- - qosh uchirib, chimirib gapirish;
- - noz qilishni ifodalovchi ko’z suzish;
- - sababsiz og’izni to’sib gapirish;
- - hayronlik, bexabarlik, mensimaslik ma’nosida lab burish
- - achinish ma’nosida tilni tishlab, boshni qimirlatish;
- - o’pishib (ayniqsa, o’z jinsiga mansub kishilar bilan) ko’rishish;
- - jimjiloqni labga tekkizib, uyalib, yerga qarab turish;
- - ko’rsatkich barmoqni iyakka qo’yib, o’y surish;
- - suhbatlashib turganda o’ng yoki chap tomonga bir siltanib qayrilish va boshni hiyol pastga egib, suhbatdoshdan arazlash;
Noverbal vositalarb - kommunikantning yuziga tik boqib turib gapirish (tinglash);
- qo’lni arra (paxsa) qilib gapirish;
- ichkilik ichishga ishora ma’nosida tomoqqa chertish;
- qo’lni “chars” etkizib urib, siltab, mahkam qisib, tortib... so’srashish; baland ovozda “xo-xo”lab kulish;
- bosh barmoqni orqaga qayirib, “men” ma’nosida ko’krakka ishora qilish.
- — Zaynab momo, maza qanday? — dedi.
- — O’ynab-kulib yuribsizmi? Suyak dadilmi?
- — Shukur, firqa bova, shukur. O’zingiz qanday, bola-baqra katta bo‘lyaptimi...
- — Shukur, shukur. Ammo-lekin ovozingiz baland-baland chiqyapti, tinchlikmi?
- — Tinchlik bo‘lmay nima bo‘lardi, firqa bova. Xudoga shukur, qizlarim o‘zidan tingan. Shu qizlari qurg‘ur, o‘ylamay-netmay, nomahram erkaklarga ro‘para qiladi-da. O’lganimni kunidan o‘tiraman-da.
- — Endi, u televizor-da, Zaynab momo, televizor.
- — Ha... qutisi boshidan qolsin! Bir surbet... qutidan boshini chiqarib qaraydi deng. Gunohlarga botib o‘ldim, gunohlarga-ya! — U bir diktor-da, Zaynab momo, dikgor.
- - Qovun obke, - dedi-da, belboğiga boğlangan pichoqni qinidan suğirdi.
- - Xa kuni qovun bilan non ekanda-a? - bidillagancha xotini qovun keltirdi.
- -Qovunda hikmat kõp,- nasohatga tushda Tursinboy aka, - qovun yesang saxar ye, deganlaridek...
- - Xar saxarda qovun ye , degandi õsha mashoyiqlaringiz yo õzlari Xudoning bergan kuni shiğab qovun yemagandir.Qozon õlgurganing gõsht kõrmaganiga ham ikki oy bõldi...
- - Õz qornimning deyaver, qoxoning tili yõq aytgani,
- - hazillashdi Tursinboy aka.
- ‒ Tsh-sh, x-xotin! ‒shivirladi Asad joyida chayqalgancha ko’zlarini suzib. ‒ Ishlar zo’r-r! Xudo xohlasa uch oydan keyin… qizlarimga ko’z olaytirrgan iblislarrning enasini Uchqo’g’ondan ko’rrsataman!..
- ‒ Voy nimalar deyapsiz, dadasi? ‒ Dilbarxon erini qo’ltig’idan olib ichkariga boshlarkan. ‒ Ozgina ichib olsangiz ham qayoqdagi gaplarni gapirasiz-a?
- Asad gandiraklagancha xotinining orqasidan uyga kirarkan, barmogʻini labining ustiga bosib:
- ‒ Tsh-sh!.. ‒ dedi. ‒ Boshqa hech narsa soʻrama ! Bu yogʻi sir-r!..
- Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir
- chehra bilan:
- Nimaga indamaysiz? Xo‘p, deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir
- yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari bor-ki... O‘zlarini bo‘lsa, o‘zingiz bilasiz, dedi.
- So‘fi negadir:
- Bilaman, Fitna, bilaman! deb qo‘yib, yana jim bo‘ldi.
- Endi Qurvonbibi yana ham jiddiylashdi:
- Bo‘lmasa, «yo‘q», deng. Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda
- kelgan edi.
- Shundan keyin so‘fining tili aylandi:
- Shoshma, Fitna, «yo‘q», dema, mayli, bora qolsin... Qachon keladi?
- Indinga erta bilan yo kechqurun.
- Eshon oyimning ra’ylariga qarasin.
- So‘fi o‘rnidan turdi. Kartdan tushib, kavshini kiyarkan:
- Ovozim bor, deb ashulaga zo‘r bermasin, dedi.
- Nomahramlarga ovozini eshitdirsa, rozi emasman.
- Mingboshining chaqirig‘iga birdan ikkala xotin «labbay!» deb yugurdi.
- Faqat mingboshi katta xotiniga imo qilib: Bittang kel! dedi.
- Poshshaxon orqaga qaytdi, lekin bu suhbatdan ko‘ngil uzolmasdan, yaqin bir joyga berkinib turdi...
- Mingboshi odatda xotinlarga kalta gapirar, ular bilan ezilib o‘tirishni o‘z erkaklik sha’niga sig‘dirolmas edi...
- Xolmatnikiga kelgan shaharlik mehmonlarni chaqirtirib, yaxshi bir ziyofat qilinglar, dedi u. Shahardan kelib, Xolmatning quruq nonini yeb ketsa, yaxshi emas!
Do'stlaringiz bilan baham: |