Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Ushbu tadqiqotning natijalaridan oʻzbek tilshunosligi terminologiyasining keyingi davri
uchun asos sifatida foydalinilishi kutilgan.
Mustaqillik davri oʻzbek tilshunosligi terminologik neologizm va arxaizmlar
Soʻzning tarkibi uzaygan sayin uning qisqalikka intilish tamoyili terminlarda ham aniq
seziladi, chunki tejamlilik tilshunoslikning boshqa qismlariga qaraganda terminologiyada ancha
faol va yetakchi. Bunga sabab terminologiyadagi talab, ya’ni terminlarning aniq va qisqa
boʻlishidir[5].
Ma’lumki, termin tushuncha mohiyatini qanchalik aniq va toʻliq ifodalasa, u shakl
jihatdan murakkab, ya’ni bir necha komponentli terminlarning vujudga kelishiga sabab boʻladi.
Demak, har bir sohada terminlarni tartibga solib turish uzluksiz jarayon ekan, terminologik
tamoyillar va me’yorlarga amal qilish bosh mezon boʻlmogʻi kerak.
Har qanday sohada ham yangi bir tushunchaning paydo boʻlishi va uni tilda ifodalash
zaruriyati tufayli terminlar shakllanishining ilk bosqichida sinonimiyaning vujudga kelishi tabiiy
*
*
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU o‘qituvchisi, faridasaidova95@gmail.com
439
bir bosqich hisoblanadi, Eng asosiysi, ularni tartibga solishda tushuncha yoki predmetning eng
xarakterli tomonini, vazifasini, ijtimoiy mohiyati va qimmatini ifodalagan termini tanlab olishda.
Mutaxassislar terminologiyadagi sinonimiya eng birinchi va eng qusurli hodisa ekanligini
alohida ta’kidlaydilar. Sinonimik qatordan terminni tanlashda, aniqlik, qisqalik mezonlari asosiy
oʻrinni egallaydi.
Fan va texnikaning turli sohalariga oid xalqaro terminlarning aksariyati jahon tillarining
koʻpchiligida ancha ustuvor holda qoʻllanilib kelayotgan boʻlishiga qaramay, ularga oʻzbekcha
muqobil topishga harakat qilishni ijobiy holat deb boʻlmaydi. Buni ikki holat bilan izohlash
mumkin. Birinchidan, har qanday termin ma’lum bir sohadagi tushunchani ifodalash uchun
qoʻllanar ekan, u oʻsha fanning kommunikativ birligi hisoblanadi. Ikkinchidan, har qanday fan
dunyoviy boʻlib, fanni ilmiylashtirish mantiqsizlikdir. Ma’lumki, bir terminni alamshtirishda
eng asosiy mezon uning muqobili shu soʻz anglatayotgan barcha ma’nolarni qoplashi va
terminologik talablarga javob berishi kerak.
Ba’zan sinonim sifatida qoʻllangan terminlar oʻzaro farqlanadi. Natijada ular oʻrtasidagi
sinonimiya bartaraf etilib, har ikkala termin ham bir tushunchaga bir termin tarzida qoʻllana
boshlaydi. Har ikki terminning terminologik tizimdan joy egallashini ta’kidlagan N.Mahmudov
shunday yozadi: “Tilshunoslikda “olinma soʻz” va “oʻzlashtirma soʻz” terminlarining parallel
qoʻllanishi kuzatiladi. Aslida bu terminlarni bir-biridan farqlagan holda ishlatish maqsadga
muvofiq. Agar xorijiy soʻz beruvchi tilda qanday boʻlsa, oluvchi tilda ham oʻshanday (va oluvchi
til fonetik qonuniyatlariga uygʻunlashmagan) boʻlsa, bunday xorijiy soʻni “olinma soʻz” termini
bilan nomlash toʻgʻri boʻlar ekan, chunki xorijiy soʻz aynan olingan. Agar xorijiy soʻz oluvchi
til fonetik qonuniyatlariga moslashtirib (yoki aslan fonetik tarkibi uygʻun)olingan boʻlsa,
“oʻzlashtirma soʻz” terminini qoʻllash hodisa mihiyatiga mos keladi, chunki xorijiy soʻz bunday
holatda oʻzlashtirilgan, ya’ni oluvchi tilning oʻziniki qilib olingan boʻladi. Xorijiy soʻz ayni shu
ikkinchi holatdagiday oʻzlashtirilsa, tilning yaxlit milliy tabiati zaxa yemaydi, til lugʻat
boyligining umumiy milliy tusiga kata ta’sir boʻlmaydi, tilning milliy tarovatisogʻlom
saqlanadi”[6]. Oʻtgan asrning 20-40-yillarida yaratilgan ona tili darsliklarida qoʻllangan
terminlarni 50-yillardan hozirgacha boʻlgan davrdagi darsliklar, tilshunoslikka oid boshqa
manbalarda ishlatilgan va ishlatilayotgan terminlar bilan qiyosiy oʻrganish natijasida qator
umumiylik hamda farqli tomonlarning mavjudligi ma’lum boʻldi.
Terminologik tizimda hali-hanuz sinonimlik, dubletlik muammolari mavjud. Oʻzbek
tilidagi lingvistik terminlarni davriy ketma-ketlikda oʻrganishdan shu ma’lum boʻldiki, terminlar
oʻrtasidagi sinonimiya ularning ikki davrga mansubligidan yuzaga kelgan. Mustaqillikdan
oldingi va keying davrlarda yaratilgan ona tilidarsligi va qoʻllanmalar kuzatilganda, birgina
lingvistik tushunchaning turli terminlar-sinonimlar bilan atalgani ma’lum boʻladi:
avtor-muallif,
terminologiya-atamashunoslik, lingvistika-tilshunoslik, mimeka-taqlid soʻz, pauza – toʻxtam,
affiks – qoʻshimcha, fe’l nisbatlari-fe’l darajalari, morfemika-soʻz tarkibi, termin – atama,
ibora- frazeologizm
va boshqalar. Biz lingvistik terminlardagi sinonimlikni tarixiy lingvistik
manbalar va hzoirgi lingvistik manbalar misolida ham tadqiq qilishga harakat qildik. “Sarf” va
boshqa darsliklarda qoʻllangan terminlarni hozirgi kunda ishlatilmay, iste’moldan chiqrilgan
hamda iste’molda mavjud boʻlgan yoki hozir ham parallel qoʻllanayotgan terminlarga boʻlish
mumkin. Demak, terminologiyada sinonimiya ijobiy hodisa sanalmasa ham mavjud. Ulardan biri
vaqt oʻtishi bilan tushuncha mohiyatini aniq ifoda etishiga qarab yashab qoladi, qolganlari
iste’moldan chiqib ketadi yoki oldin qoʻllangan terminlar qaytadan faollashib (ism terminida shu
holat yuz bergan), ilmiy muomalaga qaytadi[1].
Oʻzbek tilshunosligida lingvokulturologik terminlarga bagʻishlangan ilk lugʻat
D.Xudoyberganova tomonidan ishlab chiqilgan. “Lingvokulturologik terminlarning qisqacha
izohli lugʻati” deb nomlangan lugʻat soha terminlarini toʻliq qamrab olmagan. Ushbu lugʻat
asosida oʻzbek tilshunosligi zamonaviy yoʻnalishi bilan kirib kelgan terminlarni tahlil qilsak.
440
Do'stlaringiz bilan baham: |