497-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni qo‘y va qoramol so‘zlari ostiga birlashtirib yozib chiqing.
Buzoq, qo‘zichoq, qorako‘l terisi, sigir, sovliq, novvos, qo‘chqor, jun, buzoqboqar, qo‘ychivon.
498-mashq. G‘o‘za so‘zi uyasiga birlashadigan so‘zlarni aniqlang. Bu uyaga yana qanday so‘zlarni kiritish mumkin?
G‘o‘za tolasi uchun ekiladigan texnika ekinlaridan biri. Paxta tolasidan ip yigiriladi, undan xilma-xil gazmol to‘qiladi.
Chigitidan moy olinadi, undan sovun ham tayyorlanadi.
Chigit chiqindisidan olinadigan kunjara mahsuloti chorva hayvonlari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi.
499-mashq. Ikki guruhga bo‘lining. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi sinf taxtasi yoniga chiqsin. Birinchi guruh vakili uy hayvonlari, ikkinchi guruh vakili yovvoyi hayvonlar sarlavhasi ostida misollar yozsin.
Namuna:
1-guruh 2-guruh ot yo‘lbars
Do'stlaringiz bilan baham: |