ME’MORIY OBIDALAR
ALEKSANDR MAYOG‘I
Mil. avv. 283-yilda o‘sha zamonning ajoyib mo‘jizasi - Aleksandr mayog‘i bunyod etilgan. Mayoq kemalarning Aleksandriya shahri bandargohiga kirish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan. Mayoqning balandligi 120 metr edi. Uning eng yuqori qismi gumbaz bilan qoplandi. Gumbazning ustiga “dengiz xudosi” Poseydonning 7 metrlik haykali о’rnatildi. Gumbazni sayqallangan granit (tog’ jinsi) ustunlar ushlab turgan. Uning ustki qismida kechasi bilan yonib turgan mayoq olovi dengizchilarga uzoqdan kо’rinib turgan. Mayoq atrofni kuzatish nuqtasi vazifasini ham bajargan.
Miloddan avvalgi 227-yilda zilzila natijasida vayron bo'lgan Aleksandr mayog‘i Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida, Faros orolida bo'lgan. Uning loyihasini o'z zamonasining mashhur va talantli me'mori Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora shaklida qurilgan. U uch qavatli bo'lib, balandligi 120 metr edi. Mayoq poydevori kvadrat shaklida, har bir tomoni 30,5 metrga teng edi. Uni dastlab xarsang plitalar bilan ishlab, ikkinchi qavatini sakkiz qirrali toshlardan qurishgan va ajoyib marmar plitalar bilan pardoz berishgan. Minoraning qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy shamol yo'nalishlariga mo'ljallab qurilgan. Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali minora shaklida bo'lib, uning ustiga dengiz xudosi Poseydonning bronzadan ishlangan ulkan haykali o'rnatilgan edi. Uchinchi qavatning qubbalarini granit ustunlar tutib turar edi. Xuddi mana shu yerda gulxan yoqilardi. Gulxan alangasi uzoq masofadan ko'rinib turishi uchun maxsus ko'zgular o'rnatilgan edi. Yoqilg'ini eng yuqori qavatgacha eshaklarga ortib olib chiqishgan. Aylanma zinalar shunday qurilgan ediki, ustiga yoqilg'i ortilgan eshaklar bu zinalardan bemalol yuqoriga chiqa olgan. Mayoqdagi xonalarda butun boshli bir garnizon askarni joylashtirsa bo'lardi. Mayoq kemalarga yo'l ko'rsatibgina qolmay, o'ziga xos kuzatuv punkti ham bo'lgan.
Arab tarixchilarining yozishlariga qaraganda, mayoqning ikkinchi qavatini, ya'ni sakkiz qirrali minorani juda ko'p bronza haykalchalar bezab turgan. Farosdagi bu mayoq dunyoda tengi yo'q, yagona inshoot bo'lgan. Zamonlar o'tishi bilan nam havo va to'xtovsiz shamollar mayoqqa o'z ta'sirini o'tkazdi. XIV asrdagi zilzila natijasida mayoq batamom vayron bo'ldi. Bizgacha mayoq ning poydevorigina yetib kelgan, xolos
Do'stlaringiz bilan baham: |