Onomasiologiya 1. semasiologiyaning bir qismi, bo‘limi bo‘lib, predmet va iboralarning tushunchalarni tillarning leksik va frazeologik vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan tamoyil va qonuniyatlarini o‘rganadi. 2. ma’nolar, nominatsiyalar, tushunchalar, farq qiluvchi ma’no va signifikatsiya to‘g‘risidagi fan, ya’ni narsa va hodisalarga nom berish jarayonini o‘rganadi. Onomastika (onomasiologiya, onomatalogiya) – tilshunoslikning atoqli otlarni o‘rganadigan bo‘limi bo‘lib, u quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
antroponomika – kishi nomlarini o‘rganadi;
etnonimika – millatlarning nomlarini o‘rganadi;
toponimika – geografik joy nomlarini o‘rganadi;
gidronimika – suv havzalari nomlarini o‘rganadi;
zoonimika – hayvonlar nomlarini o‘rganadi.
terminologiya – ishlab chiqarishdagi ma’lum tarmoqning, yo‘nalishning,
mutaxassislikning terminlari majmuasi bo‘lib, leksikologiyaning maxsus qatlamini tashkil qiladi.
Etimologiya (etimologia) - 1. mustaqil so‘z va morfemalarning kelib chiqishi va tapixini o‘rganadigan tilshunoslikning bir bo‘limi, uning so‘z etimologiyasi, “yolg‘on” etimologiyasi, xalq etimologiyasi kabi tarkiblari mavjuddir. 2. til birliklarining tuzilishini o‘rganuvchi ta’limot. Shu munosabatdan bu atama bilan tarixan bog‘langan. Etimon so‘zning dactlabki shakli uning asliy, haqiqiy (ibtidoiy) shakli, ma’nosi atamasini ham e’tibordan chiqarmaslik lozim.
Tilshunoslikda so‘zlarning kelib chiqish masalalarini ham shakli, ham ma’nosi jihatdan o‘rganadigan bir qismidir.
4.Terminologiya ishlab chiqarishdagi ma’lum tarmoqning, yo‘nalishning, mutaxassislikning atamalar majmuasi bo‘lib, leksikologiyaning maxsus qatlamini tashkil qiladi. Terminologiyada – atamashunoslikning bir necha shakllari mavjud: xalqaro atamashunoslik, ilmiy atamashunoslik, grammatik atamashunoslik, siyosiy, iqtisodiy, publistik, matematik va boshqalar. Bu ma’noda ishlatiladigan atamalar ichida lingvistik va leksik nuqtai nazardan qaralganda, allo-epik terminologiyasi e’tiborlidir. Bunda lingvistik terminologiyadagi sistematik qarama-qarshiliklar ko‘zga tashlanadi. Chunki leksik tushunchadagi qarama-qarshilik allo atamasi atrofida gavdalanadi, masalan: allofon, allomorf, allosema va boshqalar.
Leksikografiya – inglizcha (lexicographic) 1. lug‘at tuzish ilmi. 2. har bir til tasnifi shaklida lug‘atlar tuzish. 3. har bir tilga yoki ta’lim bilimiga taalluqli lug‘atlar namunasi. Til tarkibidagi so‘zlarni ma’lum tartib va maqsad asosida (alfavit tartibida nutqda ishlatish darajasiga va shu kabilarga ko‘ra) yozma ravishda lug‘at tuzish bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi, ya’ni til tarkibida so‘zlarni ma’lum tartib va maqsad asosida yozma ravishda to‘plab lug‘at tuzish masalalarini o‘rganadi.
Odatda, leksikografiya umumiy va o‘quv leksikografiya qismlarga bo‘linadi. Umumiy leksikografiya barcha tillar uchun lug‘at tuzish nazariy tamoyillari va metodlarini chuqur va atroflicha yoritib beradi. O’quv leksikografiyasi esa pedagogik va metodik qonun qoidalar nuqtai nazaridan yondashgan holda lug‘atlar tuzish masalalarini o‘rganadi. O’z vazifalarining maqsadi va mazmuniga ko‘ra o‘quv lug‘atlari bir necha turlarga bo‘linadi: Izohli lug‘at, terminologik lug‘at, ensiklopedik lug‘at, ikki tillik lug‘at, morfem lug‘at, ko‘ptillik lug‘at, qisqartmalar lug‘ati, etimologik lug‘at, omonimlar, sinonimlar lug‘ati va hakozolar. Keyingi vaqtlarda “ideografik” yoki “tezaurus lug‘ati” nomi bilan atalgan lug‘atlar tuzildi va tuzilmoqda. Bu lug‘atlar biror tushuncha doirasidagi so‘zlar guruhini, ya’ni semantik maydonini so‘zlarning bir biridan farqlanishi belgilari va ichki bog‘lanish tarkibini izohlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |