Sharq, ibtidoiy to‘da, qabila atamalariga izoh bering.
541-mashq. Quyida berilgan atamalarni tarix, matematika, botanika sarlavhalari ostida yozib chiqing.
Milod, urug‘chilik, xonlik, kalendar, kurtak, tub son, ra'noguldoshlar, mikroskop, quldorchilik, hujayra, kesma, ildizpoya, tenglama.
542-mashq. Matematika faniga oid bo‘lgan tenglama atamasiga berilgan ta'rifni o‘qing. Shu asosda tub son, murakkab son, aylana, doira, qoldiq atamalariga ta'rif bering.
Noma'lum son qatnashgan tenglikka tenglama deyiladi.
Savol va topshiriqlar
1. Atama nima?
2. Ular qanday turlarga bo‘linadi?
3. Atamalar qanday hosil bo‘ladi?
4. Botanika, tarix, ona tili va adabiyotga doir atamalarni ayting.
543-mashq. Uyga topshiriq. Matnni o‘qing. Adabiyotshunoslikka oid atamalarni belgilab, ularga izoh bering.
Adabiyot uch turdan iborat. Birinchi turga she'riyat, ikkinchi turga nasr, uchinchi turga dramaturgiya kiradi. She'r, masal, ballada, doston kabi asarlar she'riy turga kiradi. Hikoya, qissa, roman nasr sanaladi. Teatr sahnasi uchun yozilgan asarlar esa dramaturgiyani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |