QIYOSIY-TARIXIY METOD XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar ichida eng faoli hisoblanib, unda o‘zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklari (tovush, qo‘shimcha va so‘zlar) tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular orasidagi o‘xshashliklar aniqlanib, ularning dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga harakat qilinadi. Bu vazifalar quyidagi usullar vositasida amalga oshiriladi: - qiyoslash uchun material to‘plash;
- qiyoslanadigan birliklarni belgilash;
- birliklar tarkibidagi o‘zgarishlar xronologiyasini aniqlash;
- so‘z va morfemalarning qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash.
- tillarni qiyosiy o‘rganish va ularning bir-biriga qarindosh va qarindosh
- emasligini aniqlash;
- qarindosh deb tanilgan tillarni bir-biri bilan qiyoslab, ularning bobo tilini tiklash.
Do'stlaringiz bilan baham: |