Tim majmua 2020-21


JAMOASINI    TASHKIL  ETISH      VA  TARBIYALASH.  OTA-ONALAR



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/135
Sana31.08.2021
Hajmi0,81 Mb.
#160310
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

JAMOASINI    TASHKIL  ETISH      VA  TARBIYALASH.  OTA-ONALAR 
BILAN ISHLASH. 
Reja 
1.Ota onalar bilan ishlashda sinf rahbarining vazifalari. 
2.Ota-onalarga farzandlar tarbiyasidagi tavsiyalar berish tizimi 
3.Ota-onalar bilan ishlash tizimi 
Mavzuning  maqsadi.  Bo’lajak  o’qituvchilarga  ota-onalar  bilan  ishlash  tizimining 
mohiyatini singdirishdan iborat. 
Tayanch  so’zlar.  Oila,  oilaning  vazifalari,  ota-ona,  farzand,  o’quvchi,  sinf  majlisi, 
maktab ota-onalar kengashi, sinf ota-onalar kengashi. 
Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  muassasalarning  tashkiliy  shakllari,  mazmuni  va 
maqsadini  belgilash  bugungi  kunimizning  barcha  qarorlarini  hisobga  olishni  talab 
etmoqda.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  mazkur  tarbiyaviy  ishlar  shaxs  kamoloti 
bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Buning uchun sinfdan 
va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi lozim: 
—ulg‘ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir 
bolaning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish; 
—milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish; 
—pedagoglar 
va 
o‘qituvchilar 
o‘rtasida 
o‘zaro 
hurmat 
munosabatlarini 
shakllantirish; 
—maktabning  jamoat  tashkiloti,  otaliq  qiluvchi  korxonalar  bilan  aloqasini 
mustahkamlash; 
—bolalar nazoratsizligi va qonun buzilishining oldini olish; 
—yashash joyi bo‘yicha bolalarning bo‘sh vaqtini tashkil etish; 
—o‘quvchilarning oilalariga borish va bolalarni tarbiyalashda ularga yordam berish; 
—yosh  avlodning  Vatanga,  jamiyatga  va  mehnatga,  o‘ziga  va  odamlarga 
munosabatini anglab olishga qaratilgan axloqiy tuyg‘ularini tarbiyalash. 
Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va voqealarni, 
badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda 


 
142 
muhokama  qilish  asosida  o‘tkaziladi.  Bu  ishlarning  xususiyati  shundaki,  bu 
bolalarni  o‘zining  axloqiy  xatti-harakatlari  haqida  mulohaza  yuritishga  va  ularga 
to‘g‘ri  baho  berishga  o‘rgatadi.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar 
o‘quvchilarning  darsdan  bo‘sh  vaqtlaridagi  o‘quv  tarbiya  jarayonini  to‘ldiradi  va 
kengaytiradi,  o‘quvchilarni  mustaqil  bilim  olishlari,  ijobiy  qobiliyatlarini, 
tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. 
Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo‘nalishlari, 
mazmuni  har  bir  bosqichda  o‘quvchilarning  psixik  rivojlanishi  darajasiga  mos 
kelishi  lozim.  Tarbiyaviy  ish  pedagogdan  butun  qobiliyatini  ishga  solishni,  tinmay 
izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon 
Vatanimizning  haqiqiy  fuqarolari  bo‘lishi  kerak.  Maktabda  bashlang‘ich  sinflarda 
tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar 
tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari: 
—  o‘quvchilarda  ilmiy  dunyoqarash  asoslarini  shakllantirish,  ularni  milliy  istiqlol 
ruhida tarbiyalash; 
—o‘quvchilarda  axloq  madaniyatini,  ularning  o‘z  huquq  va  burchlariga  nisbatan 
ongli munosabatni tarbiyalash; 
—o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; 
—o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchisi  va  sinf  rahbari  faoliyatining  asosiy  vazifalaridan  biri 
o‘quvchilarning  ahil  tarbiyaviy  jamoasini  tashkil  etishdir.  Boshlang‘ich  jamoa  ishi 
shunday  quriladiki,  undan sinfning boshqa  jamoalari bilan  aloqasi  doimiy  ravishda 
amalga  oshiriladi,  umumiy  maktab  an’analari  saqlanadi.  Boshlang‘ich  jamoa 
o‘qituvchi-tarbiyachi  va  sinf  rahbari,  o‘quvchilar  o‘z-o‘zini  boshqarish  organlari 
rahbarligida  umummaktab  ijtimoiy  foydali  ishlari  faoliyatida  ishtirok  etadi. 
O‘qituvchi va sinf rahbari sog‘lom, ahil bolalar jamoasini shakllantirish bilan birga 
doimiy  bolalar  qiziqishlarini  qo‘llab-quvvatlaydilar,  ularning  ijtimoiy  foydali 
faoliyatini yo‘naltirib boradilar. Kichik yoshli o‘quvchilar juda faol va harakatchan 
bo‘ladilar.  Faollikka  intilish  bu  yoshdagi  bolalarning  organik  ehtiyojidir.  Biroq 


 
143 
bunda bolalar hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmaydilar va kundalik pedagogik 
rahbarlikka ehtiyoj sezadilar. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisi  bolaning  ilk  maktabdagi  qadamidanoq  tarbiyaviy 
ishning  chinakam  jamoatchilik  munosabatlarini  yaratishga  zo‘r  imkoniyat 
beradigan,  bolalarda  bir-birlariga  g‘amxo‘r  munosabatda  bo‘lishni  tarbiyalaydigan, 
individual  qobiliyatlarni  rivojlantirish  uchun  qulay  imkoniyatlar  yaratadigan 
usullarni  tanlaydi.  O‘qituvchi  boshlang‘ich  sinflarda  bolalarga  o‘zlarini 
qiziqtiruvchi  faoliyat  turini  tanlashga  yordam  beradi.  Biroq,  ko‘pincha,  kichik 
yoshdagi o‘quvchilar yosh xususiyatlariga ko‘ra, o‘z xususiyatlarini to‘g‘ri baholay 
olmaydilar.  Bolalarning  o‘sishi  ularda  jamoatchilik  malaka  va  ko‘nikmalarining 
shakllanib  borishi  bilan  o‘qituvchi-tarbiyachining  bolalar  jamoasiga  rahbarlik 
qilishidagi  jarayonini  o‘zgartirib  boradi.  O‘qituvchi  boshlang‘ich  sinflardayoq  ahil 
bolalar jamoasini yaratish asosida sog‘lom jamoatchilik fikrini yaratadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamoasini yaratish sohasidagi 
ishini  yuqori  sinflarning  sinf  rahbarlari  davom  ettiradilar.  Boshlang‘ich  sinf 
o‘qituvchisi  o‘quvchilarni  ta’lim  va  tarbiyaning  tabiiy  sharoitida,  ularning  jamoa 
faoliyati jarayonida o‘rganadilar. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga biror maqsadga 
qaratilgan  pedagogik  ta’sir  vaqtini  uzaytiradi,  u  o‘qituvchining  darslarda  egallagan 
bilimlarini  kengaytirish  va  chuqurlashtirish,  bolalarning  qobilyatini  rivojlantirish, 
ularning  xilma-xil  qiziqishlarini  qondirish,  madaniy  dam  olishlarini  uyushtirish 
imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta 
imkoniyatlariga ega. 
Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy 
qismi  sanaladi.  Shuningdek,  u  maqsadning  birligi  va  tashkil  qilish  xususiyatlari 
orqali  umummilliy  jamoa  bilan  bog‘lanadi.  Ijtimoiy  jamiyatning  ehtiyojini 
qondirishga  yo‘naltirilgan  birgalikdagi  faoliyat  jamoaning  navbatdagi  muhim 
xususiyatlaridir.  Jamoa  faoliyatining  ijtimoiy-g‘oyaviy  yo‘nalishi  ham  jamoaning 
faoliyati  mazmunida  o‘z  aksini  topishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bolalar  jamoasi 
rivojlanishi jarayonini tahlil qilib, uni quyidagi ikki bosqichga bo‘ladilar: 
jamoani dastlabki jiðslashtirish; 


 
144 
jamoani shakllantirish va uning har bir a’zosini rivojlantirish. 
Jamoani shakllantirish jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona 
talablar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yagona  talab  o‘quvchilarning  dars  jarayonidagi,  tanaffus,  sinfdan  tashqari  ishlar 
vaqtidagi jamoat joylari hamda uydagi xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi. Puxta 
o‘ylab  qo‘yilgan  talablar  tizimining  muntazam  amalga  oshirilishi  maktabda 
muayyan tartibning o‘rnatilishini ta’minlaydi. 
Pedagoglar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi: 
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish. 
Muayyan maktab yoki sinfdagi sharoitni hisobga olish. 
Qo‘yilayotgan talablarning aniq bo‘lishi. 
O‘quvchilarning  tashqi  qiyofasi,  kiyinishi,  yurish-turishi  hamda  muomalasiga 
qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy  madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi 
shart. 
O‘qituvchi  qo‘yilayotgan  talablarning  hajmi,  tizimini  bilibgina  qolmasdan,  talab 
qo‘yish  metodikasini  ham  o‘zlashtira  olgan  bo‘lishi  kerak.  O‘quvchilarga  talablar 
qo‘yish  metodikasi  bolalarni  talablar  mazmuni  bilan  tanishtirib,  ularning 
ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda ularning muntazam suratda nazorat 
qilib borishdan iborat. O‘quvchilarni talablar bilan tanishtirish, ko‘pincha, umumiy 
majlislarda  amalga  oshiriladi,  bunda  ta’lim  muassasasi  direktori  yoki  o‘quv  ishlari 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari istiqbolli rejalar va ularni amalga oshirish jarayonidagi 
talablar  mazmuni  bilan  o‘quvchilarni  tanishtiradi.  Batafsil  tanishtirish  ayrim 
hollarda  amalda  ko‘rsatish,  keyinroq  sinflar  bo‘yicha  sinf  majlislarida,  maxsus 
suhbatlar  uyushtirish  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Xulq-atvorni  tarkib  toptirishga 
yo‘naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur talablar ustida mashq qildirish bilan 
qo‘shib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda 
murakkab.  O‘quvchilar  talablar  mohiyatini  yaxshi  anglashlari  mumkin,  biroq 
aksariyat  hollarda  ularga  rioya  qilmaydilar.  Shu  bois  muntazam  ravishda  mashq 
qildirish madaniy xulq-atvorni odatga aylantiradi. 


 
145 
Talablarning  qo‘yilishi  jarayonida  ularga  o‘quvchilarning  amal  qilishi  ustidan 
nazorat  o‘rnatish  lozim.  Nazorat  qilib  borish  turli  shartlar  yordamida  amalga 
oshiriladi,  chunonchi,  xulqatvor  jurnalini  yuritish,  sinfdagi  navbatchilik  uchun 
stendda  baholarni  qayd  etib  borish  va  boshqalar.  Nazorat  haqqoniy  va  muntazam 
bo‘lish kerak. Uning natijalaridan o‘quvchilarni ogoh etib borish lozim. 
Jamoani  uyushtirish  va  jinslashtirish.  U  faollarni  tarbiyalash  bilan  chambarchas 
bog‘liq.  Jamoa  faollarini  shakllantirish  jamoaning  u  yoki  bu  faoliyatga  nisbatan 
ehtiyoji  mazmunidan  kelib  chiqadi.  Jamoa  faollarini  aniqlash  uchun  o‘qituvchi 
o‘quvchilar  faoliyatini,  ularning  jamoa  ishlarida  ishtiroki,  xulq-atvorini  kuzatib 
borishi,  har  bir  o‘quvchining  ijtimoiy  faoliyatni  tashkil  etish  layoqatini  aniqlashi 
zarur. 
Jamoa  faollarining  tarkibini  bolalarning  o‘zlari,  albatta,  pedagog  ishtirokida  va 
rahbarligida  tanlashsa,  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bunda  pedagog  jamoa 
faollarining  har bir  a’zosi  zimmasiga  muayyan  vazifa  yuklash,  ma’lum  davrda  ana 
shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish lozim. 
Maktabning  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari  o‘quvchilarga 
nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik jamoaga va ota-onalarga nisbatan talabchan 
bo‘lgan holda ish tutishi va muntazam o‘z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o‘z fikrlarini 
puxta  bayon  qilib,  o‘zgalarni  o‘ziga  jalb  qila  oladigan  xislatlarni  o‘ziga 
mujassamlaydi.  Davlat  va  hukumatimiz  tomonidan  qabul  qilingan  barcha  hujjatlar 
mohiyatini,  Prezident  asarlarini  yaxshi  bilishi,  uni  o‘quvchi-yoshlar  orasida  targ‘ib 
eta  olishi,  xalq  pedagogikasi  an’analarini,  o‘zbek  xalqi  milliy  urf-odatlari, 
qadriyatlari, allomalari o‘gitlarini yaxshi bilishi, shuningdek: 
—Mamlakatimizning  ichki  va  tashqi  siyosatini  yaxshi  bilishi  va  doimo  uni  o‘z 
faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda 
yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi; 
—radio, televideniya va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng 
so‘nggi  yangiliklardan  boxabar  bo‘lishi  hamda  ularning  mohiyatini  o‘quvchilarga 
yetkaza olishi; 
—sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o‘tkaza bilishi; 


 
146 
—tuman,  shahar,  viloyat,  respublika  miqyosida  o‘tkaziladigan  tadbirlarda  ishtirok 
etishi; 
—maktabda  o‘quvchilar  bilan  tarbiyaviy  ishlarni  olib  borayotganlarga  metodik 
tavsiyalar berib borishi; 
—muntazam  ravishda  o‘z  malakasini  oshirib  turishi,  o‘z  sohasi  bo‘yicha 
o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etishi lozim. 
 
 
Mamlakatimiz mustaqilligi jamiyatimizning barcha jabhalarida, shu jumladan, oila, 
uning iqtisodiy, ma’naviy manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, 
oilada  sharqona  tarbiyani  tiklash  kabi  bir  qator  muammolarni  hal  etishga  imkon 
beradi.  Mustaqillik  o‘zligini  yo‘qotgan  insonlarni,  ya’ni  o‘z  oilasi  va  farzandlariga 
befarq bo‘lgan ota-onalarni ham insof, mehrshafqat yo‘liga boshladi. Qardosh tojik 
xalqida  shunday  maqol  bor:  „Uy  farzand  bilan  obod,  dala  odam  bilan“.  Ha, 
darhaqiqat, har bir oilaning bog‘boni o‘z mevalari bilan obod. Dala insonning oltin 
qo‘llari  bilan  kundan-kunga,  asrdan-asrga  obodonlashib  borsa,  uy  esa  yosh 
go‘dakning  kundan-kunga  mehr,  ta’limtarbiya  olishi  tufayli  go‘zallashib,  gurkirab, 
yashnab  boradi.  Odamzod  dunyoga  bir  marotaba  kelar  ekan,  bu  dunyodan  yolg‘iz 
o‘tib  ketishni  xohlamaydi,  orqasida  farzandlarining  ta’limtarbiyali,  obro‘-e’tiborli 
bo‘lib  qolishini  istaydi.  Shunday  ekan,  ota-onaning  farzandga  bo‘lgan  mehr-u 
muhabbati  hamma  narsadan  ham  qimmatliroq  bo‘lsa  kerak.  Bola  qancha  sho‘xlik 
qilmasin, ota-ona uning erkaliklarini ko‘taradi. Ota-ona hamisha o‘z farzandi uchun 
hamma  narsaga  tayyor  turadi.  Farzandini  ko‘z  qorachig‘iday  asrab,  unga  gard 
yuqishga  qo‘ymaydi.  Shu  bilan  birga,  to‘g‘riso‘z,  vijdonli,  kamtar,  chin  do‘st, 
o‘zgalarning mulkiga xiyonat qilmaslikka chorlaydi. 
Oila  bilan  maktab  hamkorligi  barkamol  inson  tarbiyasidagi  muhim  omillardan 
biridir. 
Maktabdagi 
o‘quv-tarbiya 
ishlarining 
yuqori 
saviyada 
bo‘lishi, 
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ota-onalariga bog‘liqdir. Maktab oila bilan 
ikki shaklda hamkorlikni amalga oshiradi. 
Ota-onalar jamoasi orqali. 


 
147 
Yakka tartibda ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarorqali. 
O‘qituvchining  ota-onalar  bilan  aloqasida  o‘zaro  bir-birini  tushunish,  yuksak 
axloqiy munosabatda pedagogik yondoshuv, xushmuomalalik, shirinso‘zlik, hamma 
ota-onalarga  bir  xil  muomala  va  to‘g‘ri  talab  bo‘lishi  lozim.  Ota-onalar  bilan 
yakkama-yakka  ishlash  ayrim  bola  tarbiyasidagi  qiyinchiliklarning  sodir  bo‘lishi, 
oilaviy  muammolar,  o‘quvchilarning  o‘zlashtirmasligidagi  sabablarni  aniqlash 
maqsadida olib boriladi. O‘qituvchilik faoliyatining eng murakkab tomonlaridan biri 
o‘quvchilar  ota-onalar  bilan  umumiy  til  topa  olish,  ularning  hurmatiga  sazovor 
bo‘lish, hamkorlikda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir. O‘qituvchi —sinf rahbari, 
mehribon  tarbiyachidir.  Sinf  rahbarining  eng  muhim  xususiyatlaridan  biri  —  ular 
o‘quvchilar  jamoasi  bilan  to‘rt  yil  hamkorlikda  ish  olib  boradilar.  Shu  sababdan 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalar jamoasi bilan ham ishlashi o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Shunday ekan ota-ona birinchi sinf o‘quvchisining ilm dargohidan 
ko‘p bilim va tarbiyaga ega bo‘lishi uchun nimalar qilishi kerak? 
O‘qituvchi  muqaddas  siymo,  u  sizning  maslahatchingiz,uni  ardoqlab,  obro‘-
e’tiboriga sadoqatli bo‘lishingiz. 
Sinf  va  maktab  jamoasining  ta’lim-tarbiya  tadbirlariga  faolqatnashib,  taklif  va 
mulohazalaringizni aytishingiz. 
Bolangizga  nima  yaxshi,  nima  yomon  ekanligini  uqtirib,mardona  rasm-rusum, 
udum-an’analarimizdan xabardor qilib, o‘qituvchiga ko‘makdosh bo‘lishingiz. 
Bolangizning o‘quv ishlariga yordam berib borishingiz,uyga berilgan topshiriqlarni 
bajarishda ularga yordam berishingiz. 
Maktabning  yaqin  yordamchisi,  ko‘makdosh  bo‘lishingiz,  o‘z  farzandingizning 
kamoli bilan yashashingiz. 
Bolangizda  maktab,  sinf,  o‘qituvchi  va  o‘rtoqlariga  nisbatan  yaxshi  fikr  uyg‘otish, 
chunki 1- sinf o‘quvchisining maktab sharoitiga moslashishi ancha murakkab ruhiy 
holatdir. 
Farzandingizdan kundalik ish faoliyatdagi munosabatinikuzatib, so‘rab borishingiz. 
Bunday munosabatda yaxshi, juda yaxshi, marhamat, rahmat, baraka top kabi sehrli 


 
148 
so‘zlarni,  nojo‘ya  harakat  sodir  bo‘lgan  bo‘lsa,  „chakki  ish  bo‘libdi“,  „men 
kutmagan edim“ kabi so‘zlarni qo‘llashingiz. 
O‘sib kelayotgan yosh avlodga fan asoslaridan chuqur va mustahkam bilim berish, 
ularni  yuqori  darajada  axloqli  qilib  tarbiyalash  vazifalari  ko‘proq  sinf  rahbarining 
umumiy  mehnati  jarayonida hal qilinadi. Lekin  bu  mehnatning  muvaffaqiyati  ko‘p 
jihatdan  ularning  kuchlari  qanday  yo‘naltirilganligiga,  maqsadlar  birligi  va 
harakatlar  muvofiqligi  qanday  ta’minlanayotganligiga  bog‘liqdir.  Maqsadlarni 
tushunish  birligini  amalda  yuzaga  chiqarish,  so‘ngra  bu  maqsadlarga  erishish 
jarayonida  o‘zaro  aloqalarni  taqsimlash  va  tashkiliy-pedagogik ishlarni  o‘z  vaqtida 
to‘g‘ri amalga oshirish sinf rahbarining muhim vazifasidir. 
Pedagoglar  jamoasining  g‘oyatda  yuksak  birligini,  butun  kuchining  uyg‘unligini, 
ishlarning  muvofiqligini  ta’minlash  ishga  layoqatli  qilish  shartlaridan  biridir.  Bu 
muammoni hal qilishning qiyinligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. 
Maktab jamoasi fikr yuritishi, hayotiy tajribasi, ish staji, ma’lumoti va malakasi turli 
xilda  bo‘lgan  kishilardan  iborat.  Har  bir  o‘qituvchi  qanchalik  kuch-g‘ayrat 
sarflamasin,  ayrim  xodimlar  qanchalik  kuchli  bo‘lmasin,  agar  ular  ishga  yuzaki 
qarasalar,  muvaffaqiyatga  erishib  bo‘lmaydi.  Yuqorida  bayon  etilgan  fikrlardan 
ma’lumki,  hozirgi  kunda  pedagoglar  va  o‘quvchilar  jamoasining  har  bir  a’zosida 
pedagogik  mehnatga  nisbatan  ongli  intizomni  tarbiyalash  va  uni  mustahkamlash 
maktab  ichki  boshqaruvi  tizimida  asosiy  masala  bo‘lib  hisoblanadi.  Modomiki 
shunday  ekan,  umumta’lim  maktabining  har  bir  rahbari,  undagi  jamoatchilik 
tashkilotlari mazkur masalaga har qachongidan ko‘ra bugungi kunda alohida e’tibor 
bilan qarashlari lozim. Sinf rahbarlari o‘rtasida vazifalarni to‘g‘ri va aniq taqsimlash 
to‘g‘ri boshqaruvning muhim shartidir. 
Sinf raxbarining ota – onalar bilan ishlash metodikasi. 
Sinf    raxbari   tomonidan   olib boriladigan  ishlari ichida   ota  – onalar bilan ishlash 
metodikasi  ham  muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Ota  –  onalar  bilan  ishlashni    to’g’ri 
olib borish uchun u bir qator vazifalarni bajarishiga to’g’ri keladi. 
 
1. 
Kognitiv–diognostikka(tashxis) 
oid 
vazifalari 
(kognitivno-
diagnosticheskaya,) 


 
149 
2.Tashkiliy – natijaviy vazifalari (organizatorsko-stimuliruyu щaya) 
3. Birlashtiruvchi - jipslashtiruvchi vazifasi.(ob’edinitel ьno splachivayuщaya) 
4. kordinatorlik vazifasi(koordiniruyu щaya) 
5 shaxsni shakllantiruvchi vazifasi.(lichnostno razvivayu щaya.)  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-chizma. Sinf rahbarining ota – onalar bilan ishlash vazifalari. 
a) Kognitiv –diognostik vazifasi deganda biz (ot lat. cognitio – bilim, bilish; diagnos 
– aniqlash, tashxis). Bu o’quvchilarning bilim darajasin aniqlash vazifasidir. Buning 
uchun o’qituvchi o’z o’quvchilarini har tomonlama urganishi talab qilinadi. 
 b)  Tashkiliy  –  natijaviy  vazifasiga  asosan  o’quvchilarni    sinfdan  tao’qari  faoliyat 
turiga jalb qilishi tushuniladi. Bu tizimga o’quvchilarni shunday qiziqtirish kerakki, 
natijada ularning o’zlari xoxlab kelishsin.  
v)  Birlashtiruvchi  -  jipslashtiruvchi  vazifasi  Bu  o’quvchilarning  jipslashuvi 
natijasida  amalga  oshadi.  O’quvchilarga  sog’lom  psixolgik  muxitni  yaratib  berish 
kerak. .O’quvchilar bir – birining taqdiriga befarq bo’lmasligi muxim axamiyat kasb 
etadi. 
 g) Koordinatorlik vazifasi. Bunda sinf raxbari o’z o’quvchilarining har tamonlama 
kamolga  erishishi  uchun  shu  sinfga  dars  beradigan  o’qituvchilarni  yagona 
pedagogik maqsad sari yo’naltirishi natijasida samaraga erishishi nazarda tutiladi 
Когнитив - диогностик 
Ташкилий - натижавий 
Синф раҳбарининг 
ота – оналар билан ишлашдаги 
вазифалари 
Бирлаштирувчи - 
жипслаштирувчи 
Кординаторлик 
Шахсни шакллантирувчи 


 
150 
d) SHaxsni shakllantiruvchi vazifasi. Bu vazifa orqali o’quvchilarda; 
- xoxish – sabablarini natijaga erish ьirish; 
- o’quv – biouv faoliyatini faollashtirish; 
- ma’nan  yuksaltirish; 
-  estetich olamini shakllantirish; 
- ijodiy qobiliyatini yuksaltirish; 
- shaxslararo munosabatini tarbiyalash. 
Sinf raxbarining burchi: 
a) o’quvchini  har tamonlama urganish; 
b) o’quvchilarga xulq qoidalarin tushuntirish va odatlantirish; 
v)doimiy  ravishda  o’zlashtirishini    nazorat  qilish,  uyga  vazifalarini  bajarilishiga 
e’tibor berish; 
g) sinf yig’ilishlarini uzluksiz o’tkazish; 
d) o’quvchilarni  to’garaklarga jalb qilish; 
e) ijtimoiy foydali mexnatni tashkillashtirish; 
j) bolalar tashkilotlariga yordam berish.. 
Maktabning  oila  tarbiyasiga  ta’sir  etuvchi  kuchlaridan  biri  bu  albatta  sinf 
raxbarining  ota  –  onalar  bilan  ishlash  tizimidir.  Bu  tizim  o’z  navbatida 
quyidagilarda aks etadi. 
Sinrf raxbarining oila  to’g’risidagi bilimdonligi. 
Sinf  raxbari  tomonidan    sinf  ota  –  onlar    kengashini  tuzishi  va  uning  faoliyatiga 
pedagogik yordam ko’rsatib borishi. 
Ota  –  onalarni  o’z  vaqtida  bolalarining  darsga  qatnashish  xolati  bilan  tanishtirib 
borishi va chora – tadbirlar tuzishi.  
Ota  –  oanlarni  o’z  vaqtida  bolalarining  dars  mazmunini  o’zlashtirish  dinamikasi 
bilan  yaqindan  tanishtirib  borishi    va  sinf  doirasida  samaradolikka,  ya’ni  sifat 
kursatgichini  yuqori pog’onalarga chiqarishi. 
Ota  –  oanlarni  o’z  vaqtida  bolalarining  xulqi  bilan    tanishtirishi  va  o’z  vaqtida  
kerakli ishlarni birgalikda amalga oshirishi. 


 
151 
Ota  –  oanlarni  o’z  vaqtida  bolalarining  ijtimoiy  foydali  mexnat  qilish  ko’nikmasi 
bilan  tanishtirishi va bu boradagi ishlarni  birgalakda  yaxshi ko’rsatgichlarga  olib 
chiqishi. 
Ota  –  oanlarni      bolalarining  ma’naviy  va  intellektual  saloxiyatlari  bilan  yaqindan 
tanishtirib borishi. 
Ota  –  oanlarni    sinf  ichidagi    o’z  -  o’zinii  boshqarish  tizimi  bilan  tanishtirishi  va 
uning bola kamolatidagi axaimini  tushintirishi 
Ota  –  oanlarni    bolalarning  o’z  –  o’zini  tarbiyalashi  borasidagi  bilimlar  bilan 
qurollantirishi muxim axamiyat kasb etadi. 
Sinf raxbarining ota – onalar bilan yakka tartibda ishlash faoliyati. 
Sinf  raxbari  ota  –  onalar  bilan  ishlashni  yaxshi  yo’lga  qo’yishi  uchun  u  birinchi 
navbatda  oila  o’zi  bu  nima?  –  degan  savolga  javob  bera  olishi  kerak.  SHuning 
uchun ham biz bu tushunchaga to’xtalib o’tishni maqsadga muoffiq deb bildik. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Синф раҳбарининг ота – оналар билан ишлаш тизими 
Оила тўғрисида 
маълумотга 
эгалиги 
Ота – оналар 
кенгаши билан 
ҳамкорлиги 
Болаларни 
дарсга жалб 
қилиш 
Ўқувчилар билимини 
оширишдаги ҳамкорлиги 
Ўқувчиларни маънан 
юксалтиришдаги 
ҳамкорлиги 
Синф раҳбари – ота-
она  
ҳамкорлиги 
Таълим – тарбия тизимида самарадорликка олиб келади 


 
152 
5-chizma. Sinf rahbarining ota – onalar bilan ishlash tizimi. 
 «Oila  —  er-xotinlik  ittifoqiga,  qarindoshlik  aloqalariga,  umumiy  xo’jalik 
yuritadigan  er  va  xotin,  ota-ona  va  bolalar,  aka-uka  va  opa-singillar,  bobo-buvilar  
va  b.  qarindoshlar  o’rtasidagi  munosabatlarga  asoslanadigan kichik  ijtimoiy  guruh, 
jamiyatning asosi, davlat qudratining manbai. Oilaningng hayoti moddiy (biologik, 
xo’jalik) va ma’naviy (axloqiy, huquqiy, psixologik) jarayonlar bilan xarakterlanadi. 
Oilaningg  ma’naviy  olami  serqirra  hodisa  bo’lib,  nainki  Oilaningg  jamiyatdagi 
siyosiy-ijtimoiy  mavqeini,  balki  tarixiy  taraqqiyotga  xos  xus-yatlari,  sh-dek,  iqt-y 
imkoniyatlari,  demografik  va  etnografik,  etnopedagogik  va  etnopsixologik 
an’analarni ham qamrab oladi.  
Sinf  raxbari  tomonidan  ota  –  onlar  kengashini  tuzishi  va  uni  pedagogik  nuqtai 
nazardan  qo’llashi  faqatgini  o’quvchilarning    kelajagini  ko’zlagan  xolda  amalga 
oshiriladi. 
O’qituvchilik bolalarga bo’lgan munosabatda, katta mehribonligi bilan g’amho’rligi 
harakterlanadi.  Bular  esa  kata  talabchanlik  bilan  olib  boriladi.  O’quvchilar  bilan 
bo’ladigan  o’zaro  munosabatlarni  to’g’ri  yo’lga  qo’yish  hamda  o’quvchilarning 
o’sishi va rivojlanishiga qarab ularni kayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun 
muhim ahamiyatga ega. 
O’qituvchilar  tomonidan  o’quvchilarga  qo’yiladigan  pedagogik  talablar  berishga 
erishadi,  ota-onalar,  kuni  uzaytirilgan  gruppa  tarbiyachilari  jamoatchilik  bilan 
doimo  aloqa  bog’lab  turadi.  Zarur  bo’lgan  vaqtda  o’qishda  o’quvchilarga  yordam 
ko’rsatishni tashkil etadi. Sinf rahbari qiladigan ishlari xujjatlarini olib boradi va uni 
maktab ma’muriyatiga taqdim etadi. O’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlashga doir 
ishlarni o’tkazadi va jismoniy hamda aqliy mehnat qilishga o’rgatib boriladi. 
Sinf  jamoasini  tashkil  etishda,  sinf  majlisini  tashkil  etishda  sinf  rahbarining  roli 
katta hisoblanadi.  Sinf  majlisi o’tkazish uchun  avvalo  jamoani  jipslashtiriladi.  Sinf 
rahbari  majlisda  ko’plab  masalalar  ko’radilar.  Sinf  majlisida  3-4  ta  masalalar 
ko’rilib muammoli tomonlari tahlil qilinadi va o’z yechimini topish kerak bo’ladi. 
Sinf  rahbari  majlis  o’tkazishi  davomida  yaxshi  o’qiydigan  bolalarni  sinfda  ya’ni 
jamoa  ichida  rag’batlantirish  kerak.  Bolalar  bir-biriga  do’stona  munosabatda 


 
153 
bo’lishadi.  Ularni  bir-biriga  intilib,  yaxshi  o’qiy  boshlashga  intiladi.  Yomon 
o’qiydigan  bolalar  ham  yaxshi  o’qiydigan  bolalarga  intilib,  ular  ham  yaxshi 
o’qishga  intiladi.  Bundan  tashqari  sinf  rahbari  o’quvchilarni  saviyasi  rivojlanishi 
uchun o’zi sinfga kutubxona qilishi kerak. Bu kutubxonadagi kitoblarni o’quvchilar 
sinfdan  tashqari  o’qish  vaqtida  yoki  darsdan  so’ng  bo’sh  qolgan  paytlarida  o’qib 
o’zlariga  foydali  tomonlarini  olishi  mumkin.  Bizning  yosh  avlod  xalqimizning 
inqilobiy,  mehnat,  jangovar  an’analarni  o’zlashtirib,  o’ziga  katta  avlodning  eng 
yaxshi  fazilatlarini  g’oyaviy  e’tiqod  va  matonatini,  Vatanga  muhabbatini,  uning 
iqtisodiy-siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishiga intilishini 
singdiribgina o’z bobolari va otalari ishini davom ettirib va ko’paytira oladi. 
Oila ham jamiyatning bir bo’lagi hisoblanadi. Oilada bola tarbiyasini yo’lga qo’yish 
juda katta ahamiyatga ega. 
Oila  boshqa  tarbiyaviy  muassasalardan  farqli  ravishda  odamning  butun  hayoti 
davomida uning barcha tomonlariga dirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda 
ta’sir  ko’rsatadi.  Oila  tarbiya  vazifasining  bu  ulkan  miqyosi  uning  mafkuraviy  va 
psixologik ta’sir ko’rsatishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. 
Ota-onalar  bilan  ish  shakllari  odatda  sinf  rahbari  o’z  shaxsiy  xususiyatlarini 
tajribasini o’quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o’ziga xos xususiyatlarni, ota-
onalarni  bilim  va  tajribasini,  bolalarni  tarbiyalashda  yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan 
xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor xususiyatlarni maktab pedagoglar jamoasidagi 
muhitni ota-onalar bilan ish olib  borishda tarkib  topgan  an’analarni  va hokazalarni 
hisobdan olib belgilaydi. 
Ota-onalarga  pedagogik  bilim  berishni  amalga  oshirishda  faqat  bilim  berib 
qolmasdan,  ularni  tarbiya  sohasidagi  amaliy  malaka  va  ko’nikmalar  bilan 
qurollantirish,  ularning  pedagogik  faoliyatini  uyg’otish  mustaqil  shug’ullanishga 
undash,  maqsadga  muvofiq  oila  ichki  munosabatlarini  yo’lga  qo’yish  g’oyat 
muhimdir.  
Ota-onalar yig’ilishlari ota-onalar bilan ish olib borishning an’anaviy tarkib topgan 
shaklidir.  Hal  qilinayotgan  aniq  vazifalarga  bog’liq  xolda  sinf  yig’ilishlarini 
tashkiliy,  yakuniy  chorak  yig’ilishlarini  mavzuga  doir  yig’ilish  bahs,  yig’ilish 


 
154 
praktikum, ota-onalarning umumiy ta’limi bo’yicha sinf rejasiga ko’ra yig’ilish kabi 
yig’ilishlar bo’lishi mumkin. 
Tashkiliy  yig’ilishlarda  ota-onalar  qo’mitasi  saylanadi,  ish  rejasi  tasdiqlanadi. 
Mikrorayonda pedagogik iqlim o’rnatish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqadi, jamoat 
topshiriqlari  taqsimlanadi  va  turli  ish  yo’nalishlariga  doir  tashabbuskor  ota-onalar 
guruhlari  tuziladi,  otan-onalar  ishtirokida  umummaktab  tadbirlarini  o’tkazish 
rejalari muvofiqlashtiriladi. 
CHorakdagi 
yakunlovchi 
sinf 
majlislari 
ota-onalarning 
e’tiborini 
o’quvchilarning  bilimga 
doir  qiziqishlari,  qobiliyatini, 
axloqiy 
irodaviy 
fazilatlarini 
rivojlantirishdagi 
yutuqlar, 
kamchiliklari, 
foydalanilmagan 
imkoniyatlarga qaratish maqsadini ko’zda tutadi. 
Biror  mavzuga  bag’ishlangan  yilishlari  tarbiyaning  eng  dolzarb  muammolari 
yuzasidan  o’tkaziladi,  ularda  ota-onalar  qo’mitasi  va  sinf  rahbarining 
o’quvchilarning u yoki bu sohadagi tarbiyalanganlik darajasi to’g’risida to’plangan 
materiallardan foydalaniladi. 
Majlis-munozaralar  ota-onalar  e’tiborini  tarbiyaning  biror  muammosiga  jalb  etish 
maqsadida  o’tkaziladi.  Bunday  majlislarni  ota-onalar  qo’mitasi  a’zoalaida  ota-
onalarning  bir  qismi  o’z  vazifalariga,  maktabning  tavsiyanomalariga  noto’g’ri 
munosabatda  bo’layotganliklari  ota-onalarning  bir  qismi  tayyoragarlik  kayfiyatida 
ekanligi haqida ma’lumotlar bo’lgan taqdirda o’tkazish tavsiya etiladi. 
Majlis-praktikum, 
ota-onalarning 
tarbiyaviy 
jarayonlarda 
ishtirok 
etishini 
faollashtirish unga maqsadga yo’naltirilgan tus bag’ishlash maqsadida o’tkaziladi. 
Ota-onalarning  sinfdagi  umumiy  ta’limiy  rejasiga  ko’ra  majlislar,  avvaldan 
belgilangan  reja,  muayyan  sistemaga  muvofiq  ota-onalarga  pedagogik  bilim 
berishning shakli hisoblanadi. 
Yakka tartibdagi pedagogik suhbat-sinf rahbarining o’quvchilar ota-onalar bilan olib 
boradigan ishining eng ommalashgan, qulay va samarali shakli hisoblanadi. Suhbat 
yordamida  vujudga  keladigan  masalalarni  tez  hal  etish,  ota-onalar  bilan  ishonchli 
munosabatlar  o’rnatish,  oilaviy  tarbiya  sharoitlari  haqida  qo’shimcha  ma’lumotlar 
olish,  ota-onalarga  pedagogik  bilim  berish,  bolaning  yakka  tarbidagi  rivojlanishi 


 
155 
dasturini  va  birgalikdagi  pedagogik  harakatlar  sistemasini  ishlab  chiqish  ota-
onalarning tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishlarini va tarbiyasi qiyin bolalar xulqini tuzatish 
va  o’quvchilar  o’rtasidagi  munosabatlarda  vujudga  keladigan  kelishmovchiliklarni 
hal etish kabi keng ko’lamdagi ta’lim tarbiyasining vazifalari hal qilinadi. 
Tarbiyaviy  ta’sir  ko’rsatish  samaradorligi  ko’p  jihatdan  o’qituvchilar  va  ota-
onalarning muvofiq harakatlari bilan belgilanishini nazarda tutib, bolaning o’zig xos 
psixologik  xususiyatlarini  hisobga  olish,  uning  xulq  atvoridagi  eng  kichik  chetga 
chiqishlarga  ham  o’z  vaqtda  e’tibor  berishi  kerak,  bunda  sinf  rahbari  bilan  ota-
onalarning  ishonchli  munosabatlar  o’rnatish,  o’quvchilaroilaviy  tarbiya  sharoitlari 
haqida 
qo’shimcha 
ma’lumotlar 
olish, 
ota-onalarning 
ishonchli 
o’zaro 
munosabatlarini  o’rgatgandagina  erishiladi,  bunday  munosabatlarni  o’rgatish  va 
chuqurlashtirish uchun yakka tartibdagi suhbatlardan foydalanish juda muhim. 
Bo’lajak o’qituvchilar shuni yaxshi bilishlari kerak: 
- har bir ota-ona o’z bolasini  butun yurak qo’ri bilan ardoqlaydi va sevadi; 
- ota – onalarning o’z farzandiga bo’lgan mexri ba’zi xollarda uning kamchiliklarini 
sezdirmay qo’yadi; 
- har bir ota – ona  o’z farzindini  yangi, ijtimoiy munosabatlarga xatolarsiz kirisha 
olishini  istaydi; 
-  har  bir  ota  –  ona  o’z  o’quvchisini  hurmat  qiladigan,  bilimdon,  ijtimoiy  faol, 
tashabbuskor  va  intiluvchan    sinf  rahbariga  samimiy  hurmat  va  ishonch  bilan 
qaraydilar. 
 Bo’lajak  o’qituvchilar  shuni  yaxshi  anglashlari  keraki,  sinf  rahbarlari  zamonaviy 
psixologik-pedagogik  tadqiqotalar  to’g’risida  ma’lumotlar  bilan  qurollangan 
bo’lishlari maqsadga muoffiqdir. 
Sinf  rahbari  ota-onalar  bilan  ishlashda  oilaning  pedagogik  bilimdonliga  e’tiborni 
qaratishi  kerak.  Bu  borada  B.  Normurodava  quyidagilarga  e’tiborni  qaratadi.  «  Bu 
jihatdan  ota-onalarning  bolalarni  tarbiyalashdagi  quyidagi  qiyinchiliklari  va 
xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin. 
Ota-onalarning 
bolalar 
bilan 
muomilasining 
yetishmasligi. 
Ular 
o’zlari, 
ishlari 
haqida 
kam 
so’zlab 
beradilar. 
Maktab 
boalalari 


 
156 
jamoasining  hayoti,  o’z  bolasining  qiziqishlari,  uning  jamoat  ishlari  bilan  ishga 
munosabati va boshqalar bilan kam qiziqadi. 
Bolalarni 
mehnat 
jarayonlariga 
jalb 
etish 
orqali 
ularning 
mehnat 
tarbiyasini tashkil qila bilmaslik. 
Ota-onalar 
turmushda 
salbiy 
misollarni 
mavjudligi 
maktabning 
pedagogik kuch-g’ayratini yo’qqa chiqaradi. 
Ota-onalar 
tarbiyaviy 
ta’sirini 
izchil 
emasligini 
onda-sonda 
o’qitishni  tekshirish,  biror  nojo’ya  ish  uchun  tozalash  axloqiy  immunitet  hosil 
bo’lishiga yordam bermaydi. 
Oilaviy 
tarbiyaning 
asosi 
sifatida 
ta’qiqlashlar 
sistemasi, 
ijtimoiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, bola hayotini u har doim to’g’ri xatti-
harakatini 
mashq 
qiladigan 
tarzda 
tashkil 
eta 
olmaslik 
natijasidir. 
  6.  Harakatlarning  maktab  bilan  muvofiqlashtirilmaganligi  yoki  u  bilan 
kelishmovchiligidadir. 
7. 
Ayrim 
ota-onalarning 
bolalar 
ulg’ayib 
borishi 
bilan 
tarbiyaviy 
faolligini 
susaytirib 
yuborishlari, 
bu 
esa 
bolalarning 
ota-onalardan 
uzoqlashuviga, maktabga qiziqishi pasayishiga olib keladi. 
8. 
Qarorlar  qabul  qilishda  kechikish.  Bola  katta  bo’lgandan  keyin  aqli 
kirib,  tuzaladi  deb  o’ylash  odatda  o’zini  oqlamaydi,  ko’pincha  qayta 
tarbiyalashni  talab  etadigan  pedagogik  jihatdan  qarovsizlik  holatiga  olib 
keladi.» 
Bo’lajak  o’qituvchilar  sinf  raxbarining  ota  –  onalar  bilan  olib  boradigan  ishlarini 
puxta  bilib  olishlari  kerak.  Misol  uchun  har  bir  oila  o’ziga  xos  tarzda  shakllanadi. 
SHuning  uchun  ham  sinf  raxbari  har  bir  ota  –  ona  bilan  pedagogik  bilimdonligini 
ishga  solgan  xolda    yondoshishi  maqsadga  muoffiqdir.  Biz  yaxshi  bilamizki,  
o’quvchilarning  ta’til  kunlarida    umumta’lim  maktablari    ochiq  eshiklar  kuni  yoki 
ota-onalar  kunini  io’tkazishadi.  Uni  tashkil  etish  ko’p  xollarda  sinf  raxbarining  
tashabbuskorloigi va ijodkorligiga bog’liq bo’ladi. Sinf raxbari  bu uchrashuvda ota-
onalarning  o’z  farzandlarning  mittigina  jismidagi    barcha    harakatlarni  sezishi, 


 
157 
tushunishi,  his  qilishi  kabi  sezgilariga  tayangan  xolda  quyidagilarga  e’tiborini 
qaratishini: 
ezgulikka; 
hamjixatlikka; 
oilaparvarlikka; 
ijodkorlikka; 
 mehnatsevarlikka; 
do’stlikka; 
birodarlikka; 
 muhabbatga o’rgatib borishi; 
o’kuvchilaridan xabardor bo’lishi; 
o’zlashtirishini nazorat qilishi; 
 ota-onala bilan uchrashishi; 
o’quvchilarining opa – akalari bilan suxbatlashib turishi; 
o’quvchi  xulqidagi  ijobiy  va  salbiy  tamonlarini  ota  –  onalarga  aytishi  va  chora  – 
tadbirlarni ishlab chiqishi; 
o’quvchilarni ilmiy bilimlar bilan qurollantirishi; 
 qo’shimcha darslarni tashkil etishi; 
aloqa daftarchasini tutishi kabilarni misol keltirish mumkin. 
Bo’lajak o’qituvchilar shuni bilib olishlari kerakki,  sinf raxbarlari ota – onar bilan 
ishlashda  har bir o’quvchilarning asosiy vazifasi o’qishidan iborat ekanligini yodda 
tutgan xolda  ota  – onalarga  pedagogik  madaniyat  bilan  eslatib  turishi  orqali    ota – 
onalardan    bolalarning  o’qishiga  qanday  munosabatda  ekanliklarini,  o’zlarini 
qanday  tutishlarini  uy  vazifalarini  sidqidildan  bajarishlarini  yoki  bajarmasliklarini 
aniqlab  olishga  harakat  qilib,  o’quvchilarning  o’qishidagi  mo’ljallari  nimalardan 
iborat ekanligini qayd qilib boradi.  
Savollar va topshiriqlar 
Sinf rahbarining ish faoliyati deganda nimani tushunasiz? 
Sinf rahbari ota – onalar bilan qanaqangi ishlarni amalga oshiradi? 
Maktab ota-onalar kengashi qanday tuziladi? 


 
158 
Sinf ota-onalar kengashining mohiyati nimalardan iborat? 
Sinf  rahbarining  ota-onalar  bilan  ishlashda  pedlagogik  nazokati  nimalardan  iborat 
bo’ladi? 
Sinfda  tartib  intizomni  saqlash  va  bu  jarayonda  ota-onalar  hamkorligi  deganda 
nimalarni tushunasiz? 
O’quvchilarni  ommaviy  tarbiyaviy  tadbirlarga  jalb  qilishda  sinf  rahbarining  o’rni 
nimalardan iborat? 
O’quvchilar xulqini takomillashtirishda pedagogik hamkorlik. 
Ota-onalar yig’ilishi va uning mazmuni. 
Sinf rahbarining yuksak madaniyati deganda nimalarni tushunasiz? 
                          Mavzu bo’yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.«O’zbekiston  Respublikasining  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»,  «Barkamol 
avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» – Toshkent: SHarq, 1997-65 b. 
3.   B.  Normurodova  Tarbiyaviy ishlar metodikasi   T.: 2006 y. 
4. J.Hasanboev, X.To’raqulov, Alqarov, N. Usmonov. Pedagogikadan izoxli lug’at. 
5. Ma’naviyat lug’ati. 
6. A. Q. Munavvarov Umumiy pedagogika. 
7. A. Karimjanov . Pedagogik tizimni boshqarish asoslari.T. 2008 y. 


 
159 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish