TIPOLOGIK METOD Tipologik metod esa o‘zaro genetik bog‘liq va genetik bog‘liq bo‘lmagan til oilalariga tegishli tillarni qiyoslash asosida o‘rganadi. Shu xususiyati bilan ushbu metod faqat bir til oilasiga kiruvchi tillarni tadqiq qiluvchi qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi. Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, bunda tillar genetik jihatdan qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar tuzilishidagi o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra qiyoslanadi, tillarning struktur-qurilish xususiyatlari aniqlanadi, muayyan xulosalar chiqariladi. Tillarni tipologik o‘rganishning quyidagi yondashuvlari mavjud: klassifikatsion-tasnifiy, xarakterologik, belgili va ichki sistem yondashuvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |