Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Madaniy karaxtlik.
Shaxsning oʻzga madaniy muhitga tushib qolishi natijasida yzuaga 
keluvchi emotsional, shuningdek, xatti-harakatga oid noqulayliklar. Lugʻat muallifi bilan 
suhbatlashganimizda bu termindan koʻngli toʻlmaganini aytgan. Ammo, bizningcha, bu termin 
oʻz oʻrnida. Chunki oʻzbek tilida “shok” soʻzini “karaxtlik” bilan ifodalash mumkin [9]. 
Lingvokulturologiya, tarjimashunoslik, qiyosiy tilshunoslik, madaniyatshunoslik, 
etnolingvistikaga doir tadqiqotlarda tillararo va madaniyatlararo farqlarni oʻrganishda realiya 
(*lotincha realis – “moddiy”, “haqiqatda mavjud”) terminidan foydalaniladi. Realiya terminiga 
dastlab Amerika Qoʻshma Shtatlari pedagogi K.H.Hendshin ta’rif bergan: “Realiyalar muayyan 
xalqning sivilizatsiyasi va madaniyatini tashkil etuvchi insonlar, tarix, institutlar, narsa-
buyumlardir”. Realiya madaniyatlar oʻrtasida asosiy farqlarni koʻrsatadi, shuning uchun ham 
unga beriladigan ta’riflar turlichadir. Koʻpchilik tadqiqotlarda realiya birliklar ekvivalentsiz 
leksika bilan sinonimik munosbatda talqin etiladi va quyidagicha ta’riflanadi. Xususan, realiya 
“…madaniyatda mavjud predmetlar, turli faktorlar, lingvistikaning turli tashqi tomonini tadqiq 
etuvchi, ya’ni biror mamlakatning hokimiyat tuzilishi, shu xalqning madaniyati va tarixi, shu 
tildagi muloqotda qoʻllanuvchi vositalar va bu vositalarni tilda aks ettiruvchi birliklar”, deb 
ta’riflanadi[10].
Terminologik neologizmlar ham leksik neologizmlar kabi qabul qilinishi qiyinroq 
kechadi. Bunga asosiy sabab, termin ifodalayotgan tushunchaning oldin yoʻq ekanligida. 
Terminologik neologizmlar deyarli barcha sohada mavjud boʻladi. Shu jumladan, oʻzbek 
tilshunosligidagi terminologik neologizmlarning ba’zilarini koʻrib chiqdik. Bu terminlar asosiy 
neologizmlar edi. Bulardan tashqari ham juda koʻplab yangi paydo boʻlgan terminlar mavjud va 
ular ham sekin-asta oʻzbek tilshunosligi terminlari qatoridan joy egallamoqda.
20-40-yillardagi va hozirgi kundagi terminlarning shaklan farqli ekanligi. Bu kabi 
terminlar kamroq boʻlsa-da, mavjud. Masalan, 
sufat (sifat), kichiklangan (kichraytirish), 
sanalmishsiz son (jamlovchi son), hal (hol), tovish (tovush), soʻrov (soʻroq), shovqun (shovqin), 
uyushqon (uyushiq)
va boshqalar. Tilshunoslik rivojlanishi bilan yangi terminlarning paydo 


441 
boʻlishi yoki terminlarning parallel qoʻllanishi kuzatiladi. Demak, oʻzbek tilidagi tilshunoslik 
terminlari oʻz taraqqiyoti yoʻlida bir qancha muqobil nomlar bilan atalganki, bu, oʻz navbatida, 
terminlar sinonimiyasining yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Hozirgi darsliklargacha yetib kelgan 
lingvistik terminlarning ayrimlari fonetik, leksik va morfologik oʻzgarishlarga uchragan[8]. 
Terminologiya sohasi uchun arxaizmlik xususiyati xos emas. Chunki ishlatilmaydigan
termin qaysidir tilda mavjud boʻlishi mumkin. Masalan, 20-40-yillarda qoʻllangan oʻzbek 
tilshunosligi terminlarining qaysidirlari hozirgi kunda ishlatilmaydi. Undan oldingi davrlar 
terminlarida ham bu holatni kuzatish mumkin. Oʻzbek tilshunosligi terminlari ichida oʻzga 
tillardan olingan terminlar koʻp. Ma’lumki, dastlabgi tilshunoslik terminlari arab tilidan olingan 
va bularning koʻpchiligi hozirgi kunda ishlatilmaydi, arxaizmga aylangan. Masalan, 
sarf, salt 
fe’li, maf’ul, foil, kuma, adad, odot, mufrad, mujarrid, zamir, ismi ishorad, ahvoli ism, mosdor, 
adavat, lafz, savt, savtiy
va boshqalar. Koʻrinib turganidek, bu terminlarning hozirgi muqobilisiz 
berilsa, begona terminday tuyiladi, bu terminlarni tushunmaysiz. Shunga koʻra bu terminlarni 
terminologik arxaizmlarga misol qilib keltirish mumkin[1].

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish