Tili va adabiyoti universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

O‘xshatish  deb  «ikki  narsa  yoki  voqea-hodisa  o‘rtasidagi 
o‘xshashlikka  asoslanib,  ularning  biri  orqali  ikkinchisining  belgisini, 
mohiyatini  to‘laroq,  konkretroq,  bo‘rttiribroq  ifodalash»ga  aytiladi. 
O‘xshatishlar  eng  qadimiy  tasviriy  vositalardan  biri  sifatida  nutqimizni, 
ayniqsa,  badiiy  adabiyot  tilini  bezashda,  tasvirning  aniqligi  va  obrazliligini 
ta’minlashda  foydalanib  kelinadi.  Adabiyotlarda  har  qanday  o‘xshatish 
munosabati tilda ifodalanar ekan, albatta, to‘rt unsur nazarda tutiladi, ya’ni: 1) 
o‘xshatish  sub’ekti;  2)  o‘xshatish  etaloni;  3)  o‘xshatish  asosi;  4) 
o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichlari. Masalan: Alisher tulkiday ayyor bola
Bunda:  Alisher  –  o‘xshatish  sub’ekti;  tulki  –  o‘xshatish  etaloni;  ayyor  – 
o‘xshatish  asosi;  -day  –  o‘xshatishning  shakliy  ko‘rsatkichi  hisoblanadi. 
Munavvara  Yoqubbekova  o‘zbek  xalq  qo‘shiqlari  lingvopoetikasiga 
bag‘ishlangan  monografiyasida  o‘xshatishning  yana  bir  unsuri  «o‘xshatish 
maqsadi»  ham  mavjudligini  ta’kidlagan.  O‘xshatish  etaloni  o‘xshatish 
konstruksiyaning  poetik  qimmatini,  estetik  salmog‘ini  belgilaydi.  O‘xshatish 
etaloni qanchalik original bo‘lsa, o‘xshatishli qurilma ham shu darajada ohorli 
bo‘ladi.  Badiiy  matndagi  o‘xshatishli  qurilmalar  tekshirilganda  ularni 
an’anaviy  va  xususiy-muallif  o‘xshatishlari  sifatida  tasniflash  kerak  bo‘ladi. 


 
105 
An’anaviy  o‘xshatishlar  og‘zaki  nutqda  ko‘p  ishlatiladigan,  shu  sababdan 
ta’sirchanligini  yo‘qotgan o‘xshatishlardir. Masalan: tulkiday ayyor, toshday 
qattiq, yuzlari oydek, ko‘zlari charosdek, qo‘yday yuvosh, otning qashqasiday 
ma’lum  kabilar.  Aslida  ko‘p  takrorlanishi  tufayli  «siyqasi  chiqqan»  deb 
baholanadigan  bunday  qurilmalarni  tasviriylik,  obrazlilik  maqsadiga  xizmat 
qildirish  yozuvchining  mahoratiga  bog‘liq.  Xususiy-muallif  o‘xshatishlari 
yozuvchining o‘z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, analogiya quvvati 
asosida  xalq  tilidan  foydalangan  holda  yaratgan  o‘xshatishlaridir.  Bunday 
o‘xshatishlarda  originallik,  obrazlilik  va  ekspressivlik  hamisha  yorqin 
ifodalangan  bo‘ladi.  Har  qanday  o‘xshatishdan  maqsad  tasavvur  qilinishi 
qiyin  bo‘lgan  tushunchalarni  konkretlashtirish,  mavhum  tushunchalarni 
aniqlashtirish,  narsa-hodisa,  harakat-holatlarning  eng  nozik  jihatlarini 
kitobxon ko‘zi o‘ngida go‘zal bo‘yoqlarda gavdalantirishdan iborat bo‘lmog‘i 
lozim.  Masalan:  Burungi  so‘fidan,  yaqindagina  kelib  bir  hafta  yotib  ketgan 
so‘fidan  asar  yo‘q.  Uning  rangi  machitning  jaydari  shamidek  sap-sariq... 
go‘yo  kasaldan  yaqindagina  bosh  ko‘targan.  Keltirilgan  misolda  so‘fining, 
ruhoniy  kishining  so‘ngan,  sarg‘aygan  rangi  masjidning  jaydari  shamiga 
o‘xshatilgan.  Ta’kidlash  lozimki,  yozuvchi  tasvirdagi  holat,  qahramon 
ruhiyati  uchun  favqulodda  muvofiq  o‘xshatish  etaloni  tanlagan,  ya’ni 
qahramon – ruhoniy, sham – masjidniki, qahramon – g‘arib, dardmand, sham 
–  jaydari,  arzonbaho,  qahramon  tuganmas  dard  bilan  adoyi  tamom  bo‘lib 
bormoqda,  sham  –  yonib  tugashning  ham  ramziy  ifodachisi.  Sap-sariq  sifati 
bilan  ifodalangan  o‘xshatish  asosidagi  belgi  benihoya  quyuqlashib  katta  bir 
dard shaklini olgan.        
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.Sintaktik parallelizm deganda nimani tushunasiz? 
2. Emotsional gap deb nimaga aytiladi? 
3.Ritorik so‘roq gap deb nimaga aytiladi? 
4.Inversiya deb nimaga aytiladi? 
5.Ellipsis haqida ma’lumot bering. 
6.Gradatsiya deganda nimani tushunasiz? 
7.Antiteza va oksyumoron badiiy matnga nima maqsadda olib kiriladi? 
8.Farqlash tasviriy vosita sifatida qanday uslubiy vazifa bajaradi? 
9.O‘xshatish haqida ma’lumot bering. 
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish