Bu madrasa to’g’risida batafsil ma’lumotlar yo’q. (manba: “Qo’qon tarixi” Haydarbek Bobobekov, Toshkent. 1996.)
ME’MORIY OBIDALAR
LABIHOVUZ ANSAMBLI
Labihovuz ansambli - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (XVII-asr). Dastlab bozor maydoni boʻlgan. Maydon oʻrtasida katta hovuz qazilib (1620 y.) atroflari sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Shagʻal va tuproq bilan toʻldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., boʻyi 45,5 m., chuqurligi 5 m. Uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shimolida Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi ( saqlanmagan) qad koʻtargan. Hozirda hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona qurilgan.
ME’MORIY OBIDALAR
EYFEL MINORASI
Eyfel Aleksandr Gyustav - fransuz quruvchi muhandisi. Parijdagi San’at va hunarmandchilik markaziy maktabini tugatgan. Metall konstruksiyalardan foydalanib, ko’plab inshootlarni loyihalagan va o’zi boshchiligida qurdirgan. Uning loyihasi bo’yicha asosan metalldan qurilgan Eyfel minorasi uni jahonga mashhur qildi.
Eyfel minorasi - A. G. Eyfel loyihasi bo’yicha Parijda qurilgan metall minora. XIX asr texnikasi yutug’i ramzi sifatida Jahon ko’rgazmasi uchun 1889-yilda qurilgan. 1931-yilgacha dunyoning eng baland va og’ir inshooti hisoblangan. Balandligi 312 metrga, og’irligi 9 ming tonna, shundan 7,3 ming tonnasi metall konstruksiyalar. Minoraning quyi qismi kvadrat piramida shaklida, uchida pavilyon va mayoq bor, tepasida diametri 1,7 metrli maydoncha qurilgan. Radioeshittirish va teleko’rsatuvlarning muhim markazi hisoblanadi. Eyfel minorasini qurishda metall konstruksiyalarni montaj qilishning o’sha davr uchun eng ilg’or hisoblangan usullari qo’llangan. Eyfel minorasi Parij aholisi va sayyohlar uchun eng qiziqarli ko’ngilochar maskan hisoblanadi
ME’MORIY OBIDALAR
TOJMAHAL MAQBARASI
Tojmahal - Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid me’moriy yodgorlik (1631-1652). Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi bo’yida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga (Mumtoz Mahal begim, Mumtoz Bibika Rauza nomlari bilan mashhur bo’lgan) atab vafotidan (1631-yil 7-iyul) so’ng qurdirgan. Keyinchalik o’zi ham shu yerga dafn qilingan.
Maqbara (loyiha me’mori Usto Ahmad Lahori) turk me’mori Muhammad Isoxon afandi boshchiligida bunyod etilgan. Tojmahal murabba tarhli, 3 qavatli, 5 gumbazli. Marmar supa ustiga qurilgan. To’rt burchagidagi ingichka minoralar (balandligi 45 m) maqbaraga o’zgacha husn bag’ishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlardan (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi va boshqalardan) qadama naqshlar ishlangan. Bosh tarzi (eni 56,7 m) peshtoq ravoqli. Maqbaraning old tomoniga 2 qator daraxtlar ekilgan, favvorali hovuz, gulzorlashtirilgan uzun yo’lka bor. Zinapoyalar bilan marmar supaga chiqib, o’yma naqshli eshikdan maqbaraga kiriladi. O’rtadagi katta gumbazli xonada qora marmarli sag’ana (Shri Lankadan keltirilgan) qo’yilgan. Tojmahalning beqiyos husni bog’ning janubiy darvozasi orqali ko’zga yaqqol tashlanadi. Mahobatli bino qurilishida nafaqat Hindiston, balki O’rta Osiyo, Eron, Vizantiya me’morlarining o’ziga xos uslublari o’z ifodasini topgan. Maqbara qurilishida g’isht teruvchi qandahorlik Muhammad Xanif, multonlik Muhammad Sayid, minorada mahalliy usta Ismoilxon Rumiy, samarqandlik Muhammad Sharif, lahorlik Kozimxonlar hamda ko’pgina naqqosh va xattotlar qatorida buxorolik ota Muhammad va Shukur naqqoshlar qatnashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |