4. Ommaviy (ommabop, publisistik) uslub - matbuot, radio, teleko’rsatuvga xos bo’lgan tildir.
5. Badiiy uslub- badiiy tasvir vositalari ibora va asosan ko’chma ma’nodagi so’zlar asosida ish yurituvchi uslub.
Nutq uslublari stilistika ( uslubiyat) da o’rganiladi. Stilistika “ stil” ( “ yozish quroli”, “ ruchka”, “ pat”) ma’nosidagi so’zdan olingan.
Gapda, so’z qo’llashda ayrim xatolar mavjud bo’ladiki, ular uslubiy xato sifatida qaraladi. Masalan, g’o’za, paxta so’zlari juda yaqin tushunchani bildiradi. Shunga qaramay, “g’o’za terildi”, “ paxta gulladi” deyish xatodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |