C. Mikroneziya (mikronez tillari) tarmog‘i:
(Mikroneziya – Kiribati, nauri, Marshall, Karolin kabi orllarda tarqalgan tillar)
nauru tili;
Marshall oroli tili;
ponape tili;
truk va boshqa tillar.
XVII. AVSTRALIYA TILLARI
Bu oilaga Markaziy va Shimoliy Avstraliyada yashovchi kam sonli tub aholining mayda tillari kiradi. Bu oilaga kiruvchi tillar ichida taniqlisi aranta tilidir.
XVIII. PAPUAS TILLARI OILASI
Bu oilaga Yangi Gvineya orolida va Tinch okeanning boshqa bir qancha orollarida tarqalgan tillar kiradi. Papuas tillari hali chuqur o‘rganib, tasnif qilinmagan. Lekin dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra bu oila 12 ta til guruhiga ajratiladi. Ulardan eng yirigi Yangi Gvineya hududida keng tarqalgan fila tillari guruhidir. Bu tillar o‘z yozuviga ega emas, bu tillar maktablarda ta’lim-tarbiya tili hisoblanmaydi. Turli Papuas tillari uchun lotin yozuvi asosida alifbolar yaratish ishlari boshlangan30.
Do'stlaringiz bilan baham: |