Tilshunoslik fani – til haqidagi fan Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti



Download 1,25 Mb.
bet63/71
Sana17.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#381506
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

So‘z ichra mudom aql yashirindir. (So‘z va tushuncha)

So‘z chimildig‘u, aql kelindir. (So‘z va predmet) (N.Xisrav).

  • so‘z ma’lum bir jamoaga mos bo‘lsa, tushuncha umuminsoniydir;

  • so‘zda milliy, emotsional tomonlar bo‘lishi mumkin, ammo tushuncha bunday xarakterga ega emas.

  • tushuncha har gal o‘zining mantiqiy mazmuni bilan chegaralanadi;

  • har qanday so‘z tushunchani bildiravermaydi, biror tushuncha odatda so‘z orqali ifodalanadi.Bir so‘z bir necha tushunchani, bir necha so‘z bir tushunchani bildirishi ham so‘z bilan tushuncha o‘rtasida farq borligini ko‘rsatadi. So‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi tenglik atamalargagina xos.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, odatda predmetga nom uning ko‘zga tashlanib turgan biron belgisi asosida qo‘yiladi. Biroq narsani nomlash uchun asos qilib olingan belgi ikkinchi bir narsada ham bo‘lishi mumkin. (Masalan, ko‘k - rang, ko‘k - o‘t, o‘simlik, ko‘k - osmon). Buning natijasida har bir tildagi anchagina so‘zlar o‘zining asosiy ma’nosidan tashqari bir qator ko‘chma ma’noga ham ega bo‘ladi. Natijada bir so‘z bir necha ma’no kasb etib, ko‘p ma’nolilik xususiyati kelib chiqadi. So‘zning bir necha ma’no anglatishi polisemiya yoki polisemantizm, bir ma’no bilan chegaralanishi monosemiya yoki monosemantizm deb yuritiladi.

Sirtdan qaraganda polisemiya fikr olishuviga monelik qilishi mumkindek tuyuladi. Aslida esa bunday emas. (“Polisemiyadan judo bo‘lgan til lingvistik do‘zaxga mubtalo bo‘ladi”. O.Yespersen). Tilda polisemantik so‘zlarning ma’nosini aniq belgilab beruvchi mezon-vositalar bor. Ana shunday mezon-vosita kontekstdir. (“So‘zning oaqiqiy hayoti kontekst ichidadir”. A.A.Potebnya). kontekst (lotincha bog‘lanish) so‘zni boshqa ma’nolardan tozalaydi, uni ko‘p ma’nolilikdan mao‘rum etib, aniq bir ma’noga keltiradigan so‘zlar o‘ramidir. Ba’zilar oylagandek, kontekstning roli u bilan chegaralanmaydi. Kontekst yuqoridagi funksiyadan tashqari so‘zdagi polisemantik holatni topish uchun ham xizmat qiladi. Masalan, ko‘z qorasi eng nozik organ. Xayr o‘g‘lim, xayr ko‘zim qorasi! (g‘.g‘.). Ba’zan so‘zning ma’nosini kontekst emas, nutq vaziyati (situatsiya) aniq ko‘rsatadi. Ildiz ostida nima bor? (Matematika); Ildiz ostida nima bor? (Botanika). Bu ikki gap tarkibidagi ildiz so‘zining qanday ma’noda qo‘llanganligini so‘zlar o‘rami orqali emas, balki nutq vaziyati orqali aniq bo‘layotir.

Xullas, so‘z predmetning nomi, tushunchaning ifodalovchisidir. So‘z nominativ funksiya bajaruvchi til birligidir. Tilning birorta boshqa birligi (fonetik yoki grammatik birligi) bunday vazifa bajarmaydi. So‘z tilning eng konkret va asosiy birligi hisoblanadi. Tili chiqayotgan go‘dak tilning so‘z tomoniga duch keladi. Nutqni o‘stirish, chet tilini o‘rganish dastavval so‘zlarni yodlashdan boshlanadi. Yozuvchi va tarjimon aksariyat hollarda so‘z bilan ish ko‘radi. Tilni ongli, ilmiy bilmaydigan kishi tilning fonetik yoki grammatik tomonini emas, balki uning so‘z tomonini aniq tasavvur etadi, chunki so‘z til strukturasida ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, tovushlashish, qo‘shimchalashish deyilmay, so‘zlashish, gaplashish deyiladi.

Shunday qilib, so‘z leksikologiyasining eng harakatchan sohasi bo‘lib, tilshunoslikning hamma sohalari bilan aloqada, ular bilan birga ish ko‘radi. Xulosa qilib aytish mumkinki, leksema «o‘zida tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlik» deb tariflanar ekan, bu ta’rif faqat mustaqil leksemalar uchun xosdir. Chunki yordamchi leksemalar denotativ xususiyatlarga ega emas. Yordamchi leksemalar uchun grammatik ma’no xosdir.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish