Tili va adabiyoti universiteti


Mustaqillik davrida Oʻzbekistonda alifbo va imlo masalalari: muammolar va yechimlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Mustaqillik davrida Oʻzbekistonda alifbo va imlo masalalari: muammolar va yechimlar 
Problems of alphabet and spelling during the independence of uzbekistan 
 
Zaripov Rafiqjon Ergashboy oʻgʻli
*
*
 
Annotation.
After the independence of our republic, innovations in all spheres have 
increased. The adoption of the Law of the Republic of Uzbekistan "On the State Language" has 
played an important role in the development of the Uzbek language. The emphasis on our native 
language was also reflected in the writing, which means that the writing was improved. During 
the years of independence, the transition from the Cyrillic alphabet to the Latin script was made, 
and the Uzbek Latin alphabet was improved, creating the basis for the full expression of the 
potential of the Uzbek language. Our study analyzes the work done during the years of 
independence on the development of the Uzbek Latin alphabet, and provides feedback on the 
problems that have arisen in recent years. 
Key words:
alphabet, spelling, Latin script, Cyrillic alphabet, state language, Uzbek 
language, law, language policy. 
 
80-yillar oʻrtalaridan ommaning oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish yoʻlidagi faol 
harakatlari boshlandi. Ushbu urinishlar hosilasi sifatida 1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tili 
taraqqiyotida tarixiy hodisa boʻlmish “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston 
Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunining 1989-yilgi nashri 30 moddadan iborat 
edi. Istiqlol qoʻlga kiritilgach yillar davomida ushbu qonun amalda boʻlib keldi. Davlat ishlarida 
ikki til teng maqomda qoʻllanildi. Keyinchalik oʻzbek tilining nufuzini koʻtarish ehtiyoji yuzaga 
keldi. Buning natijasida 1995-yil 21-dekabrda ushbu qonun yangi tahrirda zamon talablari 
asosida tahrirlanib qabul qilindi. Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat 
tili haqida”gi Qonunga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston 
Respublikasining Qonuni[5] 24 moddadan iborat boʻldi. Shu kabi qator oʻzgarishlar kiritilgan 
qonun oʻzbek tilining yuqori suratda rivoji uchun keng yoʻl ochdi.
Mamlakatimizda oʻzbek tilining huquqiy me’yorlari belgilanishi bilan birga alifbo va 
imlo masalalari ham qonuniy tartibga solindi. 
Mustaqillikning ilk yillarida yurtimizda amalda krill alifbosidan foydalanilar edi. 
Keyinroq lotin yozuviga oʻtish masalasi kun tartibiga koʻtarildi. Buning qator sabablari mavjud 
*
*
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU doktoranti, 
zaripovrafiqjon1@gmail.com
 


451 
boʻlgan. Jumladan, oʻzbek tilining imkoniyatlari krill alifbosidan koʻra lotin yozuvida toʻlaroq, 
kengroq ifodalanishida edi. Shunday qilib mamlakatimizda 1993-yil 2-sentyabrda “Lotin 
yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 
Qonuni[3] qabul qilindi. Unga koʻra yurtimizda lotin alifbosida faoliyat olib borish belgilangan 
edi. Oʻzbek-lotin alifbosining ushbu versiyasi 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat 
boʻlgan. Keyingi tahrirda alifbodagi harflar soni, ayrim harflar imlosi oʻzgartirilib, qoʻshimcha 
belgilar kiritilgan. Koʻrsatilgan sanada yuqoridagi qonun bilan birga “Lotin yozuviga asoslangan 
oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish 
tartibi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori[6] e’lon qilindi. Ushbu 
qarorda lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish tartiblari belgilangan. Qaror 9 banddan iborat 
boʻlib lotin yozuviga oʻtish masalalari aniq koʻrsatilgan edi.
1994-yil 16-iyunga kelib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin 
yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi 
Qonunini amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 
qarori[7] e’lon qilindi. Ushbu qarorda ham lotin alifbosini joriy etish masalalariga bogʻliq qator 
ishlar belgilangan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan 1995-yil 6-mayda Oʻzbekiston 
Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi 
qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni[8] e’lon qilinib, 
unga muvofiq ayrim bandlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Oʻzgartirish kiritilgan bandlarga e‘tibor qaratsak. Qonunning 1-moddasiga binoan 1993-
yilgi nashrning birinchi moddasi quyidagicha oʻzgartirilgan: 
1-moddadagi 
“31 harf va 1 tutuq 
belgisi (apostrof)dan” soʻzlari “26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan” soʻzlari bilan 
almashtirilsin[8]. Bundan namoyon boʻladiki, alifbodagi harflar soni 26 taga tushirilib, uchta 
birikma holidagi harflar kiritilgan. 
Qonunning 1995-yilgi tahrirdagi ayrim harflar 1995-yil tahririning 2-moddasiga koʻra, S 
s, Ɉ ɉ harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin[8] deb belgilanib, alifbodan 
chiqarilgan.
Shuningdek, qonunning uchinchi bandiga binoan ayrim harflarning ifodalanishiga 
oʻzgartirishlar kiritilgan: Ō ō harfi Ơ ơ shaklida, Ḡ ḡ harfi Gʻ gʻ shaklida, Ş ş harfi Sh sh 
shaklida. Ç ς harfi Ch ch shaklida. N̅ n̅ harfi Ng ng shaklida. Q harf belgisi q shaklida 
ifodalansin[8] deb belgilangan.
Qonunning 4-moddasida A a, I i, G g, Gʻ gʻ, Q q, Ơ ơ, Z z harflari va Sh sh harflar 
birikmasining yozma shakli tegishlicha A a, I i, G g, Ğ ğ, Q q, Ơ ơ, Z z, Sh sh tarzida 
ifodalansin[8] deb belgilanishi qayd etilgan harflarning ifodalanishida oʻzgarishlar yuzaga 
kelishiga sabab boʻldi.
Aytish mumkinki, ushbu oʻzgarishlar alifbo va imlo masalalarining takomili uchun 
xizmat qildi. Ammo soʻnggi yillarda mukammal deb qaralgan alifboning ushbu tahririda ham 
nuqsonlar vujudga kela boshladi.
1995-yil xuddi shu sanada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Lotin yozuviga 
asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini 
amalga kiritish tartibi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga oʻzgartirishlar 
kiritish toʻgʻrisidagi qarori[9] e’lon qilindi. Unga koʻra oldingi nashrdagi ayrim bandlarga 
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Shuningdek, “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini 
joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori 3-bandida 1995-yil davomida oʻzbek 
orfografiyasining yangi qoidalarini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi muhokamasiga taqdim etsin[10] deb belgilab qoʻyilgan edi. Shunga muvofiq 1995-
yil 24-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbek tilining asosiy imlo 


452 
qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori[11] e’lon qilindi. Unga koʻra oʻzbek tilining asosiy imlo 
qoidalari tasdiqlandi.
Lotin yozuvini takomillashtirishga qaratilgan ishlar 1993-yildan, 1996-yilga qadar jadal 
sur’atda davom etdi. 1996-yil 19-martda bu boradagi ishlarning soʻnggi nuqtasi boʻlib koʻringan 
yana bir qonun hujjati Vazirlar mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini 
joriy etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishni ta’minlash 
yuzasidan 
davlat dasturini 
tasdiqlash 
haqida” 
1994-yil 
16-iyundagi 
304-
son 
qaroriga 
oʻzgartirishlar 
kiritish 
toʻgʻrisida 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining Qarori[12] qabul qilindi. Ushbu qarorda alifbo masalalarining mukammal 
koʻrinishdagi yechimlari belgilangan edi. Keyinchalik koʻrsatilgan yechimlar alifbo va imlo 
muammolarini bartaraf etish uchun yetarli emasligi koʻrindi.
Birgina lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish masalasi turli xil sabablar bilan orqaga 
surib kelinmoqda, 1993-yil tahrirda ushbu masala 2000-yilgacha tugallansin deyilgan boʻlsa, 
1995-yilgi tahrirda 2005-yil etib belgilandi. Keyinchalik koʻrsatilgan muddat 2010-yil 1-sentabr 
etib belgilangan boʻlsa-da, 2020-yilga kelib ham nihoyasiga yetkazilmadi.
Soʻnggi yillarda taraqqiyot yuksalib, globallashuv hodisalari kuchaydi, internet tarmogʻi 
kengaydi, texnologiyalar insonlar hayotiga jadal kirib bordi, insonlarning ong-u tafakkuri, 
fikrlashi, yashash tarzi, jamiyat, qoʻyingki, butun dunyo yuqori sur’atlarda ravnaq topib 
bormoqda. Boʻlayotgan oʻzgarishlar esa xalqlarning tilida oʻz ifodasini topmoqda. Tillar ham 
tezkor svilizatsiya va globallashuv davrida qator oʻzgarishlarga yuz tutmoqda. Oʻzbekiston 
hukumati tomonidan davlat tilini rivojlantirish uchun qator imkoniyatlar yaratib berilmoqda. 
Oʻzbek tili taraqqiyoti yoʻlida koʻplab salmoqli ishlarning soʻnggi yillarda oshganligi, ilmiy 
izlanishlarning soni va sifati ortganligi ona tilimizning imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, 
nufuzining yanada yuksalishiga xizmat qildi. Ammo oʻzbek tilini yanada yuksalishi uchun 
qilinadigan ishlar talaygina. Bu yoʻlda yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Ushbu 
muammolarni tezlik bilan bartaraf etilmas ekan, ona tilimizning yuksalishi dunyoning yuqori 
sur’atdagi taraqqiyotidan ortda qolishi mumkin. Ana shunday muammoli masalalardan biri bu 
bugungi kunga kelib dolzarb muammolar sirasida turgan alifbo islohidir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, krill alifbosidan voz kechib lotin yozuviga oʻtishi 
nazarda tutilgan. Buning uchun esa bir necha amaliy harakatlar boshlangan edi. Lotin alifbosini 
joriy etish borasidagi qilingan ishlar, qabul qilingan qonun hujjatlari yuzasidan yuqorida qator 
fikrlarni bildirdik. Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi. Shuncha harakatlar amalga oshirilgan boʻlsada, 
nima uchun ushbu alifboga toʻliq oʻtishda haligacha sustkashlikka yoʻl qoʻyib kelinmoqda? Bu 
borada jamoatchilik orasida ham koʻplab muhokamalar keyingi 5 yil ichida kuchaydi. Ba’zilar 
buning sababini hukumatning qa’tiy qonun qabul qilmayotganligi, davlat tomonidan lotin 
yozuviga oʻtish bilan bogʻliq islohotlar sustkashlik bilan amalga oshirilayotganligi bilan 
bogʻlasa, ba’zilar bu holni mamlakatimizda, ayniqsa, yoshi kattalar orasida lotin yozuvidan koʻra 
krill alifbosida yozish va oʻqishni yaxshi oʻzlashtirgan shaxslarning koʻp ekani bilan izohlaydi, 
kimdir buni moliyaviy imkoniyatlar bilan bogʻlamoqda, kimdir esa krill yozuvidagi 
manbaalarning lotin yozuviga oʻgirishda muammolar yuzaga kelishini ta’kidlab bu harakatlar 
amalga oshirilmayotganligi haqida turli fikrlarni, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirmoqda.
Nazarimizda, bunday iddaolarning barchasining ortida qaysidir darajada haqiqat yotadi. 
Lotin alifbosini joriy etish masalasida har qanday muammoni bartaraf etish mumkin. Bizning bu 
boradagi harakatlarimiz kelajak avlodlar bunday muammo bilan yuzlashmasliklari va faqatgina 
bu ishlarni yanada yuksaltirish uchun harakatlarni amalga oshirishlariga zamin yaratadi. Bu 
masalaning qanchalik ortga surilishi shunchalik taraqqiyotga monelik qilishimizga olib kelishi 
aniq.
Keyingi yillarda krill alifbosidan lotin alifbosiga oʻtish muammosi bilan birga yurtimizda 
qabul qilingan lotin alifbosida ham qator kamchiliklar mavjudligi yuzaga chiqdi. Yillar 
davomida bir alifbodan boshqasiga oʻtishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilib kelindi, buning oqibatida 


453 
qator muammolar haligacha yuzaga kelmoqda. Oʻzbek-lotin alifbosining ham mukammal 
emasligi alifboni qoʻllashda muammolar shakllanishiga olib keldi. Aytishimiz mumkinki, lotin 
yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi boshidayoq muammoli boʻlgan, ammo oʻsha davr nuqtayi 
nazaridan olganda alifbodagi harflar hech qanday munozaraga sabab boʻlmaydi deb hisoblangan. 
Bugungi kunga kelib internet, texnologiyar insoniyat hayotiga kirib kelgan paytda ushbu 
alifbodagi harflarning barchasi ham mukammal va qulay emasligi koʻzga tashlandi. Hozirgi 
svilizatsiya va globallashuv davrida qulaylik, mukammallik alohida ahamiyatga ega. Shuning 
uchun ham alifbo harflari har tomonlama imkoniyati keng boʻlishi darkor. Respublikamizda lotin 
yozuvidagi ayrim harflar jumladan Sh Ch Oʻ Gʻ harflari xalqimiz orasida yozuv masalasida 
muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu jihatlarni bartaraf etish uchun esa oʻzbek-lotin alifbosi 
islohoti oʻtkazish maqsadga muvofiq ekani, shu orqali alifbodagi ayrim harflar 
mukammallashtirilishi koʻplab mutaxasislar tomonidan ta’kidlanmoqda. Haqiqatdan ham 
alifbodagi ayrim harflar yuzasidan islohotlar oʻtkazish xalqimizning mukammal alifboga ega 
boʻlishiga olib keladi. Bu taxnologiyalar olamida ham oʻzbek tili oʻz oʻrniga tezroq ega boʻlishi 
uchun asosiy omil boʻlib xizmat qiladi.
Alifbo islohi masalasi 2016-yildan boshlab respublikada ommaviy muhokamalarga sabab 
boʻldi. Hukumatimiz ham shu yildan boshlab til, alifbo va imlo masalalarida qator harakatlarni 
amalga oshirishni jadallashtirdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va 
adabiyoti universitetining faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi bu ishlarning amaliy misolidir. Qayd 
etish joizki, ushbu universitetda oʻzbek tilining har tomonlama rivojlanish bosqichlari taraqqiyot 
yoʻllari tadqiq etilmoqda.
Mamlakatimizda alifbo islohi masalasi ham ushbu universitetning tashkil etilishi bilan 
uzviy bogʻliq. Chunki muassasada respublikamizdagi yetakchi til va adabiyot namoyondalari oʻz 
faoliyatini yoʻlga qoʻydilar. Keyinchalik davlatimiz tomonidan ularga mavjud imkoniyatlardan 
kelib chiqib til, alifbo, imlo masalalaridagi yangicha takliflar ishlab chiqilib hukumatga taqdim 
etish borasida qator topshiriqlar berildi.
2018-yil 15-mayda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi X. Sultonov tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan 
oʻzbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish boʻyicha harakatlar rejasi» 
tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018-yil 17-iyul 
kuni oʻtkazilgan majlis bayonining 28-bandida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini 
tanqidiy qayta koʻrib chiqish va uning qoʻllanishini osonlashtirish, oʻzbek tilining oʻziga xos 
xususiyatlariga yanada moslashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi.
Ushbu jihatlar inobatga olinib, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili 
va adabiyoti universiteti huzurida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini isloh qilish 
boʻyicha ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tarkibiga oʻz sohasining koʻzga koʻringan 
mutaxasislari, lingvistlar, adabiyotshunoslar, faylasuflar va jamoat arboblari jalb qilindi. Ishchi 
guruhga ikki yil davomida qator takliflar kelib tushdi. Ular asosida alifbo loyihalarining bir 
necha varianti ishlab chiqildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshida 
tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan bir necha alifbo loyihalarini yagona 
variantga keltirish, yuqorida qayd etilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 22-
oktaabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 
«Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini keng joriy etish va takomillashtirish 
muammolari»[1] deb nomlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Konfrensiyada til, alifbo va imlo masalalariga oid turli xil takliflar, fikrlar bayon qilindi. 
E’tibor markazida boʻlgan masalalardan, alifbodagi chalkashliklarga sabab boʻlayotgan toʻrt 
harfni isloh etish muammosi koʻrildi va quyidagi kabi fikrlar bayon etildi: «Eng kamida, 
alifbodagi toʻrtta muammoli harfni isloh qilishimiz shart, chunki ular tufayli oʻqish-yozishga 
doir va boshqa texnik muammolar, chigalliklar yuzaga kelyapti»[1] . 


454 
«Muammoli harflar» alifbomizdagi Gʻ, Oʻ harflari va Sh, Ch harfiy birikmalari. 
Harflarning muammolari va yechimlariga e’tibor qarataylik.
Oʻ va Gʻ harflardagi maxsus belgilar unikal emas — bitta belgi har xil yozilmoqda, 
shuning uchun ham muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu harfni ifodalashda ishchi guruh 
koʻrsatgan belgilardan eng toʻgʻrisi — okina (teskari vergul) belgisi. Ammo koʻp hollarda ushbu 
belgining oʻrniga chap bir tirnoq belgisidan foydalanamiz.
Oʻ va Gʻ harflari muammoli boʻlib, misol: Word dasturida bu harflarni yozish uchun ikki 
murakkab usuldan foydalanish mumkin: A) alohida raqamlar paneli bor klaviaturada avval 
O yoki G harfini yozib, keyin Alt + 0145 tugmalari birikmasini bosish orqali yoziladi; B) avval 
O yoki G harfini yozib, keyin bitta boʻsh joy (probel) tashlab, Enter tugmasining chap tomonida 
joylashgan apostrof tugmasi bosilsa, bizga kerakli chap bir tirnoq (teskari bir tirnoq ham 
deyiladi) yoziladi.
Demak, Oʻ va Gʻ harfni yozish uchun 6 ta tugma bosish kerak. Bunday yozish turi qator 
noqulaylaklar tugʻdiradi. Bu harflarning oʻrnida boshqa shakldagi harflarni qoʻllash mumkin 
ekanligi ishchi guruh tomonidan ilgari surilgan va qator takliflar berilgan. Keltirilgan variantlar 
ichida ikkita mos juftlik qulay va mos: bular — Ŏŏ va Ğğ hamda Óó va Ǵǵ harflaridir. 
Konferensiyada Ŏŏ va Ğğ juftligi maqbul variant sifatida e’tirof etilgan edi. keyinchalik qator 
sabablar bilan Óó va Ǵǵ harflarini qoʻllash maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Ishchi guruh tomonidan Oʻ va Gʻ harflari boʻyicha taklif sifatida quyidagilar ilgari 
surilgan:
№ Hozirgi Yangi koʻrinish Yunikod kodi
1 Oʻ / oʻ Ó / ó U+00D3/ U+00F3
2 Gʻ / gʻ Ǵ / ǵ U+01F4/ U+01F5
Ch va Sh harfiy birikmalarining muammolari va yechimlariga toʻxtalsak.
Avvalo, qayd etish lozimki, hozirgi alifbomizda C harfi yoʻq, lekin Ch harfiy birikmasida 
oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qoladi. Mantiq talabiga koʻra, harfiy birikmalar alifbodagi mavjud 
harflardan tashkil topishi kerak.
Ch va Sh harfiy birikmalarining muammolari yuzasidan bayonotda koʻplab faktlar 
keltiriladi. Aslida haqiqatdan ham ushbu harflarni yozishda qator muammolar mavjud boʻlib, Ch, 
Sh harflarini yozish uchun har doim ikkita tugmacha yoki ikkita belgidan foydalanamiz, bu esa 
qoʻshimcha vaqt degani. Undan tashqari ushbu harflar ishtirok etgan soʻzlar oʻzbek tilida 
talaygina, ularni yozish uchun esa bir belgili harflarga qaraganda ikki barobar koʻp vaqt sarflash, 
e’tibor qaratish lozim. Xullas, muhokamadagi harflarning muammolari koʻp.
Bu muammolarni bartaraf etish uchun diakritik belgili harflardan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Ishchi guruh bir qator ifodalash mumkin boʻlgan belgilarni keltiradi va xulosa sifatida 
quyidagilari tanlanib, taklif sifatida berildi.
№ Hozirgi Yangi Yunikod kodi
1 Sh / sh Ş / ş U+015E / U+015F
2 Ch / ch Ç / ç U+00C7 / U+00E7
Muammoli harflar deb qaralayotgan yuqoridagi toʻrtta harflarga taklif sifatida berilgan 
harflar hozirgi kunda eng mukammal taklif sifatida qaralmoqda. Ammo bu borada boshqacha 
fikrda boʻlganlar ham mavjud. Bizning nazarimizda ham yuqoridagi taklif etilgan harflar yangi 
alifboga kiritilsa, uning yanada mukammaligi uchun xizmat qiladi.
Ammo alifbo harflari yuzasidagi muhokamalar bular bilan tugamaydi. Ishchi guruh 
bayonotida quyidagi harflar borasidagi fikrlar ham mavjud.
Keyingi yechimtalab harflardan biri bu ng harfidir. Ng tuvushi hech qachon soʻz boshida 
kelmaydi. Bu tovushga arab alifbosida ham, kirill-oʻzbek alifbosida ham, amaldagi lotin 
alifbosida ham yaxlit harf ajratilmagan. 1993-yilda qabul qilingan lotin-oʻzbek alifbosida 
bu tovush ilk bor Ññ harfi bilan ifodalandi. 1995-yilda yana undan voz kechildi. Sababi Ññ 
harfini idrok etishda koʻpchilik chalgʻidi.


455 
Mutaxassislarning fikricha, hech qachon soʻz boshida kelmaydigan, boshqa tovushlarga 
qaraganda cheklangan Ng tovushini alifbodan tashqarida fonetik birikma sifatida oʻrgansa 
boʻladi.
Ishchi guruhning bayonotida ng birikmasini yaxlit harfga aylantirmasdan, alifbodan 
tashqarida fonetik birikma sifatida oʻrgatish-oʻrganish[1] taklifi ilgari surilgan.
Alifbodagi harflar islohoti yuzasidan fikr yuritar ekanmiz, Ss harfi bilan bogʻliq 
muammolarni ham qayd etish lozim. Bu borada mutaxassislar ikki qutbga ajralishgan:
1-qutb Ss ni rad etuvchilar boʻlib, ular ushbu harfni alifbomizga kiritmasligimiz kerak, 
sababi bu harf turli xalqlarda turlicha tovushlar (s, k, j, ch) ni ifodalaydi, unga qaysi tovushni 
yuklamaylik, xalqaro atamalarni oʻqishda chalkashliklar yuzaga keladi, degan fikrni ilgari 
surishadi.
2-qutb Ss ni yoqlovchilar, bu harf alifbomizda mavjud boʻlmagani bilan ma’naviy-
ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy hayotimizda baribir ishtirok etyapti, masalan, pasport seriyasi, test 
savolnomasi, avtomashina raqamlari kabi roʻyxat bandlarini alifbo asosida tartiblashda 
va boshqa holatlarda Ss harfidan foydalanyapmiz, shuning uchun bu harfni alifboga qabul 
qilishimiz shart, degan fikrni bildirishadi.
Ss ni yoqlovchilarning aksariyati bu belgidan kirill alifbosidagi Ss tovushini ifodalash 
uchun foydalanishni taklif qilishadi. Ular bir necha dalillar bilan fikrlarini isbotlashga urinadilar.
Ushbu harflar alifboga kiritilgan taqdirda quyidagi qonuniyat asosida foydalanish 
maqsadga muvofiqligi ishchi guruh bayonotida ilgari suriladi. «Cc harfi oʻzlashma soʻzlarda 
qoʻllaniladi. U soʻz boshida yoki undosh tovushdan keyin kelsa, Ss harfi kabi (sirk, leksiya), unli 
tovushdan keyin kelsa, ts (litsey, administratsiya) tarzida oʻqiladi». Shunda Cc li oʻzlashma 
soʻzlarni asliyatga muvofiq yozib, tilimiz tabiatiga koʻra talaffuz qilamiz[1]. Bayonotga muvofiq 
Cc (s) harfini qabul qilish alifboning yanada mukammallashishi uchun xizmat qiladi.
Ishchi guruh oʻz xulosalarini toʻrt banddan iborat yakuniy fikrlar asosida bildiradi va 
taklif sifatida 29 harf va bir belgidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi ishlab 
chiqilganligini ma’lum qiladi.
Umuman olganda, lotin alifbosi islohi masalalaridagi fikr va mulohazalarni kuzatar 
ekanmiz, ularda alifboni oʻzgartirish yuzasidan bir necha tashabbuslar ilgari suriladi. Ammo 
barcha takliflarni yaxlitlaydigan boʻlsak, asosan, uch guruhga ajratish mumkin boʻlgan 
mulohazalar katta qismni tashkil etadi. Bu haqida yuqorida keltirilgan ishchi guruh bayonotida 
ham fikr yuritilgan.
Birinchi guruh – minimal islohot tarafdorlari. Ularning nazdida amaldagi alifbomizga 
deyarli tegmaslik kerak – faqat 
Oʻ, Gʻ 
harflarining koʻp muammoga sabab boʻlayotgan 
qoʻshimcha belgisini toʻgʻrilasak boʻldi. Buning sababini yuqorida koʻrib oʻtdik.
Ikkinchi guruh – moʻtadil islohot tarafdorlari. Ularning fikricha, 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish