Reja: 1. Grammatika. Uning tarkibiy qismlari. 2. Grammatik ma’no va uning ifodalanishi. Grammatika – grammatika atamasi grekcha tildan olingan bo`lib “harf o`qish va yozish san’ati” degan ma’noni ifodalaydi.
Ayni vaqtda “grammatika” - tilning grammatik qurilishi hamda mazkur jarayonni shakillantiruvchi birliklarni o`rganuvchi tilshunoslik bo`limi hisoblanadi.
Tilning grammatik qurilishi deganda – har bir tilning qonuniyatlari grammatik ma’no va uning ifodalanishi, grammatik kategoriyalar, shuningdek, gap qurilish jarayoni, so`z birikmalari, gap va uning tarkibiy qismlari, turlari haqidagi qonuniyatlarni o`zida aks ettiruvchi jarayonning umumiy nomi tushuniladi. Grammatika bo`limi ikkita tarkibiy qismdan iborat: Grammatika bo`limi ikkita tarkibiy qismdan iborat: - 1) morfologiya;
- 2) sintaksis.
Morfologiya – grekcha “morf” shakl, “logos” ta’limot so`zlarining qo`shilishidan hosil bo`lgan. Morfologiya – grekcha “morf” shakl, “logos” ta’limot so`zlarining qo`shilishidan hosil bo`lgan. Morfologiya bo`limida – so`zning grammatik ma’nolari, grammatik ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar, so`zarning grammatik ma’nolari asosida turkumlarga birlashishi, har bir so`z turkumiga xos bo`lgan grammatik kategoriyalar o`rganiladi. Grammatik ma'no - So’zlar guruhi uchum umumiy bo’lgn ma’noga gramatik ma’no deyiladi . Grammatik ma'no - So’zlar guruhi uchum umumiy bo’lgn ma’noga gramatik ma’no deyiladi . – Ya’ni so’zlarning qaysi turkumdaligi, qaysi kelishikdaligi, gapda bajarayotgan vazifasi bu uning grammatik ma’nosi hisoblanadi. M: Kitob ishonchli do’st. bu gapda kitob so’zining atash manosi -o’quv quroli. Grammatik ma’nosi esa ot turkumida, bosh kelishik, ega vazifasidaligidir. -qalam – nima? ot, bosh kelishik, (qalam qizil rangda); -sariq – qanday? Sifat, oddiy daraja ( qizil mashina to’xtadi).
IZOH: so`zlar umumiy grammatik ma’nolari asosida so`z turkumlariga birlashadi.
Grammatik shakl - grammatik mano’ni ifodalshga xizmat qiluvchi har qanday shakllarga aytiladi. Grammatik shakl - grammatik mano’ni ifodalshga xizmat qiluvchi har qanday shakllarga aytiladi. - Kitobda – birlik, o’rin-payt kelishigida;
- kitoblar – lar ko’plik ma’nosida;
- kitobim – egalik ma’nosida.
Grammatik ma’no quydaga vositalar yordamida ifodalanadi: Grammatik ma’no quydaga vositalar yordamida ifodalanadi: - Qo’shimchalar yordamida: uyga, ukam, kelsa, boraman, kitoblar
- Yordamchi so’zlar vositasida: Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz. qalam bilan yozdi, sen uchun oldim.
- So'z tartibi orqali: keng ko'cha (birikma) - Ko'cha keng (gap).
- Ohang yordamida: Dars tugadi (darak gap). Dars tugadi? (so'roq gap) Dars tugadi! (undov gap)
- Urg'u yordamida: gullar (ot) - gullar (fe'l), yigitchd (ot) - yigitcha (ravish), olmd (ot) - olma (fe'l)
Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirish, bog‘lash, demakdir. Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirish, bog‘lash, demakdir. - Sintaksis bo‘limi gapda so‘zlarning bog‘lanishini — so‘z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limotdir.
Grammatikaning tilni tekshirish metodiga ko`ra quyidagi turlari mavjud: Grammatikaning tilni tekshirish metodiga ko`ra quyidagi turlari mavjud: - Umumiy grammatika;
- Tarixiy grammatika;
- Falsafiy grammatika;
- Qiyosiy grammatika;
Sistem-struktor tilshunoslik vakillari grammatikaning ikki turini farqlashadi: Sistem-struktor tilshunoslik vakillari grammatikaning ikki turini farqlashadi: - Amaliy grammatika – bevosita kuzatishta bo`lgan nutq birliklarining tildagi mavqeyini belgilab beruvchi soha;
- Nazariy grammatika – til birliklarining til sistemasidagi funksiyasini belgilab beruvchi soha.
Do'stlaringiz bilan baham: |