, iymon-e’tiqod,  mehr-shafqatlilik  misolida har tomonlama  barkamol 
avlodni tarbiyalaydi. Bizning nazarimizda, bu masalada ularning asosiy vazifalarini 
qo’yidagilar tashkil qiladi:  
ma’naviy tarbiyalash va uni takomillashtirib borish; 
ma’rifiy 
 tarbiyalash va uni rivojlantirib borish; 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvrfiqlashtirib borish
tarbiya ishi ishtirokchilarini yo’naltirish; 
ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalanganlik darajasi uchun ma’suliyatli bo’lish va h.k. 
Buning uchun quyidagi modelga asoslanish kerak bo’ladi ( 1-chizma): 
 
 
 
1.Вазият таҳлили ва 
мақсадни шакллантириш 
2.Тарбиявий ишларни 
режалаштириш 
3.Тарбиявий ишларни 
ташкил қилиш 
4. Тарбиявий ишларни 
амалга ошириш 
5. Натижалар таҳлили 


 
127 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ushbu vazifalarning tasnifi quyidagilardan iborat: 
1. Tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish bo’yicha: 
- ma’naviy va ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni tashkil etish; 
-  ma’naviy  va  ma’rifiy  tarbiyaviy  ishlarni  hozirgi  va  istiqboldagi  rejalarini  ishlab 
chiqish; 
- tarbiyaviy ishlar moddiy – texnik bazasini shakllantirish; 
- tarbiyaviy ishlar monitoringini olib borish. 
2. Tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish bo’yicha: 
- maktab tashkilotlari kuzatuvini olib borish; 
- maktab tashkilotlari ishtirokchilari faoliyatini yo’naltirish; 
- maktab tashkilotlari samaradorligini ta’minlash; 
- maktab tashkilotlari asoslarini ishlab chiqish.  
3. Tarbiyaviy  ishlar manitoringini olib borish: 
- maktab tarbiyaviy ishlari hisobotlarini tashkil qilish; 
- maktab tarbiyaviy ishlar faoliyatini takomillashtirib borish; 
- tarbiyaviy ishlar natijalarida tahlil etish; 
- tarbiyaviy ishlarning strategik dasturlarini ishlab chiqish. 
Тарбиявий ишларда 
мактаб директорининг 
маънавий-маърифий 
ишлар бўйича ўринбо-
сарининг вазифалари  
1. Тарбиявий 
ишларни 
ташкиллаштириш 
2.Тарбиявий ишларни 
назорат қилиш  
3. Ташкилий ишлар 
мониторингини олиб 
бориш 
Тарбиявий ишлар 
натижаси 


 
128 
3.  Umumta’lim  maktablari  ma’naviy  –  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor 
o’rinbosariga tarbiyaviy ishlar bo’yicha qo’yiladigan talablar.  
Ma’naviy  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor  o’rinbosari  tarbiyaviy  ishlar  bo’yicha 
muayyan burchlarga ega bo’ladi. Bunday burchlar qo’yidagilardir: 
Maktab direktori bilan tarbiyaviy ishlar uchun javobgarlik; 
Maktab psixologi bilan tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini ta’minlash; 
Maktab tashkiloti ishtirokchilari faoliyati uchun mas’uliyatli bo’lish; 
O’quvchilarning jismoniy, aqliy va axloqiy jixatdan tarbiyalanishini ta’minlash. 
 Umumta’lim  maktablari  ma’naviy  –  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor 
o’rinbosarlariga  tarbiyaviy  ishlar  yuzasidan  quyidagi  pedagogik  talablar  qo’yiladi 
(2-chizma):  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
1.Tarbiyaviy ishlarni boshqarish bo’yicha:  
maktab tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish; 
maktab tashkilotlari hisobotini qabul qilish
maktab tashkilotlari muammolarini hal etish; 
maktab tashkilotlarini strategik yo’naltirish. 
2.Tarbiyaviy ishlar shakllarini belgilash bo’yicha: 
maktab tashkiloti ishlari yo’nalishlari va asoslarini ishlab chiqish; 
Тарбиявий ишларда 
мактаб директорининг 
маънавий-маърифий 
ишлар бўйича ўринбо-
сарига қўйилган талаб 
1.Тарбиявий ишларни 
бошқариш 
2.Тарбиявий ишлар 
шаклларини белгилаш 
3.Ташкилий ишларни 
йўналтириб бориш 
Мактаб тарбиявий 
ишлари самараси 


 
129 
maktab tashkilotlari shakllari va ko’nikmalarini belgilash;  
maktab tashkilotlari metodlari va texnologiyalarini tavsiya etish; 
maktab tashkilotlarini takomillashtirsh yo’llarini taqdim qilish. 
3.Tarbiyaviy ishlarni yo’naltirib berish bo’yicha: 
maktab tashkilotlarining choraklik va yillik rejalarini ishlab chiqish; 
maktab tashkilotlari samaradorligini oshirish choralarini ko’rish; 
maktab tashkilotlari natijalarini taxlil qilib borish; 
maktab tashkiloti xaritasini yuritish. 
E’tibor  berilsa  ma’naviy  –  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor  o’rinbosarlariga 
tarbiyaviy  ishlar  bo’yicha  qo’yiladigan  pedagogik  talablar  konkret  xususiyatga 
egadir.  
4.  Ma’naviy  va  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor  o’rinbosarining  ish  hujjatlari. 
Ma’naviy  va  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha    direktor  o’rinbosari  o’z  faoliyatini 
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ta’lim  tizimini 
rivojlantirish  to’g’risidagi  qarorlari,  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  hamda 
Halq  ta’limi  vazirligining  qaror  va  buyruqlari  asosida  tashkil  etib,  yuqori 
idoralarning  sohaga  oid  me’yoriy  hujjatlari  o’rganib  quyidagi  ish  hujjatlari 
bo’lishini ta’minlashi zarur: 
1.  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”  gi  Qonuni  va  Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi,  ma’naviy-ma’rifiy  targ’ibot  sohasiga  oid  hukumat 
qarorlari,  Vazirar  Mahkamasining  ta’lim-tarbiyani  rivojlantirishga  oid  qarorlari, 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining buyruq va qarorlari, 
yuqori boshqaruv idoralari tomondan yuborilgan hujjatlar. 
2.  Maktabning  ijtimoiy  pasporti.  O’tgan  o’quv  yili  yakunlari  bo’yicha    tarbiyaviy 
ishar tahlili.   
3.  Sinflar  bo’yicha  o’quvchilarning  tarbiyaanganlik  darajasini  ko’rsatuvchi 
umumlashgan xarita. 
4.Joriy o’quv yili va har bir chorak uchun tarbiyaviy ish rejalari. 


 
130 
5.  Maktabdan  va  sinfdan  tashqari  bolalar  birashmalari  (to’garaklar,  seksiya,  klub) 
ning ish rejalari. 
6. O’quvchilarning o’zini-o’zi boshqaruv tizimi bilan ishash rejalari. 
7.  Ta’lim  muassasasi  va  sinfar  tomonidan  o’tkazilgan  tadbirlarda  ishtirok  etish 
daftari. 
8. Sinf rahbararining yig’ilish va seminarlarining bayonlar daftari. 
9. Sinfar va  sinfdagi o’quvchilar ro’yxati. 
10.  Tarbiyasi  og’ir  o’quvchilar    bilan  ishlash    rejalari  (kartoteka,  tavsifnoma,  reja, 
tadbirlar). 
11. Bayramlarni, kecha va tatbirlarni o’tkazish rejalari va ssenariylari. 
12. O’quvchilarning ta’tilarni tashkil qilish uchun rejalar. 
13. Navbatchilar kengashi ish hujjatlari. 
14. Ilg’or ish tajribalar va ularni o’rganish bo’yicha hujjatlar. 
15. Ota-onalar bilan hamkorlik qilish ish rejalari. 
16. Maktabdan tashqari ta’lim  muassasalari bilan hamkorlik rejalari. 
17. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining shaxsiy ish rejasi. 
18. Davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari va boshqalar. 
Shunday qilib umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor 
o’rinbosarining  tarbiyaviy  ishlardagi  burchi  va  vazifalari  keng  ko’lamligi  bilan 
diqqatga sazovar. 
 
 
Maktabning  ma’naviy-ma’rifiy  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  nizomda 
belgilangan  vazifalar  bilan  bog‘liq  ravishda  tegishli  pedagogik  xodimlarga 
ko‘rsatma  beradi.  Xizmat  vazifasi  doirasidan  kelib  chiqqan  holda  sinfdan  va 
maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va yangi to‘garaklarni ochish masalalarini 
hal qiladi. Shuningdek, u: 
—sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib, 
uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish


 
131 
—sinf  rahbarlarining  o‘z  vazifasiga  nisbatan  mas’uliyatsizligi  yoki  uni  suiiste’mol 
qilganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish; 
—bolani  yaxshi  tarbiyalagan  ota-onalarni,  maktabga  yordam  bergan  mahalla 
faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega. 
Direktor o‘rinbosari vazifalari: 
—sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash; 
—maktabda  o‘tkaziladigan  sport  musobaqalari  rejasini  direktor  bilan  hamkorlikda 
tasdiqlash; 
—turli xildagi to‘garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash. 
Direktor  o‘rinbosari    o‘quvchilarga  nisbatan  mehr  va  muhabbat,  pedagogik 
jamoasiga  va  ota-onalarga  nisbatan  talabchan  bo‘lgan  holda  ish  tutishda  va 
muntazam  o‘z  ustida  ishlab,  sabr-bardoshli,  o‘z  fikrlarini  puxta  bayon  qilib, 
o‘zgalarni o‘ziga jalb qila oladigan xislatlarnio ‘ziga mujassamlaydi. 
Maktabning  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  eng  yaxshi  va  tajribali 
o‘qituvchilardan  tayinlanadi.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  maktabda 
ta’lim-tarbiya ishlarining barcha sohalarida rahbarning yordamchisidir. Maktabning 
o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  o‘z  ishi  uchun  bevosita  maktab  rahbari 
oldida  javobgardir.  U  barcha  ta’lim-tarbiya  ishlarining  to‘g‘ri  olib  borilishini, 
o‘quvchilar  bilimining  to‘g‘ri  hisobga  olinishini  va  o‘qitishning  yuqori  sifatli 
bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, maktabning umumiy rejasini va maktab rahbari 
bilan  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  o‘rtasidagi  ish  taqsimotini  ko‘zda 
tutib,  o‘zining  amaliy  ish  rejasini  tuzib  chiqishi  kerak.  Bu  rejada  aniq  tadbirlar 
ko‘rsatiladi.  Rahbar  bu  rejani  tasdiqlaydi  va  bajarilishini  kuzatib  boradi.  O‘quv 
ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  ham  rahbar  singari  „ichki  tartibqoidalar“ga 
binoan maktabning javobgar xodimi hisoblanadi. 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha dars beradi. 
Lekin darsi kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. U o‘qituvchilarga berilgan barcha 
huquq va imtiyozlardan foydalanadi. 
O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  maktabning  ta’lim-tarbiya  ishlariga 
rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajaradi: 


 
132 
U  davlat  dasturlarining  o‘z  vaqtida  va  aniq  bajarilishinikuzatib  boradi.  Ammo  bu 
kuzatish  faqat  faktlarni  qayd  qilishda,  ayrim  fanlarning  o‘quv  materialini  yuzaki 
o‘tish  va  kechikib  bajarish  kabi  hollarni  yozib  borishdan  iborat  bo‘lmasligi  kerak. 
Kamchilik va nuqsonlar aniqlanishi bilan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 
darhol  ularning  sababini  o‘rganishi  hamda  bu  kamchiliklarni  tugatish  va  o‘quv 
kursining to‘la ravishda o‘tilishi uchun zarur choralar ko‘rishi lozim. 
O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  o‘qituvchilarning  darsiga  kirib,  o‘qitish 
sifatini  kuzatib  boradi.  U  darslarning  yuksak  g‘oyaviy,  siyosiy,  nazariy  saviyada 
o‘tkazilishiga  erishmog‘i  kerak.  Bu  sohada  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 
o‘rinbosarining  roli  juda  katta.  U  maktab  rahbari  singari,  har  kuni  kamida  ikkita 
darsni kirib ko‘rishi zarur. Darslarga kirish ma’lum  maqsadga qaratilishi, muayyan 
vazifalarni  ko‘zda  tutishi  lozim.  Masalan,  darsni  kirib  ko‘rishda  u  ma’lum  bir 
o‘qituvchining ish tizimini o‘rganishni, o‘quvchilarning biror fandan olgan bilimlari 
darajasini  yoki  ma’lum  sinflardagi  o‘quvchilarning  bilim  darajasini  aniqlashni 
maqsad  qilib  olmog‘i  mumkin.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  kirgan 
har bir dars yozma tahlil qilinib, alohida daftarga yozib qo‘yilishi ma’qul. 
Maktab  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  metodika  ishlariga  quyidagicha 
rahbarlik qiladi: 
Shu  yilda  maktab  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarni  nazarda  tutib,  maktabdagi  metodika 
ishlari rejasining loyihasini tuzib chiqadi. 
Metodik  hujjatlarning  to‘g‘ri  yuritilishini  kuzatib  boradi,pedagoglar  yig‘ilishi  va 
metodik kengashlarga ma’ruzalar tayyorlashda yordam beradi. 
O‘qituvchilar  orasida  tajriba  almashish,  yosh  va  tajribasikam  o‘qituvchilarga 
yordam  berish  ishlarini  yo‘lga  qo‘yadi.  Bu  ish  o‘z  kasbini  yaxshi  bilgan 
o‘qituvchilarning  yosh,  tajribasi  kam,  ishga  yangi  kelgan  o‘qituvchilarning  darsiga 
kirishi  va  ularga  har  xil  ko‘rsatmalar  berishi,  metodika  jihatidan  yuksak  saviyada 
o‘tkazilgan  dars  namunalarini  ko‘rsatish  maqsadida  yosh  o‘qituvchilarni  tajribali 
o‘qituvchilarning darslariga taklif etish, nazorat ishlarining mavzusi va mundarijasi 
masalalarida maslahatlar berish kabi shakllardan iborat bo‘ladi. 


 
133 
Maktab  hayoti  murakkab  va  ko‘p  qirrali  hayot  yo‘lidir.  Binobarin,  maktab 
rahbarlarining  vazifalari  ham  xilma-xil.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 
o‘rinbosarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hamma ishlarini tizimga solish, aniqlash 
va rejalashtirish maqsadida ularni o‘quv yilining asosiy davrlariga taqsimlash yaxshi 
natija  beradi.  Ma’lumki  bunday  asosiy  davrlar  uchtadir:  1.  Yangi  o‘quv  yiliga 
tayyorgalik ko‘rish. 
Mashg‘ulotlarning  boshlanishi  va  butun  yil  davomidata’lim-tarbiya  ishlarining 
borishi. 
Imtihonlar va o‘quv yilining tugallanishi. 
Yangi  o‘quv  yiliga  tayyorgarlik davrida o‘quv  ishlari bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari 
maktabga  taalluqli  barcha  buyruqlar  bilan,  yangi  darsliklar,  o‘quv  qurollari  va 
ta’lim-tarbiya  mavzularida  va  gazetalarda  bosilgan  eng  muhim  maqolalar  bilan 
yaxshi  tanishib  chiqishi  kerak.  U  o‘qituvchi  kadrlarni  taqsimlash  loyihasini 
tayyorlashi,  o‘quv  dasturlarini  o‘tish  uchun  taqvim-rejalarni  qanday  tuzish  haqida 
o‘qituvchilarga  yo‘l-yo‘riqlar  berishi  zarur.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 
o‘rinbosari  maktabning  yangi  o‘quv  yilidagi ta’lim-tarbiya  ishlari  rejasining  asosiy 
qoidalarini  ishlab  chiqishi,  o‘zining  ish  rejasini  hamda  maktabning  sinfdan  va 
maktabdan  tashqari  ishlar  rejasini  ishlab  chiqishi  kerak.  U  kuzgi  yakuniylarining 
yaxshi  o‘tkazilishi  va  1  —4-  sinfda  yozgi  topshiriqlarning  bajarilish  tadbirlarini 
ko‘radi.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  bilan  birgalikda  imtihonlar 
haqidagi  qonun-qoidalarga  to‘la  rioya  qilishini  qattiq  va  puxta  nazorat  qilib  turishi 
zarur. U o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga oshirib baho qo‘yishiga ham qarshi 
kurashishi  kerak.  Shuningdek,  hamma  imtihonlar  yakunlanib  bo‘lib,  natijalar 
chiqarilgach, maktabning yillik hisobotini tuzishda rahbarga yordam beradi. 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab ishini chuqur va har tomonlama 
bilgan taqdirdagina o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishlariga aniq va amaliy rahbarlik 
qila  oladi.  Bu  rahbarlik  vazifasiga  ko‘tarilgan  o‘qituvchi  bir  yoki  ikki  fanning 
mutaxassisidir. 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilarni bilishi zarur: 


 
134 
O‘rta  maktabda  o‘qitiladigan  hamma  fanlarning  dasturlarini  va  ularning  uqtirish 
xatlarini, xususiy metodikalarini, darsliklarini, ko‘rgazmali qurollarini. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning metodlarini. 
O‘quvchilar tashkilotlari bilan ishlash metodlarini. 
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyotini. 
Bolalar adabiyotini. 
Maktab gigiyenasi va ta’lim-tarbiya psixologiyasi masalalarini. 
Rahbarlik qilish, nazorat qilish, hujjatlar yuritish vahisobga olish metodlarini. 
Maktab  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  bularni  bilmasa,  rahbarlik  qila 
olmaydi.  Shuning  uchun  u  o‘z  malakasini  hormay-tolmay,  har  taraflama  oshirib 
borishi zarur. Unga bu sohada o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti, pedagogika 
xonalari,  xalq  maorifi  bo‘limlari,  har  turli  seminarlar,  qisqa  muddatli  kurslar  va 
tajriba almashish kabilar yordam beradi. 
Maktabning  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  ham  rahbar  kabi  ta’lim-
tarbiya  ishlariga  to‘g‘ri  rahbarlik  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan  mustaqillik  nazariyasi 
bilan  qurollangan  siyosiy  bilimdon  kishi  bo‘lishi  kerak.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha 
direktor o‘rinbosarining o‘qituvchi va o‘quvchilar oldidagi obro‘si uning o‘z ishini 
qanchalik  bilishiga  bog‘liq.  O‘quvchilar  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 
o‘rinbosariga  faqat  jadvallarni  tuzuvchi  va  maktabning  ichki  tartib-qoidalarini 
nazorat  qiluvchi  kishi  debgina  qaramasdan,  balki  ta’lim-tarbiya  ishlari  sohasidagi 
bilimdon rahbar, qimmatli va foydali ko‘rsatmalar bera oladigan metodist va nihoyat 
mohir pedagog deb qarashlari lozim. 
Maktabning  ma’naviy-ma’rifiy  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  nizomda 
belgilangan  vazifalar  bilan  bog‘liq  ravishda  tegishli  pedagogik  xodimlarga 
ko‘rsatma  beradi.  Xizmat  vazifasi  doirasidan  kelib  chiqqan  holda  sinfdan  va 
maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va yangi to‘garaklarni ochish masalalarini 
hal qiladi. Shuningdek, u: 
—sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib, 
uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish; 


 
135 
—sinf  rahbarlarining  o‘z  vazifasiga  nisbatan  mas’uliyatsizligi  yoki  uni  suiiste’mol 
qilganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish; 
—bolani  yaxshi  tarbiyalagan  ota-onalarni,  maktabga  yordam  bergan  mahalla 
faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega. 
Direktor o‘rinbosari vazifalari: 
—sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash; 
—maktabda  o‘tkaziladigan  sport  musobaqalari  rejasini  direktor  bilan  hamkorlikda 
tasdiqlash; 
—turli xildagi to‘garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash. 
Direktor  o‘rinbosari    o‘quvchilarga  nisbatan  mehr  va  muhabbat,  pedagogik 
jamoasiga  va  ota-onalarga  nisbatan  talabchan  bo‘lgan  holda  ish  tutishda  va 
muntazam  o‘z  ustida  ishlab,  sabr-bardoshli,  o‘z  fikrlarini  puxta  bayon  qilib, 
o‘zgalarni o‘ziga jalb qila oladigan xislatlarni o‘ziga mujassamlaydi. 
Davlat  va  hukumatimiz  tomonidan  qabul  qilingan  barcha  hujjatla  rmohiyatini, 
Prezident  asarlarini  yaxshi  bilishi,  uni  o‘quvchi-yoshlar  orasida  targ‘ib  eta  olishi, 
xalq  pedagogikasi  an’analarini,  o‘zbek  xalqi  milliy  urf-odatlari,  qadriyatlari, 
allomalari o‘gitlarini yaxshi bilishlari lozim. 
–  Mamlakatimizning  ichki  va  tashqi  siyosatini  yaxshi  bilishi  va  doimo  uni  o‘z 
faoliyatida hisobga olishi , tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda 
yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi; 
–  radio,  televidenie  va  ommaviy  axborotning  boshqa  vositalari  orqali  berilgan  eng 
so‘nggi  yangiliklardan  boxabar  bo‘lishi  hamda  ularning  mohiyatini  o‘quvchilarga 
yetkaza olishi; 
– sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o‘tkaza bilishi; 
–  tuman,  shahar,  viloyat,  respublika  miqyosida  o‘tkaziladigan  tadbirlarda  ishtirok 
etishi; 
–  maktabda  o‘quvchilar  bilan  tarbiyaviy  ishlarni  olib  borayotganlarga  metodik 
tavsiyalar berib borishi; 
–  muntazam  ravishda  o‘z  malakasini  oshirib  turishi,  o‘z  sohasi  bo‘yicha 
o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish. 


 
136 
 
DIREKTOR O‘RINBOSARINING HUQUQLARI 
Nizomda belgilangan vazifalar bilan bog‘liq ravishda tegishli pedagogik xodimlarga 
ko‘rsatma beradi. 
Xizmat  vazifasi  doirasidan  kelib  chiqqan  holda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari 
ishlarni tashkil etish va yangi to‘garaklarni ochish masalalarini hal qiladi. 
–  sinf  rahbarining  ta’lim-tarbiya  ishlari bo‘yicha  erishgan  yutuqlarini hisobga  olib, 
uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish; 
–  sinf  rahbarlarining  o‘z  vazifasiga  nisbatan  mas’uliyatsizligi  yoki  suiiste’mol 
qilinganligi uchun direktor  bilan kelishilgan holda tanbeh berish
–  bolani  yaxshi  tarbiyalagan  ota-onalarni,  maktabga  yordam  bergan  mahalla 
faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega. 
Direktor o‘rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak: 
– sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilanhamkorlikda tasdiqlash; 
–  maktabda  o‘tkaziladigan  sport  musobaqalari  rejasini  direktor  bilan  hamkorlikda 
tasdiqlash; 
– turli xildagi to‘garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash. 
 
 
Maktabning  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  eng  yaxshi  va  tajribali 
o‘qituvchilardan  tayinlanadi.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  maktabda 
ta’lim-tarbiya ishlarining barcha sohalarida rahbarning yordamchisidir. Maktabning 
o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  o‘z  ishi  uchun  bevosita  maktab  rahbari 
oldida  javobgardir.  U  barcha  ta’lim-tarbiya  ishlarining  to‘g‘ri  olib  borilishini, 
o‘quvchilar  bilimining  to‘g‘ri  hisobga  olinishini  va  o‘qitishning  yuqori  sifatli 
bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, maktabning umumiy rejasini va maktab rahbari 
bilan  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  o‘rtasidagi  ish  taqsimotini  ko‘zda 
tutib,  o‘zining  amaliy  ish  rejasini  tuzib  chiqishi  kerak.  Bu  rejada  aniq  tadbirlar 
ko‘rsatiladi.  Rahbar  bu  rejani  tasdiqlaydi  va  bajarilishini  kuzatib  boradi.  O‘quv 


 
137 
ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  ham  rahbar  singari  „ichki  tartibqoidalar“ga 
binoan maktabning javobgar xodimi hisoblanadi. 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha dars beradi. 
Lekin darsi kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. U o‘qituvchilarga berilgan barcha 
huquq va imtiyozlardan foydalanadi. 
O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  maktabning  ta’lim-tarbiya  ishlariga 
rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajaradi: 
U  davlat  dasturlarining  o‘z  vaqtida  va  aniq  bajarilishinikuzatib  boradi.  Ammo  bu 
kuzatish  faqat  faktlarni  qayd  qilishda,  ayrim  fanlarning  o‘quv  materialini  yuzaki 
o‘tish  va  kechikib  bajarish  kabi  hollarni  yozib  borishdan  iborat  bo‘lmasligi  kerak. 
Kamchilik va nuqsonlar aniqlanishi bilan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 
darhol  ularning  sababini  o‘rganishi  hamda  bu  kamchiliklarni  tugatish  va  o‘quv 
kursining to‘la ravishda o‘tilishi uchun zarur choralar ko‘rishi lozim. 
O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  o‘qituvchilarning  darsiga  kirib,  o‘qitish 
sifatini  kuzatib  boradi.  U  darslarning  yuksak  g‘oyaviy,  siyosiy,  nazariy  saviyada 
o‘tkazilishiga  erishmog‘i  kerak.  Bu  sohada  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 
o‘rinbosarining  roli  juda  katta.  U  maktab  rahbari  singari,  har  kuni  kamida  ikkita 
darsni kirib ko‘rishi zarur. Darslarga kirish ma’lum  maqsadga qaratilishi, muayyan 
vazifalarni  ko‘zda  tutishi  lozim.  Masalan,  darsni  kirib  ko‘rishda  u  ma’lum  bir 
o‘qituvchining ish tizimini o‘rganishni, o‘quvchilarning biror fandan olgan bilimlari 
darajasini  yoki  ma’lum  sinflardagi  o‘quvchilarning  bilim  darajasini  aniqlashni 
maqsad  qilib  olmog‘i  mumkin.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  kirgan 
har bir dars yozma tahlil qilinib, alohida daftarga yozib qo‘yilishi ma’qul. 
Maktab  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  metodika  ishlariga  quyidagicha 
rahbarlik qiladi: 
Shu  yilda  maktab  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarni  nazarda  tutib,  maktabdagi  metodika 
ishlari rejasining loyihasini tuzib chiqadi. 
Metodik  hujjatlarning  to‘g‘ri  yuritilishini  kuzatib  boradi,pedagoglar  yig‘ilishi  va 
metodik kengashlarga ma’ruzalar tayyorlashda yordam beradi. 


 
138 
O‘qituvchilar  orasida  tajriba  almashish,  yosh  va  tajribasikam  o‘qituvchilarga 
yordam  berish  ishlarini  yo‘lga  qo‘yadi.  Bu  ish  o‘z  kasbini  yaxshi  bilgan 
o‘qituvchilarning  yosh,  tajribasi  kam,  ishga  yangi  kelgan  o‘qituvchilarning  darsiga 
kirishi  va  ularga  har  xil  ko‘rsatmalar  berishi,  metodika  jihatidan  yuksak  saviyada 
o‘tkazilgan  dars  namunalarini  ko‘rsatish  maqsadida  yosh  o‘qituvchilarni  tajribali 
o‘qituvchilarning darslariga taklif etish, nazorat ishlarining mavzusi va mundarijasi 
masalalarida maslahatlar berish kabi shakllardan iborat bo‘ladi. 
Maktab  hayoti  murakkab  va  ko‘p  qirrali  hayot  yo‘lidir.  Binobarin,  maktab 
rahbarlarining  vazifalari  ham  xilma-xil.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 
o‘rinbosarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hamma ishlarini tizimga solish, aniqlash 
va rejalashtirish maqsadida ularni o‘quv yilining asosiy davrlariga taqsimlash yaxshi 
natija  beradi.  Ma’lumki  bunday  asosiy  davrlar  uchtadir:  1.  Yangi  o‘quv  yiliga 
tayyorgalik ko‘rish. 
Mashg‘ulotlarning  boshlanishi  va  butun  yil  davomidata’lim-tarbiya  ishlarining 
borishi. 
Imtihonlar va o‘quv yilining tugallanishi. 
Yangi  o‘quv  yiliga  tayyorgarlik davrida o‘quv  ishlari bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari 
maktabga  taalluqli  barcha  buyruqlar  bilan,  yangi  darsliklar,  o‘quv  qurollari  va 
ta’lim-tarbiya  mavzularida  va  gazetalarda  bosilgan  eng  muhim  maqolalar  bilan 
yaxshi  tanishib  chiqishi  kerak.  U  o‘qituvchi  kadrlarni  taqsimlash  loyihasini 
tayyorlashi,  o‘quv  dasturlarini  o‘tish  uchun  taqvim-rejalarni  qanday  tuzish  haqida 
o‘qituvchilarga  yo‘l-yo‘riqlar  berishi  zarur.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 
o‘rinbosari  maktabning  yangi  o‘quv  yilidagi ta’lim-tarbiya  ishlari  rejasining  asosiy 
qoidalarini  ishlab  chiqishi,  o‘zining  ish  rejasini  hamda  maktabning  sinfdan  va 
maktabdan  tashqari  ishlar  rejasini  ishlab  chiqishi  kerak.  U  kuzgi  yakuniylarining 
yaxshi  o‘tkazilishi  va  1  —4-  sinfda  yozgi  topshiriqlarning  bajarilish  tadbirlarini 
ko‘radi.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  bilan  birgalikda  imtihonlar 
haqidagi  qonun-qoidalarga  to‘la  rioya  qilishini  qattiq  va  puxta  nazorat  qilib  turishi 
zarur. U o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga oshirib baho qo‘yishiga ham qarshi 


 
139 
kurashishi  kerak.  Shuningdek,  hamma  imtihonlar  yakunlanib  bo‘lib,  natijalar 
chiqarilgach, maktabning yillik hisobotini tuzishda rahbarga yordam beradi. 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab ishini chuqur va har tomonlama 
bilgan taqdirdagina o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishlariga aniq va amaliy rahbarlik 
qila  oladi.  Bu  rahbarlik  vazifasiga  ko‘tarilgan  o‘qituvchi  bir  yoki  ikki  fanning 
mutaxassisidir. 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilarni bilishi zarur: 
O‘rta  maktabda  o‘qitiladigan  hamma  fanlarning  dasturlarini  va  ularning  uqtirish 
xatlarini, xususiy metodikalarini, darsliklarini, ko‘rgazmali qurollarini. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning metodlarini. 
O‘quvchilar tashkilotlari bilan ishlash metodlarini. 
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyotini. 
Bolalar adabiyotini. 
Maktab gigiyenasi va ta’lim-tarbiya psixologiyasi masalalarini. 
Rahbarlik qilish, nazorat qilish, hujjatlar yuritish vahisobga olish metodlarini. 
Maktab  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  bularni  bilmasa,  rahbarlik  qila 
olmaydi.  Shuning  uchun  u  o‘z  malakasini  hormay-tolmay,  har  taraflama  oshirib 
borishi zarur. Unga bu sohada o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti, pedagogika 
xonalari,  xalq  maorifi  bo‘limlari,  har  turli  seminarlar,  qisqa  muddatli  kurslar  va 
tajriba almashish kabilar yordam beradi. 
Maktabning  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  ham  rahbar  kabi  ta’lim-
tarbiya  ishlariga  to‘g‘ri  rahbarlik  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan  mustaqillik  nazariyasi 
bilan  qurollangan  siyosiy  bilimdon  kishi  bo‘lishi  kerak.  O‘quv  ishlari  bo‘yicha 
direktor o‘rinbosarining o‘qituvchi va o‘quvchilar oldidagi obro‘si uning o‘z ishini 
qanchalik  bilishiga  bog‘liq.  O‘quvchilar  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor 
o‘rinbosariga  faqat  jadvallarni  tuzuvchi  va  maktabning  ichki  tartib-qoidalarini 
nazorat  qiluvchi  kishi  debgina  qaramasdan,  balki  ta’lim-tarbiya  ishlari  sohasidagi 
bilimdon rahbar, qimmatli va foydali ko‘rsatmalar bera oladigan metodist va nihoyat 
mohir pedagog deb qarashlari lozim. 
Mustaxkamlash uchun savollar va topshiriqlar 


 
140 
1.  Ma’naviy  –  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  o’rinbosarlarining  ijtimoiy  maqomi  xaqida 
so’zlab bering. 
2.  Ma’naviy  –  ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor  o’rinbosarlarining  tarbiyaviy 
ishlardagi vazifalari nimalardan iborat? 
3.  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor  o’rinbosariga  tashkilot  bo’yicha 
qanday talablar qo’yiladi? 
4.  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo’yicha  direktor  o’rinbosari  qanday    hujjarlarga  ega 
bo’ladi? 
5.  Nima  uchun  tarbiyaviy  ishlar  samaradorligi  direktor  o’rinbosari  faoliyatiga 
bog’liq bo’ladi? 
Adabiyotlar: 
2. Bola huquqlarini himoya qilish. Rasmiy to’plam. –T.: “O’zbekiston”. 2010. 
3.  O’quvchi  ma’naviyatini  shakllantirish.  To’plam.  –  T.:  “Ma’rifat  -  Madatkor”. 
2000.  
4.    To’raqulov  X,  Asqarov  I,  Usmanov  N.  Ta’lim  muassasalarida  ma’naviy  – 
ma’rifiy ishlar. – T.: “Fan va texnologiya”. 2008.  
5.  Respublika  ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashi  rasmiy  to’plam.  T.:  “Ma’naviyat”. 
2008.  
6.  Xasanboyev  Sh.  va  boshqalar.  Pedagogika  fanidan  izoxli  lug’at.  –  T.:  “Fan  va 
texnologiya”. 2009. 
7.  Xasanboyev  Sh.  va  boshqalar.  Pedagogika.  Darslik  –  T.:  “Fan  va  texnologiya”. 
2011. 
 
 
 
         


 
141 
 10-MAVZU:                              JAMOA    HAQIDA  UMUMIY  TUSHUNCHA.  SINF 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish