Tilshunoslik til to’G’risidagi fan sifatida uning boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 24,22 Kb.
bet2/3
Sana20.04.2022
Hajmi24,22 Kb.
#564883
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
1-Modul Tilshunoslik

- «Til odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan
bo ‘Igan mexanik harakatidir».
- «Til fikrni ifoda qilishga mo ‘Ijallangan, talaffuz qilinadigan,
chegaralangan tovushlar majmuyidir» (B.Grosse)3.
Irisqulovning “Tilshunoslikka kirish” asaridan olingan ushbu parchada turli olimlarning tilga bergan ta’riflari o’rin olgan, ammo bu fikrlarning birortasi, ular bir-birini to’ldirib turgan taqdirda ham, to’g’ri deb inobatga olinmaydi .Chunki ularning hech birida tilning ijtimoiy mohiyati ochib berilmagan. Bundan tashqari olimlar tilning ijtimoiy hayotdagi o’rni naqadar muhim ekanligini ko’rsatish uchun unga “til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir” deb ta’rif berilgan. Shu o’rinda yana bir narsani ta’kidlab o’tish joiz deb o’ylayman. Til jamiyatdagi yakka-yu yagona aloqa vositasi emas. Aloqa boshqa vositala rbilan ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, Kanar orollaridagi “hushtak tili”, imo-ishoralar , Morze alfaviti, Afrikada uzoq masofaga xabar yetkazish uchun qo’llanadigan nog’ora tovushlari ham aloqa vositasi hisoblanadi. Til va boshqa aloqa vositalarining bir-biriga o’xshashlik va farqli tomonlari mavjud. Ularning farqli tomonlari quyidagilardan iborat:
- fikr va hissiyotlarni ifodalaydi;
- ijtimoiy, chunki jamiyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qiladi;
- moddiy (tovush to’lqinlari, grafik chizmalar va boshqa vositalar
orqali amalga oshiriladi);
- obyektiv borliqni aks ettiradi.
Ular orasidagi farq esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Til fikr va hissiyotlarni ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo‘llaydi. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, ko‘cha harakati belgilari asosan haydovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi.
2. Til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yetkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish-istagi va bahosi, ruhiy holotini aks ettiradi.
3. Tildan boshqa barcha signal sistemalari sun’iydir. Bunda ular insonlar tomonidan yaratiladi va vaziyat taqozosiga ko’ra o’zgartirilishi mumkin. Sun’iy vositalarning yaratilishida butun bir jamiyat ishtirok etmaydi, aksincha ma’lum bir soha vakillarigina qatnasha oladi. Misol uchun Morze alifbosi hozirgi kunda ko’pincha kemada ishlovchilar tomonidan foydalanadi. Ammo boshqa soha vakillari bu alifbodan deyarli xabardor emas. Til esa odamlarning xohish-istaklariga bog’liq bo’lmagan holda asrlar davomida tabiiy ravishda o’sib bormoqda. To’g’ri, tilda ham o’zgarishlar bo’lishi mumkin, ammo u faqat o’zining ichki- obyektiv qoidalari asosida o’zgaradi. Demak, til va jamiyat bir-birisiz yashay olamydi, doim bir-birini taqozo etadi. Qolgan aloqa vositalari tilga nisbatan ikkilamchi, uni to’ldiruvchi sifatida namoyon bo’ladi.
Bundan kelib chiqadiki, til o’ziga xos ishoralar majmuyi bo’lib, jamiyatdagi eng muhim va asosiy aloqa vositasi bo’lib, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi , avloddan avlodga tarixiy-madaniy meros va urf-odatlarni yetkazuvchi vosita vazifasini o’taydi.
Dunyoda tilshunoslik borasidagi ilk qadamlar insonlar o'rtasidagi muloqotga bo'lgan zaruriyat sezilgan davrlardan e ’tiboran qo'yilgan, desak yanglish bo'lmaydi. Tilshunoslik fani eng uzoq tarixga ega bo'lgan fanlar sirasiga kiradi. U eramizdan bir necha yuz yillar avval Qadimgi Hindiston va Qadimgi Yunoniston (Gretsiya)da taraqqiy eta boshlagan. Qadimgi Yunoniston olim va faylasuflari o'rtasida so‘z va uning tushuncha mohiyati o'rtasidagi bog'lanishning mavjudligi
masalasi ancha munozaralarga sabab bo'ldi. Bulaming natijasi o'laroq olib borilgan tahlillar, kuzatishlar pirovardida tilning so'z boyligi, so'zlaming paydo bo'lishi haqidagi dastlabki nazariy fikrlarga asos solindi. XIX asming birinchi yarmida tilshunoslik sohasida juda katta marralarga erishildi. Xususan, bu davrda tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod shakllandi va unga hamohang tarzda til
haqidagi fan ham qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fani deb yuritila boshlandi. Bu davrda Yevropa tillarining sanskrit (qadimgi hind) tili bilan uzviy bog'lanishi borligini sezgan holda bu tillarning o'zaro aloqadorlik, bog'liqlik taraflari jiddiy o'rganila boshlandi. Ayniqsa, tillarni qiyosiy-tarixiy o'rganish borasida nemis olimlari Frans Bopp (1791-1867), Yakob Grimm (1785-1863), daniyalik
olim Rasmus Rask (1787-1832), rus olimi Aleksandr Vostokov (1781-1864), chex olimi Dobrovskiy (1753-1829) kabilarning xizmatlari katta bo'ldi. Qiziqarli tarafi shuki, mazkur olimlar bir— birlariga bog'liq bo'lmagan holatda va bir davrning o‘zida tillarni qiyosiy-tarixiy jihatdan o'rganish metodi, g'oyasi va tamoyillarini ishlab chiqish borasida bir nuqtada uchrashdilar.
1818-yilda F.Boppning “Sanskrit tilining yunon, lotin, fors, va german tillariga qiyosan tuslanish sistemasi haqida” nomli asari chop etildi. Unda F.Bopp mazkur tillarning morfologik tuzilishini ko'rsatib bergan, qolaversa, u hind-yevropa tillarining ko'p jihatdan mushtaraklikka ega bo'lganligini, xususan, grammatik qurilishini bir xilda ekanligini, bu tillarning bir o'zak tildan kelib chiqqanligini asoslab bergan. Xuddi shu yili R.Raskning “Qadimgi shimoliy til yoki island tilining kelib chiqishiga oid tadqiqotlar” nomli ilmiy ishi e‘lon qilindi. R.Rask ham o’z asarida tillarning yaqinligini va o'xshashligini aniqlashda ularning grammatik qurilishi, tovushlaming bir-biriga mos kelishi kabi holatlar asos bo'lishini ta’kidlaydi. 1819 yilda Y.Grimmning “Nemis grammatikasi” nomli asarining birinchi jildi dunyo yuzini ko'rdi. 1920 yilda A.Vostokov qalamiga mansub “Slavyan tili haqida mulohazalar” nomli ilmiy asar chop etildi. E’lon qilingan bu ishlarda insoniyat tillarini yangi usul - tarixiy nuqtayi nazardan o'rganish metodi boshlab berildi. Umuman, tilshunoslik fanining taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan olimlar — bu Ferdinand de Sossyur, Grosse, Boduen de Kurtene, N.V.Krushevskiy, eramizdan oldingi IV asrda yashagan hind olimi Panini, grek tilshunoslari Demokrit, Epikur, Geraklit, o'zbek tilshunoslari Mahmud Koshg’ariy, Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabilardir. Ular til haqidagi fanning yaratilishida o'zlarining salmoqli ilmiy g'oyalari, izlanishlari bilan ishtirok etganlar. Tilshunoslik umumiy tilshunoslikning muammolarini tushunishga tayyorlaydi va shu bilan birga til haqidagi dastlabki ma’lumotlarni beradi. 4
Til faqat tilshunoslik uchun emas, boshqa fanlar uchun ham o’rganilish sohasi bo’lib hisoblanadi. Bu sohadan har bir fan o’z o’rganish sohasini ajratib oladi. Bunda ajratib olish bo’yicha ikki turga: mikrolingvistika (kichik tilshunoslik ), makrolingvistika (katta tilshunoslik) bo’linadi.

Download 24,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish