Tilshunoslikka kirish



Download 0,74 Mb.
bet58/123
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#218540
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

23-§. LEKSIKOGRAFIYA
Tildagi barcha so’zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi masalalar lug’atshunoslik (leksikografiya)da o’rganiladi. Lug’atlar ilmiy maqsadlarda tuziladi. Lug’atlarning, dastavval, ensiklopedik va lingvistik turi farqlanadi.

Ensiklopedik (qomusiy) lug’atlar ijtimoiy turmushning barcha sohasiga oid so’zlarni qamrab oladi. Ensiklopedik lug’atlarda so’zlar, birikmalar, ma’lum bir voqea-hodisalar izohlanadi. Lingvistik lug’atlarda esa faqat so’zlar beriladi.

Lug’atlar qo’llanish doirasiga ko’ra ikki xil bo’ladi: umumiy lug’atlar va maxsus lug’atlar. Umumiy lug’atlar barchaga mo’ljallangan bo’lib, ulardan turli soha vakillari foydalanishi mumkin. Masalan: “Imlo lug’ati”, “Izohli lug’at”, “Ruscha-o’zbekcha lug’at”. Maxsus lug’atlar esa ma’lum bir soha vakillari uchun mo’ljallangan bo’ladi: “Sinonimlar lug’ati”, “Matematik terminlar lug’ati”.

So’zligining bir til yoki bir necha tildan iborat bo’lishiga ko’ra tarjima lug’atlari va bir tilli lug’atlar farqlanadi.

I.Tarjima lug’atlarida bir tilning lug’aviy birligiga boshqa tildagi mos birlik beriladi. Masalan, “O’zbekcha-ruscha lug’at”.

II. Bir tilli lug’atlar (o’z til lug’atlari) ning so’zligi bir tilda bo’ladi. Bir tilli lug’atlarning quyidagi turlari bor.



  1. Izohli lug’atda lug’aviy birliklarning (so’z yoki iboralarning) ma’nosi izohlanadi. Lug’aviy birlik ko’p ma’noli bo’lsa, uning barcha ma’nolari beriladi va izohlanadi. “O’zbek tilining izohli lug’ati” 1981 yilda 2 jild holida nashr etilgan bo’lib, oltmish besh mingga yaqin so’z izohlangan.

2.. Imlo lug’ati so’zlarning imlo qoidalariga binoan qanday yozilishini qayd etadi. Imlo lug’ati (orfografik lug’at) so’zlarning to’g’ri yozilishini ko’rsatadi. Katta hajmli imlo lug’ati 1976 yilda nashr etilgan, unda 65 ming so’zning to’g’ri yozilishi qayd qilingan. O’quvchilar uchun chiqarilgan maxsus imlo lug’atida 17 ming so’zning to’g’ri yozilishi berilgan.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish