Tili va adabiyoti universiteti


Mustaqillik davri oʻzbek tilshunosligi terminologik ma’no kengayishi, ma’no



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Mustaqillik davri oʻzbek tilshunosligi terminologik ma’no kengayishi, ma’no 
torayishi va nofaol terminlar 
 
Mustaqillik davrida oʻzbek tilshunosligi katta yutuqlarga erishdi: tilshunoslikning barcha 
sohalari boʻyicha jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi, hozirgi oʻzbek adabiy tili sathlari doirasida 
eng dolzarb, muhim hamda murakkab mavzular, masalalarni hal etishga doir koʻplab ishlar 
qilindi. Ma’lumki, tilshunoslik taraqqiyoti uning terminologiyasi taraqqiyotini ham belgilaydi 
(bu narsa aks aloqadorlik holatida boʻlishi ham mumkin). Shunday ekan, oʻzbek 
tilshunosligidagi barcha oʻzgarishlar uning terminologiyasida oʻz ifodasini topmay iloji yoʻq. 
 
Bugungi kunda oʻzbek tilshunosligi eng rivojlangan tilshunosliklardan biridir. 
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi barcha sohalarda boʻlgani kabi til taraqqiyoti bilan 
bogʻliq masalalarni hal qilishning ham jadallashuviga imkon yaratdi. Oʻzbek tilshunosligi 
terminologiyasida boʻlgan oʻzarishlar koʻplab sohalar bilan aloqador boʻlganligidandir. Ilm-
fanning rivojlanishi yangi sohalarni vujudga kelishiga asos boʻlib xizmat qiladi. Masalan 
sotsiologiya va tilshunoslik, psixologiya va tilshunoslik, komyuter va tilshunoslik, 
madaniyatshunoslik va tilshunoslik va hokazo. Demak, tilshunoslik bilan aloqador har bir sohaga 
oid termin endi tilshunoslikda ham uchraydi. Masalan, 
reaksiya, stimul, signal, psixik holat, 
eksperimantallik, nutqiy akt
va boshqalar.
Termin, avvalo, soʻz demakdir. Shunday ekan, terminlarda ma’no kengayishi va ma’no 
torayishi hodisalari kuzatiladi. Ma’no kengayishi va torayishi metafora hodisasi bilan ham, 
omonimlik hodisasi bilan bogʻliq.
Ma’lumki, terminlarda omonimlik hodisasi mavjud. Masalan, - oʻzak- 1)oʻsimlik poyasi 
va ildizining koʻpincha yumshoq toʻqimadan iborat boʻladigan ichki qismi; 2)daraxt, buta 
kabilarning tanasi; 3) ildizmevaning oʻrta qismi; 4) elektromagnit va sh.k.ning oʻz ichiga, 
oʻrtasiga oʻrnatilgan qismi; 5) Soʻzning asl ma’nosini bildirib, yangi soʻz yasalishiga asos 
boʻladigan,soʻz yasovchi qoʻshiladigan eng kichik qism; soʻz yasalish asosi[11]. 
Yuqoridagi misollar qatorini davom ettirishimiz mumkin. Bunday terminlar juda koʻplab 
uchraydi. Terminlarga xos bu xususiyat terminologik ma’no torayishi va ma’no kengayishi 
hodisalarini keltirib chiqaradi. Quyida shu hodisalarga misollar keltirib, dalillashga harakat 
qilamiz.
Soʻz
terminida biz ma’no torayishini kuzatishimiz mumkin. 
Soʻz
termini oʻzbek 
tilshunosligida dastlabki keng qamrovli termin, tushunchalardan biri hisoblangan. Soʻz termini 
birinchi oʻrinda boʻlgan. Sistem struktur tilshunoslik paydo boʻlgandan keyin, soʻz termini 
izohlayotgan ma’no ancha toraydi. Endi uni ongdagi aksi leksema deb yuritila boshladi. Demak, 
soʻz endilikda leksemaning nutqdagi koʻrinishi hisoblanadi. Bu hodisa 
tovush, gap
kabi 
terminlarga ham xos xususiyatdir.


442 
Ammo 
tovush 
terminida boshqacha ma’no torayishi ham kuzatiladi. Masalan, bizni oʻrab 
turgan borliqdan eshitilayotgan har qanday sas bu tovush hisoblanadi. Ma’lumki, tovushlar bir 
necha xil boʻladi. Shulardan biri nutqiy tovushlar hisoblanadi. Nutqiy tovushlar terminida 
ishtirok etayotgan tovush soʻzida ma’no torayga. Endi u faqat nutqqagina xos boʻlgan 
tovushlarni ifodalaydi, xolos.
Valentlik
terminida ma’no kengayishi hodisasini kuzatishimiz mumkin. Valentlik asli 
kimyo sohasiga xos xususiyat boʻlib, uning ma’nosi kengayib tilshunoslik sohasida ham 
qoʻllanila boshlagan. 
Determinant
termini ham xuddi shunday terminlardan biri. Determinant 
matematika sohasiga oid termin boʻlishiga qaramay, tilshunoslikda oʻz oʻrnini topgan.
Hozirgi zamonaviy tilshunosligimizda ma’no kengayish hodisasi asosida kirib kelgan 
terminlar koʻplab uchraydi. Psixolingvistika, Kognitiv tilshunoslik, Lingvokulturologiya, 
Sotsiolingvistika kabi sohalarda yangi terminlar paydo boʻlgan. Ammo bu terminlar qaysidir 
sohada oldindan mavjud boʻlgan. Masalan, reaksiya termini, psixolingvistikada koʻp ishlatiladi. 
Insonga nimadir ta’sir etishi bilan oʻsha narsaga reaksiya paydo boʻladi, ya’ni shaxs javob 
beradi, soʻzlaydi. Yoki 
gender
terminini olaylik. Gender termini dastlab, biologiya, keyinchalik 
sotsiologiya uchun xos termin hisoblangan. Hozirgi kunda gender tilshunosligining 
rivojlanayotganligi gender terminining tilshunoslik terminiga ham aylanayotganini koʻrsatib 
turibdi.
Har qanday amaldagi til doim rivojlanib, takomillashib boradi. Bu oʻz navbatida 
terminologik tizimga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi, yangi tushunchalar, terminlar vujudga keladi. 
Ba’zan davr uchun mos kelmaydigan, ijtimoiy yaroqsiz narsa (predmet)lar oʻzi ifodalayotgan 
tushuncha(termin) bilan birga eskiradi va foydalanilmaydi. Bulardan birinchisi, terminologik 
neologizmlar, ikkinchisi terminologik arxaizmlar hisoblanadi. Terminologik arxaizmlar kamdan 
kam uchrashi terminologiya sohasining oʻziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bunga 
terminlardagi sinonimiya hodisasi asosiy sababdir. Chunki har bir mutaxassis oʻzi uchun ma’qul 
boʻlgan terminni qoʻllaydi. Shuning uchun ham terminlarning yoʻqolishi, eskirishi koʻp 
uchraydigan hodisa emas. 
Ma’lumki, oʻzbek tilshunosligi shakllanish tarixi mobaynida turli tillar ta’siri kuzatilgan. 
Xalifalik davri, Temuriylar davri, shoʻrolar davri oʻzbek tilshunosligi hozirgi oʻzbek 
tilshunosligi uchun asos vazifasini oʻtagan. Dunyoda hech bir til yoʻqki, bir biridan soʻz 
oʻzlashtirmasa, soʻz olmasa. Muloqot, ehtiyoj bor ekan, bu almashinuv davom etadi. Shu 
jihatdan til boyiydi, tilda yangi tushunchalar paydo boʻladi. Terminlarni qabul qilishda esa 
mutaxassislar ehtiyotkor boʻlishni ta’kidlaydilar. Chunki termin aniq, loʻnda va qisqa, xalq 
uchun foydali, qabul qilinishi oson boʻlishi, tezda muloqotga kirishi lozim.
Har qanday sohada ham yangi bir tushunchaning paydo boʻlishi va uni tilda ifodalash 
zaruriyati tufayli terminlar shakllanishining ilk bosqichida sinonimiyaning vujudga kelishi tabiiy 
bir bosqich hisoblanadi. Eng asosiysi, ularni tartibga solishda tushuncha yoki predmetning eng 
xarakterli tomonini, vazifasini, ijtimoiy mohiyati va qimmatini ifodalagan terminni tanlab 
olishda. 
Terminologiya bu tez oʻzgaruvchan, leksikasi boy soha hisoblanadi. Oʻzbek 
tilshunosligida, balki boshqa sohalarda ham terminlarni oʻzlashtirish, ularni iste’moldan chiqarib 
tashlash tezda hal qilinadigan masala emas.
Masalan, “1) bor deb qaralgan narsa (hodisa)ning, tushunchaning yoʻq ekanligi ma’lum 
boʻladi, natijada, uning ifodasi uchun qoʻllangan termin ham iste’moldan chiqadi. “Oʻzak”, 
“negiz” terminlari va ular ifodalagan “tushunchaning taqdiri bunga misol boʻla oladi, ya’ni, 
jumladan, oʻzbek tilshunosligi taraqqiyotining keyingi davrlarida oʻzak va negiz deb atalishi 
mumkin boʻlgan tushunchaning yoʻqligi ma’lum boʻldi va bu terminlar iste’moldan chiqdi. 
Mavjud ilmiy tushuncha uchun qoʻllangan termin uning mohiyatini aniq ifodalay olmasligi 
mumkin” . 


443 
1930-yillarda Abdurauf Fitrat tomonidan oʻzbek tilshunosligiga kiritilgan oʻzak termini 
hozir ham ishlatilmoqda. Bugungi kunga kelib oʻzak va negiz tushunchasining yoʻqligi uchun 
ularni ifodalovchi terminlar iste’moldan chiqdi deb hukm chiqarish munozarali. Oʻzak soʻzi 
anglatayotgan tushuncha yoʻqligini asoslash kerak boʻladi. Bizning fikrimizcha, bu qarash
ilmiy asosga ega emas. Shu sababli oʻzak termini hamon ishlatilmoqda. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish