Tilshunoslik nazariyasi dan ma’ruzalar to’plami Saloxiddin suyunboyev



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/78
Sana07.01.2022
Hajmi0,56 Mb.
#328292
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasidan maruzalar to'plami

 Tilshunoslik nazariyasi

dan ma’ruzalar to’plami

              Saloxiddin SUYUNBOYEV 

 Fikr-mulohazalar uchun: 

 +99899 700 42 97                                        Sahifa | 36  



Lingvistik belgilar simvol-belgilarga mansubdir. Til ham belgilar sistemasi 

sifatida e’tirof etilarkan, demak, u ham semiotikaning tarkibiy qismi sifatida 

qaralishi va semiotikaning boshqa qismlari bilan uzviy aloqada o‘rganilishi 

lozim. 


Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi (masalan, Morze alifbo 

sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, yorug’lik va tovush 

signallari va h.k.) muayyan umumiylikka ega. Ular quyidagilardan iborat: 

a) hammasi ma’lum axborot tashiydi;b) hammasi sotsial hodisa. Chunki ular 

jamiyatga xizmat qilish uchun jamiyat tomonidan yaratilgan; v) hammasi 

moddiylikka ega (lekin bu moddiylik turlicha ko‘rinishga ega: yorug’lik to‘lqini, 

tovush to‘lqini, grafik tasvir va h.k.); g) hammasi obyektiv borliqni ifodalaydi. 

Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi o‘rtasida yuqoridagi kabi 

umumiy jihatlardan tashqari, qator farqli tomonlar ham mavjud. Ular 

quyidagilardan iborat: 1. Til kishilar o‘rtasida eng muhim aloqa vositasi sanalib, 

u umuminsoniy xususiyatga ega. Barcha kishilar o‘zining turli xil faoliyat 

doirasida lingvistik belgilar vositasida o‘z fikrini bayon qiladi. Boshqa turdagi 

belgilar esa bu jihatdan ma’lum guruh doirasida chegaralangani bilan 

farqlanadi. 2. Lingvistik belgi har qanday axborotni, insonning ichki 

kechinmalarini chegaralanmagan holda ifodalash, boshqa belgilar esa 

chegaralangan axborotni ifodalash imkoniga ega. Masalan, musiqa insonning 

ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifodalashi mumkin. Lekin u tushuncha va 

hukmlarni ifodalolmaydi. 3. Lingvistik belgi kishilarning obyektiv olam haqidagi 

bilimlarini boshqalarga uzatish vazifasini bajarish bilan birga so‘zlovchining 

mazkur axborotga munosabatini, ayni paytda, tinglovchiga ta’sir qilish vazifasini 

ham bajaradi. Bu jihatdan, boshqa belgilar sistemasi faqat axborot berish (imo-

ishoralar, Morze alifbosi, yorug‘lik to‘lqini va h.k.) yoki tinglovchiga ta’sir qilish 

(muzika) vazifasini bajaradi. 4. Lingvistik belgilardan boshqa barcha belgilar 

sistemasi insonning sun’iy ijod mahsulidir. Ular ma’lum guruhning kelishuvi 

yo‘li bilan sun’iy ravishda yaratiladi. Lingvistik belgilar esa jamiyatning u yoki 

bu a’zosi ixtiyoriga bog’liq bo‘lmagan holda rivojlanadi. Har bir yangi avlod shu 

jamiyatning tarixiy tarkib topgan va uzluksiz rivojlanishda bo‘lgan tilini 

o‘zlashtiradi, keyingi avlodga yetkazadi. 5. Lingvistik belgining yana eng muhim 

belgisi uning diskretligi, ketma-ket joylashuvi va erkinligidir. 

Lingvistik belgilar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil qiladi. 

Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar 

yordamida ifodalanayotgan axborotga qo‘shimcha axborotni bildirish yoki 

«tovush nutqi»ga yordamchilik qilish vazifasini o‘taydi. 




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish