Tilshunoslik asoslari


HIND-YEVROPA TILLARI OILASI



Download 0,94 Mb.
bet58/78
Sana17.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#558687
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Bog'liq
Tilshunoslik asoslari

HIND-YEVROPA TILLARI OILASI

  1. Hind tillari guruhi

A.A.Reformatskiyning yozishicha, bu guruhga 96 dan ortiq jonli til kiradi:
1) hind(i) va urdu tillari (ayrim manbalarda bu tillar umumiy tarzda «hindistoniy» deb ham atalgan). Hind tili Hindiston davlatining rasmiy davlat tili bo‘lib, qadimgi hind yozuvi - devanagarga asoslangan. Urdu tili esa Pokistonning davlat tili va u arab yozuviga asoslangan;
2) bengal;
3) panjob;
4) lahnda (lendi);
5) sindxi;
6) rajastxoniy;
7) gujarat (i);
8) maratxi;
9) singal;
10) nepal(i);
11) bixar(i);
12) oriya (Sharqiy Hindistonda odri, utkali);
13) assam;
14) lo‘li;
15) kashmir tili va boshqalar.
O‘lik tillar:
16) ved tili - hindlarning qadimgi muqaddas kitobi sanalgan «Ved»ning tili (eramizdan oldingi ikkimnginchi yilning birinchi yarmida paydo bo‘lgan);
17) sankritcha - qadimgi hindlarning eramizdan oldingi III asrdan eramizning VII asrigacha amalda bo‘lgan «klassik» adabiy tili (sankrit – samskrta, ma’nosi - «qayta ishlangan», «uyg‘unlashtirilgan»; uning tersi – prakrta, ma’nosi «normaga solinmagan» so‘zlashuv tili). Qadimgi hindlarning sankritchada yozilgan boy adabiy, diniy va dunyoviy boyliklari qolgan;
18) paliy - o‘rta asrlardagi adabiy va diniy sig‘inish tili;
19) prakrit(iy) – yangi hind tillarining paydo bo‘lishiga zamin yaratgan O‘rta Hindistondagi turli so‘zlashuv lahjalari.


2. Eron tillari guruhi17
(bu guruhga o‘ndan ortiq tillar kiradi. Bu til guruhiga kiruvchi tillar ba’zi xususiyatlari bilan hind tillari bilan ancha yaqin)



  1. fors tili – yozuvi arab alifbosiga asoslangan;

  2. dariy tili – (forsiy-qobuliy) – Afg‘onistonning pushtu tili bir qatordagi adabiy tili;

  3. pushtu tili – adabiy til, XX asrning 30-yillaridan e’tiboran Afg‘onistonning davlat tili;

  4. baluchi tili;

  5. tojik tili;

  6. kurd tili;

  7. osetin tili;

  8. tat tili;

  9. talish tili;

  10. Kaspiybo‘yi (g‘ilon, mozandaron) lahjalari;

  11. Pomir tillari (shugnan, rushan, bartang kabilar);

  12. yagnob tili.

O‘lik tillar:



  1. qadimgi fors tili – eramizdan oldingi VI – IV asrlarda Axmoniylar davridagi til;

  2. pahlaviy tili – pahlaviy yozuviga asoslangan. «Pahlaviy yozuvi – oromiy yozuvi ko‘rinishlaridan biri asosida III asrda (eramizning) Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida paydo bo‘lgan harf-tovush yozuvi. Pahlaviy alifbosi dastlab 22 harfdan iborat bo‘lgan. Keyiynchalik bu alifbo sezilarli o‘zgarishlarga uchragan, xatning kursiv shakli, shuningdek, kitobiy ko‘rinishlari taraqqiy qilgan. Pahlaviy yozuvida faqat undoshlar va cho‘ziq unlilar alohida harflar bilan ifщdalangan. Qisqa unlilar, so‘z boshidagi holatni hisobga olmaganda, ifodalanmagan. Yozuv asosan o‘ngdan chapga qarab yozilgan. Faqat nisbatan keyingi yozma yodgorliklarning (VIII asr) ayrimlarida yuqoridan pastga qarab zilgan holatlar kuzatiladi»18;

  3. parfyan tili – eramizdan oldingi III asrdan eramizning III asriga qadar mavjud bo‘lgan o‘rta fors tillaridan biri bo‘lib, asosan, Kaspiy dengizining janubiy sharqidagi Parfiyonada tarqalgan;

  4. so‘g‘d tili – eramizning I asrida Zarafshon vodiysidagi So‘g‘diyonaning tili, yozuvi so‘g‘d yozuvi deb ataladi. So‘g‘d yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovu yozuvidir. «Bu yozuv qariyb ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston va qisman Tojikiston hududida joylashgan So‘g‘diyona davlatida qo‘llangan.So‘g‘d yozuviga oid eng qadimgi yodgorliklar eramizning birinchi asriga oid. Eng keyingilari esa VIII asrlarga oiddir»19;

  5. xorazm tili – eramizning ikkinchi asriga oid bo‘lib, amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm tili;

  6. skif tili – eramizdan oldingi birinchi asr va eramizning birinchi asrlarida Qora dengizning shimoliy sohillaridan sharqda Xitoy bilan chegaradosh hududlarlarda yashagan skiflar tili;

  7. baqtriylar tili (kushonlar) – eramizning birinchi asrlarida Amudaryoning yuqori qismida tashkil topgan qadimgi Baqtriya hamda Kushon davlati tili;

  8. Saklar tili – qadimgi O‘rta Osiyo hamda Sharqiy Turkistonda muomalada bo‘lgan til, eramizning V – X asrlariga oid bu tilda braxma yozuvida bitilgan matnlar saqlanib qolgan.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish