Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi


CHET TILI FANLARINI O‘QITISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR



Download 282,06 Kb.
bet23/27
Sana13.02.2022
Hajmi282,06 Kb.
#446295
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
3. МОДУЛ МАЖМУА ТУРАЕВА

CHET TILI FANLARINI O‘QITISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR

2013-2014-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-sonli Oarori chet tillarini o‘qitish tizimini tubdan o‘zgar- tirdi, uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari Chet tili bo‘yicha Yevrapa standartlari ya’ni CEFR malaka talablariga asosan yaratildi, tasdiq- lanib amaliyotga joriy etildi. Maktablarda ingliz tili, nemis tili va fransuz tillari birinchi sinfdan chet tili sifatida o‘qitila boshlandi, darsliklar bosqichma-bosqich yaratilib chop etildi. Oilingan sa’y-harakatlar natijasi sifatida ko‘plab yutuqlarni sanash mumkin, ammo muammolar ham talaygina.
Mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish sifati bilan bog‘liq uchta asosiy muammo kuzatiladi: o‘qituvchi sifatining yetarli emasligi, metodikani eskirganligi va ta’lim dasturlarining zamon talablariga moslashmayotganligi.
Xorijiy tajribalarni, jumladan, Finlyandiya va Janubiy Koreyada chet tilini o‘rgatish holatlari o‘rganilganda, ularda ham 30-40 yillar davomida shunday muammolar bo‘lganligi va ular bu muammoni yechimi sifatida 3 ta yo‘nalishda ishlaganligi aniqlandi.

  1. 0‘qituvchilarning malakasini, uning jamiyatdagi obro‘sini va kasb sifatida jozibadorligini oshirishga katta e’tibor berishgan.

  2. Metodikani jahonda e’tirof etilgan va sinalgan metodika asosida takomillashti- rishgan.

  3. Ta’lim dasturlari zamon talabi va xorijiy eng yaxshi tajribalar asosida takomillashtirilgan va sohada sog‘lom raqobat bo‘lishini ta’minlagan.

Shuningdek, chet tili o‘qituvchilarining professional standartini mehnat bozori talablari va xalqaro tajriba asosida ishlab chiqish va joriy etish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi. Professional standart - ta’lim tashkiloti va mehnat bozori o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, unda mehnat bozori talablari, ya’ni o‘qituvchiga quyilgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘z aksini topishi lozim. Xorijiy til o‘qituvchisini tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlashning o‘quv dasturlari aynan shu standart asosida ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi galdagi ulkan vazifalardan biridir.
Oolaversa, Oliy ta’lim, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlarida metodist mutaxassislar va olimlar yetarli emas yoki sifat tarkibi talabga javob bermaydi, hech qayerda chet tilidan metodist mutaxassislar tayyorlanmaydi;

  • masofadan o‘qitish, pedagog xodimlarning o‘z ustida muntazam va samarali ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;

  • kasb-hunar maktablarida chet tili fani kasblar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kasbga yo‘naltirib o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilmagan;

  • OTMlarga qabul qilish imtihonlarida abituriyent B1 yoki B1+ darajadagi test topshiriqlarini bajarib kirishlariga qaramasdan, 1-kursga qabul qilingan aksariyat talabalar bilim darajasi A2 va undan past bo‘lib qolmoqda;

  • OTMlarda filologik va nofilologik mutaxassisliklarda chet tili fan aspektlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari yetarlicha emas;

  • har qanday fanni o‘rganishda o‘z ustida ishlash muhim rol o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, chet tillarini o‘rganishda zarurdir. Aksariyat o‘quvchilar mustaqil izlanishga odatlanmagan, o‘z ustida ishlash ko‘nikmasining yetishmasligi chet tilini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga ta’sir qiladi;

  • 10-11-sinflarda chet tili dasturi kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga hamda tinglash, gapirish, o‘qish va yozish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan, biroq universitetga kirish imtihon topshiriqlari faqat grammatik hamda leksik bilim va ko‘nikmalarini talab etadi;

  • o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi fan dasturlari va darsliklarning Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi savollarga mos kelmaydi;

  • OTMlardagi amaldagi baholash tizimi talabalarda motivatsiyaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmayapti;

  • chet tili darsliklarini yaratish tizimida xilma-xillik yo‘q, bu esa ularni yaratish va nashr qilishni monopollashtirishga olib keldi hamda darsliklarning mazmuni, meto- dikasi va nashr sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi;

  • yaratilgan darsliklar bir-birini mantiqan davomi emasligi, sinflar ketma-ketligidagi darsliklarning juda murakkablashib yoki soddalashib ketganligi qaysidir sinflarda o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarining so‘nishiga sabab bo‘lmoqda;

  • o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi B1 va B2 darsliklari mazmun-mohiyati va qiyinlik darajasiga nisbatan uzviy bog‘liqligi ta’minlanmagan;

  • Oliy ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ayrim me’yoriy hujjatlar, ya’ni ta’lim standartlari, malaka talablari va o‘quv rejalarining barqaror emasligi ta’lim mazmuni va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;

  • chet tillari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan qo‘shimcha dars soatlarida har xillik vujudga kelgan;

  • Oliy ta’lim muassasalarida quyi kursdan boshlab talabalarning bilim darajasiga qarab akademik guruhlarga ajratish mexanizmi mavjud emas;

  • mavjud malaka oshirish tizimi o‘qituvchilar ehtiyojlariga mos emas, malaka oshirish kurslari mazmuni va qo‘llaniladigan usullar eskirgan, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash orqali o‘qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilmaganligi o‘qituvchilarning bilim va malakasini tizimli oshirib borish imkonini bermayapti;

  • oliy ta’lim tizimida xorijlik mutaxassislar ulushi kam, mutaxassislarning xorijda malaka oshirish ishlari yetarli darajada emas.


  1. Download 282,06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish