Semantik maydon. Ma’lum arxisema asosida birlashuvchi so’z va iboralar majmui. Masalan, oziq-ovqat nomlari: palov, lag’mon, sho’rva, mastava, qotirma, manti kabi.
Semantik valentlik. So’zlarning ma’no jihatdan boshqa so’zlar bilan birikuvchanligi. Masalan, sayramoq so’zi yoqimli ohangdor ovoz chiqarmoq, xonish qilmoq ma’nosi bilan qush, yoqimli, shirali ovozda qo’shiq aytmoq ma’nosi bilan xonanda so’zini biriktira oladi: Sozandalar jo’rligida xonanda bulbuldek sayradi. Gulning har shoxida bulbul sayrardi.
Semantika (fran. semantique < yun. semantikos – ifodalovchi). Til birliklarining mazmun-ma’no tomoni va ular bilan bog’liq masalalarni o’rganuvchi tilshunoslik sohasi.
Semasiologiya. Til birliklarining, birinchi navbatda, lug’aviy birliklarning semantik tuzilishi va u bilan bog’liq masalalarni o’rganuvchi tilshunoslik sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |