Reduplikatsiya. Reduplikatsiya o‘zakning to‘liq yoki qisman takrorlanish holati bo‘lib, u so‘z o‘zgartiruvchi, so‘z yasovchi qo‘shimchalar vazifasini bajaradi. Bu avstroindoneziya tillarida ko‘proq uchraydi. Masalan, indoneziya tillarida:
api-olov, api-api-gugurt, solo-sochiq, solo-solo-dastro‘mol.
o‘zakning qisman takrorlanishi ham uchraydi. Masalan,Tagalь tilida: moho-qaynatilgan, momoho-pishgan,etilgan. Yava tilida:
lara-bemor, lelara-kasallik, laku-yurmoq, lelaku-sayohat qilmoq.
Ba’zan o‘zakning takrorlanishi ma’nodagi belgining kuchayishini bildirsa: Samoan tilida: eva-qadam bosmoq, evaeva-u yoqdan-bu yoqqa yurish; ba’zi tillarda esa takroriy belgining susayishiga olib keladi: vera-issiq, veravera-iliq, dagat-dengiz, dagatdagat-hovuz.
o‘zak tarkibidagi ba’zi tovushlarning o‘zgartirish yo‘li bilan takrorlash ham uchraydi. Masalan, o‘zbek tilidagi choy-ichmoq, choy-poy mehmon qilish, qog‘oz, qog‘oz-mog‘oz-har xil qog‘ozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |