Unli tovushlar tasnifi. Unli tovushlarni hosil qilishda til va lab eng faol a’zolar bo‘lib, bunda dastlab tilning gorizontal harakati hisobga olinadi. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra o‘zbek tilidagi unlilar 2 ga bo‘linadi:
a) old qator unlilar i, e, a;
b) orqa qator unlilar u, o, o‘.
Rus tilida esa unlilar uch guruxga bo‘linadi:
a) old qator unlilar: e,i;
b) o‘rta qator unlilar: a, ы;
v) orqa qator unlilar: o, u.
Unlilar tilning vertikal harakatiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunda og‘izning ochilish darajasi oisobga olinadi.O’zbek va rus tillarida unlilar vertikal holatga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
a) yuqori (tor) unlilar: i, u (o‘zbek tili); i, ы, u (rus tili);
b) o‘rta keng unlilar: e, o (o‘zbek tili), e, o (rus tili);
v) quyi (keng) unlilar: a, o (o‘zbek tili), a (rus tili).
Do'stlaringiz bilan baham: |