Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Uzoqov H. Dialetal frazeologizmlar haqida // OʻTA, 2013, 8 son. 60-63-betlar. 
2. Turopova N. Yapon va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarni qiyosiy oʻrganish// OʻTA, 
2010, 3 son. 71-73-bet 
3. Hojiyev A. Oʻzbek tilining lingvistik lugʻati.-T., 2012. 14-bet 
Rus tiliga oʻzlashgan turkizmlarning morfologik xususiyati 
Morphological feature of turkisms that have mastered the russian language
 
Aralova Lobar Akbar qizi

 
 
Annotation. 
In world linguistics a number of studies are carried out in the 
comparative-historical aspect. In this research, it is aimed to base information on the historical 
development of a particular language, its genesis, to reach new scientific conclusions on the 
general and private stages of development of languages. The article are shown that the words 
borrowed from the Turkic languages into the Russian language were chosen as a thing and their 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti 


223 
morphological feature was determined. It was determined that there are simple root words and 
derivative words within turkisms. The analysis of compound words using the composition method 
was carried out. 
Key words: 
morphological feature of turkisms, turk derivative words that have mastered 
the Russian language, compound words: “sabantoʻy”, a pencil, sausage. 
 
Turkiy xalq va rus xalqining birgalikda kechirgan hayot tarzi davomida nafaqat ikki xalq 
oʻrtasida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy munosabatlar kuchaydi, balki bir-biriga qoʻshni 
xalqlarning oʻzaro aloqalari natijasida bir tildan boshqasiga yangi tushunchalarni ifoda qilgan 
soʻz-atamalar qabul qilindi. Oʻzbek tili va qardosh turkiy tillar rus va slavyan tillari leksikonini 
boyitish uchun sezilarli darajada xizmat qildi. Rus xalqining leksik qatlamiga singib ketgan 
turkiy soʻzlar borasida dastlab Rossiyada, keyinchalik Qozogʻistonda bir qator ilmiy izlanishlar 
olib borildi. Goʻzal Karimullina tomonidan XVIII-XX asrdagi izohli lugʻatlarda qoʻllanilgan 
turkiy oʻzlashmalar fonetik, semantik, etimologik va mavzuviy jihatdan oʻrganildi [ 
Каримуллина, 2007]. Rus tilshunosi Shipova rus tilida mavjud 2000 ta turkiy soʻzni izohini 
keltirgan holda lugʻat yaratdi [ Шипова,1976]. Biroq bir necha yil muqaddam bizning zaminda 
yetishgan, zabardast tilshunos Mahmud Koshgʻariyning “Devoni lugʻatit turk” asarida turkiy 
tilga oid soʻzlarning qardosh boʻlmagan xalqlar tiliga oʻzlashgani, ular rivojiga ta’siri 
toʻgʻrisidagi daslabki ma’lumotni keltirib oʻtgan edi. Bu ma’lumotlar asosida oʻrganilgan rus 
leksikonida mavjud turkiy oʻzlashmalarmorfologik tahlilga tortildi. Pirovard natijada, sodda tub 
va sodda yasama soʻzlar, shuning bilan birga qoʻshma soʻzlar ham mavjudligi aniqlandi. Quyida 
tahlilga tortilgan bir necha sodda tub soʻzlarni koʻrishimiz mumkin: 
Alibek Rustamovning “Soʻz xususida soʻz” kitobida ta’kidlanishicha, 
“жир”
soʻzi 
tilimizda “yogʻ`”, “moy” ma’nosini anglatadi. Ozgʻin kishiga nisbatan “Bunga hech jir 
bitmayabdi” yoki “Buning hech jiri yoʻq” degan iboralar shu mazmundan kelib chiqqan(Oʻzbek 
tilidagi “jir”da “jurnal” soʻzidagi kabi “ж” talaffuz qilinadi) [Shukurov, 2018:312]. Shunisi 
qiziqki, rus tilidagi “жир” soʻzi asli bizning tilimizdagi ayni shu “jir” soʻzining oʻzidir. Chunki 
“jir” soʻzining turkiy soʻz ekanligi Mahmud Koshgʻariyning lugʻatida qayd etilgan: 
ashichta jir 
yoʻq
– qozonda yogʻ yoʻq [DLT,I, 313]. 
Наждак
bu ham aslida turkiy soʻz boʻlib, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da najdak-
mayda va yupqa, donador kristallardan iborat togʻ jinsi deb izohlangan. “Devoni lugʻotit turk” 
asarida bu soʻzning 
nïjdӓγ
shakli uchrab, “qayraq tosh” ma’nosini beradi [DLT, I, 432]. 
Turkiy 
kerpič
[DLT, I,424] devonda ”kirpich, gʻisht; bïšïγ kerpič – pishiq gʻisht” 
sifatida izohlangan. Bu leksema rus tiliga ham xuddi shu tarzda oʻzlashgan. Turkiy soʻz boʻlgan 
kirpichni hozirgi kunga qadar Xorazm viloyati ahli “gʻisht” ma’nosida qoʻllab keladi. Afsuski, 
biz forslardan oʻzlashgan ushbu soʻzdan foydalanamiz.
“Orqa va yon tomonlari yopiq boʻlib, ichiga oʻt yoqiladigan, ovqat pishirish uchun 
ustiga qozon oʻrnatiladigan qurilma” semasini beruvchi oʻchoq leksemasi rus tiliga 
очаг
shaklida oʻzlashgan va “oʻchoq”, “oila, oʻz uyi”, “manba, makon” kabi ma’nolarda iste’foda 
etilgan. Mazkur soʻz devonda öčӓғ shaklida qoʻllangan [DLT, I, 95].
“Kichik, ingichka novda; xoʻl novda” kabi ma’nolari qayd etilgan čïbïq soʻzi rus 
xalqida 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish