Tilshunoslik til to’G’risidagi fan sifatida uning boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 24,22 Kb.
bet1/3
Sana20.04.2022
Hajmi24,22 Kb.
#564883
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
1-Modul Tilshunoslik


Fan: Tilshunoslik
O’qituvchi: Erdonov Zafar Daminovich
Talaba: G’afforova Asila Kamol qizi
1-MODUL: “TILSHUNOSLIK TIL TO’G’RISIDAGI FAN SIFATIDA UNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI”
REFERAT

REJA:
1.Tilshunoslik fan sifatida. Tilshunoslik fanining o’rganilish sohasi va mavzusi.


2.Tilning jamiyat taraqqiyoti bilan aloqasi.
3.Mikrolingvistika va makrolingvistika.
4.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Tilshunoslik tilning vujudga kelishi va taraqqiyoti, tafakkur va til, til va insonlar orasidagi aloqalar, tilning jamiyatdagi mavqeyi, ichki tuzilishi, tilning mufassal tasnifi, uni o’rganish usullari va shu kabilarni tadqiq etuvchi fan hisoblanadi. Shu bilan birga tilshunoslik aniq va mustaqil fan bo’lib hisoblanadi. U tilning tarixiy kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlarini va tarkibini o’rganadi. Ushbu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan tashkil topgan. Mikrolingvistika tilning botiniy ya’ni ichki tuzilishini ,masalan: fonetik yoki leksik-grammatik tuzilishini o’rgansa, makrolingvistika esa tilni boshqa fanlar bilan qo’shib o’rganadi. “Tilshunoslik asoslari” kursi til haqidagi fanlarning asosiy masalalarini o'rganadi, shu bois, bunday bilimlarga ega bo'lmasdan uning ayrim bo'limlarini to'liq tasavvur qilish mumkin emas. Tilshunoslik fani tekshiradigan muammolardan eng asosiylari “Tilshunoslik asoslari” fanida o'rganiladi. Tilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham o'rganadi. Til va jamiyat taraqqiyoti bog'liqligi tufayli tilni sotsiologlar ham o'rganadilar. Tilshunoslar ham tarix, etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, fizika kabi fanlarga oid materiallar va xulosalardan foydalanadilar1.


Tilshunoslik grekcha so’zdan olingan bo’lib “lingua “—“til”, “tikos”—“fan” so’zlaridan “lingvistika” (tilshunoslik) degan ma’nolarni anglatadi. U fanlar ichida eng murakkab va ko’p qirrali fanlardan biri bo’lib, tillarni amaliy jihatdan tahlil qiladi. Biz bilamizki, Til faqat insoniyat uchun xosdir, shunday ekan, tilni jamiyat, xalq va insonlarsiz tasavvor qila olmaymiz. Til jamiyat uchun eng muhim bo’g’in sanalib, insonlar orasidagi muloqotni ta’minlaydi. Til jamiyat o’tmishidan nishona beruvchi buyuk vosita bo’lib, odamlarning ma’naviy-marifiy shakllanishi va o’sishi uchun muhimdir. Inson, til va jamiyat bir-biri uchun muhimdir. Til insonning fikrlashi, ruhiyati, madaniyati, urf-odatlari va shaxsiy xususiyatlari bilan bog’liqdir. Lingvistika fani umumiy va xususiy bo’lishi mumkin. Umumiy lingvistika butun jahon tillarining fonetik, fonologik, morfologik, sintaktik , stilistik, leksik-semantik qurilishini akademik jihatdan o’rganadi. Bu sifatlarning alohida olingan tilga nisbatan tahlil qilishni xususiy lingvistika o’z ichiga oladi.
Tilshunoslik fanining mavzusi tildir. Tilni har tomonlama chuqur o'rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli tilshunoslikni faqat nazariy fan deb emas, balki tatbiqiy (ingliz. Applied, rus. Прикладная) va amaliyot uchun kerakli, ya'ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida qaramoq darkor. Tilshunoslik fanining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- tilning yozuvi va imlo qoidalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslsrinin ko'rsatib berish;
- tilning talaffuz me’yorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish;

- tilning fonetika va fonologiyasi, morfologiya va sintaksisi, leksika va semantikasi (so'zlarning yasalishi va ma'nolari), stilistikasini o'rganish asoslarini belgilab berish;


- til va jamiyat, til va tafakkur, til va madaniyat, til va psixologiya, til va semiotika (ramziy belgilarni o'rganuvchi fan, lotincha :“ semi” –“белги, ишора” , “tikos” –“fan”) kabi tilga bog'liq masalalarni tadqiq qilish;
- tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o'rganish;
- tarihiy yozma manbalarni ilmiy o'rganish asoslarini ishlab chiqish;
- eng qadimiy til, proto til (“bobo til”) va uning boshqa tillar va shevalarga munosabatini o'rganish;
- tilning hozirgi (uni “sinxroniya” deyiladi) holati bilan tarihiy rivojlanish bosqichlarini (uni “diaxroniya” deyiladi) ilmiy tadqiq qilish;
- qadimiy yozuvlarni o’rganish yo’li bilan eng qadimiy tillarni tiklash yoki ulardagi turli alomatlarni aniqlash. 2
Yuqoridagi parchadan shuni aniq bilishimiz mumkinki tilshunoslik nafaqat nazariy, balki amaliy fan bo’lib hisoblanadi.
Lingvistika fanining ma’lum sarhadi yo’q, u ko’p qamrovli, ko’p qirrali va har tomonlama qolgan fanlar va ularning sohalari bilan chambarchas bog’liq sohadir.
U belgilar tizimidan iborat bo’lgan holda insonlarning muloqot vositasi sifatida xizmat qiladi va u juda murakkab ijtimoiy hodisa sanaladi. Bunda til va nutq muhim rol o’ynaydi. Nutq tilning va undagi belgilarning hamma foydalanilgan holatlarini qamrab oladi. Misol uchun o’qib berish uchun tayyorlangan yozma shakldagi qissa, hikoya va boshqalar nutqqa qarashlidir. Ammo ulardagi barcha insonlar tomonidan e’tirof etilgan, ya’ni nutqda qo’llanishi oddiy holat bo’lgan nutqdagi unsurlarning yig’indisi til deb ataladi. Til jamiyat a’zolarining eng muhim aloqa vositasi bo’lsa, nutq uning amalda qo’llanishi hisoblanadi. Matn esa bevosita aytilgan yoki yozilggan nutqning bir qismidir. Matn ham yozma va og’zaki turlarga bo’linadi, xuddi nutq yozma nutq va og’zaki nutqlarga farqlanishi kabi. Tildagi odamlar tomonidan e’tirof etilgan unsurlar vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Tildagi muammoli holat va masalalarni sinxroniya va diaxroniya deb nomlanuvchi bo’limlarda akademik jihatdan tahlil qilish zarur.
Hozirgi kunda til nima degan savolga olimlar turlicha javob
beradilar. Xususan:
- «Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuyidir» (F.de Sossyur).

Download 24,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish