Tilshunoslik nazariyasi
dan ma’ruzalar to’plami
Saloxiddin SUYUNBOYEV
Fikr-mulohazalar uchun:
+99899 700 42 97 Sahifa | 37
Kishilar o‘z nutqiy faoliyatida tez-tez qo‘llab turadigan mimika va turli xil imo-
ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi qo‘shimcha vositalar sanaladi. Ba’zi
o‘rinlarda qisman uning o‘rnini bosishi mumkin.
Lingvistik belgilar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil etadi.
Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar
yordamida ifodalanayotgan axborotga qo‘shimcha axborotni bildirish yoki
«tovush nutqi»ga yordamchilik qilish vazifasini bajaradi.
Kishilar o‘z nutqiy faoliyatida tez-tez qo‘llab turadigan mimika va turli xil imo-
ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi qo‘shimcha vositalar sanaladi. Ba’zi
o‘rinlarda qisman uning o‘rnini bosishi mumkin.
Xullas, til kishilarning bir-birlariga turli axborotlarni xabar qiluvchi, yetkazuvchi
belgilar tizimidir. Tilning belgilik xususiyatini tilshunoslikning lingvosemiotika
bo‘limi o‘rganadi. Lingvosemiotika tilshunoslik bilan semiotika hamkorligida
yuzaga kelgandir.
Til va yozuv.
Til tarixini o`rganishda yozuv asosiy manbadir. Yozuv o`z
taraqqiyotida og`zaki nutq bilan bir qatorda, ikkinchi aloqa vositasi bo`lib
sanaladi. Yozuvning paydo bo`lishi, takomillashuvi til tarixi bilan, uning
rivojlanishi bilan chambarchas bog`langandir. Biroq yozuv jonli so`zlashuv tiliga
qaraganda ancha keyin paydo bo`lgan. Mutaxassislarning aniqlashiga ko‘ra, til
400-500 ming yillar ilgari paydo bo‘lgan bo‘lsa, yozuvning yuzaga kelganiga
atigi 4-5 ming yil bo‘lgan. Yozuv ham, til singari, jamiyatdagi turli aloqa
ehtiyojlari natijasida vujudga kelgan.Yozuvning ixtiro qilinishi insoniyat
madaniy taraqqiyotining chin ma’nodagi kashfiyoti bo‘lib, uning uchun vaqt va
masofaning ahamiyatga ega emasligi, bir necha ming yillik ko‘hna tarix va
adabiyot durdonalarining saqlanib qolganligi, madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy voqea-hodisalarning, axborotlarning barcha-barchasi avlolardan-
avlodlarga, xalqlardan xalqlarga, qit’alardan qit’alarga yozuv orqali yetib
borgani, borishi uning tengsiz qudratidan dalolat beradi.
Jamiyat taraqqiyoti jarayonida kishilarda o‘z fikr-istaklarini turli belgilar orqali
bildirish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kishilar alohida belgilar orqali fikrlarini
bildirishga, o`z fikr va istaklarini fonetik yozuv orqali ifodalashga birdaniga
erishmaganlar. Yozuv o‘zining taraqqiyotida turli bosqinchilarni bosib o‘tgan.
Arxeologik tekshirishlardan, etnografik materiallardan ma’lum bo‘lishicha,
qadimgi davrlarda insonlar tog‘ qoyalariga, g‘or devorlariga ovchilikka doir turli
voqealarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana
shunday turli voqealarni bildiradigan rasmlar
Do'stlaringiz bilan baham: |