Fonetik hodisalar: kombinator va pozitsion o‘zgarishlar.
Nutq jarayonida tovushlar so’z tarkibidagi o’rni yoki yondosh tovushlar ta’sirida turli kombinator yoki pozitsion o`zgarishlarga uchraydi. Masalan, rus tilidagi lodka va gorod so`zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya’ni jarangsizlashadi. O`zbek tilida yutdi va obod so`zlarida ham shu holat yuz beradi. Lodka va yutdi so`zlarida jarangsizlanish qo`shni tovush ta’sirida yuz bersa, gorod va obod so`zlari talaffuzida o`zgarish tovushning so`z tarkibidagi mavqeyi bilan bog`liqdir. Birinchi holat kombinator o`zgarish bo`lsa, ikkinchi holat pozitsion o`zgarishdir. Biz quyida shu o`zgarishlar haqida fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |