ME’MORIY OBIDALAR
SIN SHIXUANDI MAQBARASI
Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri - Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori raqiblarini tor-mor etib, Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246 - 210-yillar) nomini qabul qilgan, bu nom “Sinning birinchi hukmdori” degan ma’noni bildiradi. O‘z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga noiblarini rahbar etib tayinladi.
Aslida qattiqqo‘1 bolgan Sin Shixuandi o‘z raqiblarini shafqatsizlarcha qirib tashladi. Uning hukmronligi davrida Xitoy gullab-yashnadi: dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi.
Sin Shixuandi hali ko‘zi tirikligidayoq o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Maqbaraning tubi bir necha kvadrat kilometr maydonni egallagan. Sin Shixuandi qabridan hukmdorni “qo'riqlash” uchun o'rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan.
ME’MORIY OBIDALAR
GO’RI AMIR MAQBARASI
Go‘ri Amir me’moriy yodgorligi temuriylar daxmasi sifatida Amir Temur tomonidan 1403-yilda Samarqand shahrida bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning bunyod etilgan davri va tarixi: 1403-yil Amir Temurning Anqara jangidan qaytishi paytida suyukli va to‘ng‘ich nabirasi Muhammad Sulton to‘satdan vafot etadi. Samarqandda uning qabri ustida maqbara qurilishi boshlanadi va keyinchalik Go‘ri Amir deb nom olgan yodgorlik majmuasi qad ko'taradi.
Me’moriy obida quriljshida xom va pishgan g'isht, loy, yog'och, maxstis “qir” qotishmasi, oltin, kumush, marmar, nefrit toshi va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Maqbaraning pastki qismi to'rtburchak, ya’ni ”Chor” uslubda, tepa qismi esa Sharq an’analarini o‘zida mujassam etgan gumbaz uslubida qurilgan
U xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga Temuriylarga mansub kishilar (Amir Temur va uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug'bek va boshqalar) dafn etilgan. Qabrlarning to‘rida Amir Temurning piri, harbiy yurishlarida unga hamroh bo‘lgan va uning yuksak, hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh Mirzo, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari qat’iy tartibda joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Mirzo Ulug‘bek 1425-yil Mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o'ymakori naqshlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma marmar panjara bilan o‘ralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |