Ekliptikaning ekvatorga og’maligi va uni o’lchash tarixi



Download 169,64 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi169,64 Kb.
#311848
  1   2   3
Bog'liq
qadim quldorchilik va feodal krepost


Ekliptikaning ekvatorga og’maligi va uni o’lchash tarixi. Qadim quldorchilik va feodal-krepostnoy tuzum davridagi astronomiyaning rivojlanishi.

Reja:


  1. Ekliptikaning ekvatorga og’maligi va uni o’lchash tarixi.

  2. Qadim quldorchilik va feodal-krepostnoy tuzum davridagi astronomiyaning rivojlanishi.



Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o‘rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o‘rin tutadi. Bu davrda, ayniqsa, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo‘yicha O‘rta Osiyo, xususan, o‘zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Bu davrda musulmon mamlakatlarining yuzlab buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Ular ichida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Mahmud Hamid al-Xo‘jandiy, Nasiruddin at-Tusiy, Mahmud al-Chag‘miniy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bek kabi mashhur siymolar o‘z ijodlari, ilmiy meroslari bilan Markaziy Osiyo xalqlarininggina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, bugun jahonning barcha ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar.

Dastlab xalifa Ma'mun zamonasida (IX asr) ishga tushirilgan va Al-Xorazmiy ishlagan Bag‘dod rasadxonasi, so‘ngra Umar Xayyomning Isfahondagi, Nasiruddin at-Tusiyning Marog‘adagi va Abu Mahmud Hamid al-Xo‘jandiyning rasadxonalari va, nihoyat, bular ichida kattaligi, bosh astronomik asbobining aniqlik darajasi yuzasidan hammasidan ustun turadigan Ulug‘bek rasadxonasi va uning maktabining ilmiy merosi o‘rta asrlarda astronomiyaning fan sifatida shakllanishida muhim bir bosqichni boshlaganligini dunyo olimlari tan oladilar.

Salkam yetti asr davom etgan Sharq astronomiyasining jo‘shqin faoliyati Ulug‘bek va uning akademiyasining boy ilmiy merosi bilan yakunlandi. Mazkur rasadxona ishga tushirilganda uning bosh "teleskop"ining aniqlik darajasi atigi bir necha yoy sekundigacha borib, to optik teleskoplar ixtiro qilingan XVII asrga qadar uning samaralari o‘rta asr astronomlari uchun astronomik kuzatishlarda erishilgan rekord natija bo‘lib xizmat qildi. Bu asbob Quyosh, Oy va sayyoralar harakat nazariyalarini yangi bosqichga ko‘tarish, tutilishlar nazariyasi va amaliy astronomiyaning asosiy predmetlaridan bo‘lgan vaqtni o‘lchash ishlarida yuksak aniqlikka erishish imkonini berdi.

Ulug‘bek astronomiya maktabi vakillarining tadqiqotlari natijasi bo‘lgan buyuk meros - "Ziji jadidi Ko‘ragoniy"dan keyingi yuz yillar mobaynida faqat Sharq emas, balki G‘arb mamlakatlari ko‘pgina yirik rasadxonalarining olimlari dasturul-amal sifatida keng foydalandilar.






Ekpiltika
Ekliptikani Quyoshning bir yil davomida osmon sferasida chizib o'tadigan katta aylana deb ta'riflash mumkin. Shunga asosan koordinatalar sistemasi kiritilgan. Bu sistema sayyoralar va Quyosh sistemasidagi boshqa jismlar uchun qo'llaniladi. Yer ekvatori tekisligining yo'nalishi doimiy bo'lib, u Yerning yillik xarakatiga bog'liq emas. Bahorda Yer janubiy yarimsferadan shimoliy yarimsferaga harakatlanishi kuzatiladi.

Yulduzlarga nisbatan Quyoshning g‘arbdan sharqqa tomon siljishi qadim zamondan ma’lum. Bu siljish har sutkada sal kam 10 bo‘lib, bir yilda Quyosh osmon sferasining zodiak yulduz turkumlari oralab bir marta to‘la aylanib chiqadi.

Bir necha oylar (yoki yil) davomida ma’lum bir joydan turib muntazam ravishda tush paytida Quyoshning zenitdan uzoqligini o‘lchash, uning osmon ekvatoridan og‘ishi -23026 dan, +23026 ga qadar o‘zgarishini aniqlash mumkin. Bundan ekliptika tekisligining osmon ekvatoriga og‘maligi 23026 ga tengligi ma’lum bo‘ladi.

Quyosh ko‘rinma yo‘li, ya’ni ekliptikaning to‘rtta asosiy nuqtasi bo‘lib, bulardan ikkitasi uning osmon ekvatori bilan kesishgan nuqtasini, qolgan ikkitasi esa, osmon ekvatoridan eng katta og‘ishga ega bo‘lgan nuqtalarini xarakterlaydi. Ekvator bilan kesishgan nuqtalaridan biri (Quyosh janubiy yarim shardan shimoliy yarim sharga kesib o‘tganda hosil bo‘lgani) - bahorgi teng kunlik nuqtasi () deyilib, Quyosh unda 21 mart kuni bo‘ladi; ikkinchisi esa, kuzgi teng kunlik nuqtasi () deyilib, Quyosh unda 23 sentyabr kuni bo‘ladi. Ekliptikaning






Ekliptik koordinatalar sistemasi
osmonning shimoliy yarim sharda eng katta og‘ishga (+23026) ega bo‘lgan nuqtasi - yozgi Quyosh turishi nuqtasi deyilib, bu nuqtada Quyosh 22 iyunda, janubiy yarim sharda eng katta og‘ishga (-23026) ega bo‘lgan nuqtasi esa, qishki Quyosh turishi nuqtasi deyilib, unda Quyosh 22 dekabrda bo‘ladi.

Kuzatuvchi turgan joydan ekliptika tekisligiga tik qilib, o‘tkazilgan o‘q (PP) - ekliptika o‘qi deyiladi. Ekliptika o‘qining sfera sirti bilan kesishgan nuqtalari ekliptikaning shimoliy - P (shimoliy yarim shardagisi) va janubiy — P (janubiy yarim shardagisi) qutblari deyiladi. Ekliptika qutblari orqali o‘tgan katta aylanalar, yoritgichning kenglik aylanalari deyiladi.

Quyoshning yulduzlar fonida yillik ko‘rinma harakat qilishi aslida Yerning Quyosh atrofida yillik haqiqiy harakati tufayli sodir bo‘ladi. Binobarin, Quyoshning yillik ko‘rinma harakati tekisligi Yer orbita tekisligi bilan ustma-ust tushadi. Shuning uchun ham ekliptikaning osmon ekvatoriga og‘maligi Yer ekvatorining o‘z orbita tekisligiga og‘maligi bilan bir xil bo‘lib ε=23026 ni tashkil qiladi.

Ekliptika tekisligi va bahorgi tengkunlik nuqtasi asosida ekliptik koordinatalar sistemasini kiritish mumkin. Ekliptik koordinatalar sistemasida yoritgichlarning o‘rni ekliptik kenglama () va ekliptik uzunlama () deb ataluvchi koordinatalar bilan aniqlanadi. Koordinata boshi sifatida bahorgi tengkunlik nuqta olinadi.

Osmon jismlarining ekliptik kenglamasi ekliptikadan kenglik aylanasi bo‘ylab to yoritgichgacha bo‘lgan yoy bilan (yoki MOK tekis burchak orqali) o‘lchanadi (1.12-rasm). Kenglik aylanasi deb yoritgich va ekliptika qutblari orqali o‘tgan aylanaga aytiladi. Ekliptik uzunlama esa bahorgi tengkunlik nuqtasidan yoritgich orqali o‘tgan kenglik yarim aylanasining ekliptika bilan kesishgan nuqtasigacha bo‘lgan yoy uzoqligi (ekliptika bo‘ylab) bilan (yoki OK tekis burchak bilan) o‘lchanadi. Uni o‘lchash osmon sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishiga teskari yo‘nalishda bajariladi. Kenglama yoy gradusi, minuti va sekundlarida; uzunlamasi esa vaqt soati, minuti va sekundlarida o‘lchanadi.


Download 169,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish