Tili va adabiyoti universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

Paronim so‘zlar 
 
151
  Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. –Т.: Университет, 2006, 45-б. 
152
 Ўзбек халқ ижоди. Аския. -Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1970, 110-б. 


 
87 
 
Paronimlar  (para-yonida  +  onyma-nom)  deb  fonetik  tarkibi  boshqa-
boshqa,  talaffuzdagina    o‘xshash,  yaqin  bo‘lib  qolgan  so‘zlarga  aytiladi. 
Abzal  (asli  afzor-asbob,  egar-jabduq)  –  afzal  (lafz  so‘zining  ko‘pligi),  xalos 
(ozod  bo‘lish)  –  xolos  (faqat),  xush  (yaxshi,  yoqimli)  –  hush  (insonning 
sezish,  idrok  etish  qobiliyati).      «Paronimlarga  asoslangan  uslubiy  figura 
paronomaziya deb yuritiladi. Badiiy adabiyotda paronomaziyadan ifodalilik, 
ohangdorlikka  erishish,  komik  effekt  yaratish,  so‘z  o‘yini  hosil  qilish  kabi 
maqsadlarda  foydalaniladi».    Badiiy  adabiyotda  o‘xshash  so‘z  (paronim)lar 
qahramonlar  nutqini  individuallashtirish,  ularning  ma’naviy  hamda  lisoniy 
saviyasini ko‘rsatish uchun ham ishlatiladi. Quyidagi parchada paronimlardan 
komik  effekt  yaratish  maqsadida  foydalanilgan.  Qahrmon  kompot 
(mevalardan  tayyorlanadigan  sharbat)  va  kompost  (chiqindilardan  achitib 
tayyorlanadigan  organik  o‘g‘it)  paronim  so‘zlarining  ma’nosini  bilmaganligi 
uchun  kulgili  vaziyatga  tushadi:  «Aylanib  yurib  to‘rtinchi  brigada  dalasida 
janjal  ustidan  chiqib  qolibman.  Bo‘lim  boshlig‘i  O‘rmon  aka  bilan  brigadir 
Rahimjon aka nima to‘g‘risidadir qo‘llarini paxsa qilishib bahslashmoqda edi. 
Meni ko‘rishi bilan bo‘lim boshlig‘i: 
- O‘rtoq agronom sizdan bir iltimosim bor,-deb qoldi. 
-  Agar malol  kelmasa,  mana  bu  Rahimjonga,  uning  a’zolariga  kompost 
to‘g‘risida gapirib bersangiz. Bular haligacha hech narsa tushunmas ekan. 
-  Marhamat,-dedimda,  u  yoq-bu  yoqqa  qarab  olgach,  leksiya  o‘qishga 
tushib ketdim: 
-  O‘rtoqlar,  kompot  juda  foydali  ichimlik,  uni  asosan  mevadan 
tayyorlashadi.  Mevalarning  xili  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,  u  shuncha  shirin 
bo‘ladi.  Bizning  Farg‘ona  tomonlarda  kompotni  o‘rik,  shaftoliqoqi  va 
olchaning  qurug‘idan  tayyorlashadi.  Xullas,  kompot  ichmabsiz,  dunyoga 
kelmabsiz...  Gapimni  tugatmasimdan  o‘tirgan  odamlar  sharaqlab  kulib 
yuborishdi. (X.To‘xtaboyev)  
Said  Ahmad  o‘zining  «Sinovchi  uchuvchi»  deb  nomlangan  hajviyasida 
ham  o‘xshash  talaffuzli  so‘zlar  vositasida  paronamaziyani  yuzaga  keltirgan: 
Muxbir  (mikrofonga).  Aziz  radio  tinglovchilar!  Har  bir  korxonaning 
mahsuloti  sifatini  aniqlaydigan  o‘z  sinovchilari  bo‘ladi.  Masalan:  yangi 
samolyotni  birinchi  uchirib  beradigan  uchuvchini  sinovchi-uchuvchi 
deydilar...  Mana,  qarshimizda  turgan  barvasta  qomatli,  qarashi  burgut 
nigohini  eslatadigan,  butun  vujudidan  kuch-g‘ayrat,  sadoqat,  vafo  sezilib 
turgan kishi mana shu zavodning sinovchi-ichuvchisidir... 
Birinchi parchadagi paronamaziyada ikkita o‘xshash so‘zning qahramon 
tarafidan farqlanmasligi, ya’ni ikkita alohida so‘z ma’nolarining qorishtirilishi 
natijasida  kulgili  holat  yuzaga  kelgan.  Ikkinchi  parchadagi  paronamaziyada 
esa    qahramon  kulgili  vaziyatni  yuzaga  keltirish  uchun  atayin  o‘xshash 
talaffuzli yangi konstruksiyani hosil qiladi.   


 
88 
   

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish