Tarixiy-an’anaviy tamoyil. So’z, asos va qo’shimchalarni qanday talaffuz qilinishi, eshtilishidan qa’ti nazar tarixiy an’analarga muvofiq yozilishi. Masalan, Bobur, Navoiy, taqozo, musicha, kabutar kabi.
Termin (lot. terminus – chek, chegera, chegara belgisi). Fan, texnika va boshqa sohalarga oid narsa, voqeya-hodisa haqidagi tushunchalarni ifodalovchi, qo’llanish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so’z va birikmalar. Masalan, fonema, morfema, leksema, sema, sintagma tilshunoslik, roman, vazn, turoq, radif, bahr adabiyotshunoslik terminlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |