rayon tuman
oblast viloyat
| Tilimizning ma'lum davrida qo‘llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‘zlarga eskirgan so‘zlar deyiladi.
So‘zlarning eskirishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshadi.
1. So‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so‘zlarga tarixiy so‘zlar deyiladi.
2. So‘z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so‘z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so‘zlar deyiladi.
523-mashq. Gaplarni o‘qing, eskirgan so‘zlarni topib, ularning ma'nosini tushuntirib bering.
1. Ulug‘bek usturlob va undan foydalanish haqidagi so‘zlarni tugatgach, zij tuzmoq hunaridan so‘zlay boshladi. 2. Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot, handasa, tibbiyot, jug‘rofiya, adabiyot ilmidan xabar topsagina alloma deb tan olinsa. (Tohir Malik)
Do'stlaringiz bilan baham: |