Noadabiy qatlamlar
Jonli (so’zlashuv) tilda uchraydigan, keng iste’molda qo’llanmay, ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko’rsatib turadigan so’z va iboralar noadabiy qatlam hisoblanadi. O’rinsiz iboralar, qarg’ash, so’kish, argo, jargon, varvarizmlar noadabiy qatlam hisoblanadi. Masalan: “Xo’jayinimizning tusini el esin...”, “Boshqa vaqtda zvonit qiling...”
Varvarizm (lat. “ajnabiy”)-boshqa tillardan olingan so’z va iboralarni o’rinsiz qo’llash. Masalan: momoy, babulya, bratishka, gardkam, mersi, danke...
Vulgarizm (lat. “dag’al”)-adabiy tilda ishlatilmaydigan yoqimsiz, qo’pol so’zlar, noto’g’ri jumlalar:Ey, sharmanda, benomus, bebosh.
Vulgarizm ham noadabiy qatlamga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |