223
morphological feature was determined. It was determined that there are simple root words and
derivative words within turkisms. The analysis of compound words using the composition method
was carried out.
Key words:
morphological feature of turkisms, turk derivative words that have mastered
the Russian language, compound words: “sabantoʻy”, a pencil, sausage.
Turkiy xalq va rus xalqining birgalikda kechirgan hayot tarzi davomida nafaqat ikki xalq
oʻrtasida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy munosabatlar kuchaydi, balki bir-biriga qoʻshni
xalqlarning oʻzaro aloqalari natijasida bir tildan boshqasiga yangi tushunchalarni ifoda qilgan
soʻz-atamalar qabul qilindi. Oʻzbek tili va qardosh turkiy tillar rus va slavyan tillari leksikonini
boyitish uchun sezilarli darajada xizmat qildi. Rus xalqining leksik qatlamiga singib ketgan
turkiy soʻzlar borasida dastlab Rossiyada, keyinchalik Qozogʻistonda bir qator ilmiy izlanishlar
olib borildi. Goʻzal Karimullina tomonidan XVIII-XX asrdagi izohli lugʻatlarda qoʻllanilgan
turkiy oʻzlashmalar fonetik, semantik, etimologik va mavzuviy jihatdan oʻrganildi [
Каримуллина, 2007]. Rus tilshunosi Shipova rus tilida mavjud 2000 ta turkiy soʻzni izohini
keltirgan holda lugʻat yaratdi [ Шипова,1976]. Biroq bir necha yil muqaddam bizning zaminda
yetishgan, zabardast tilshunos Mahmud Koshgʻariyning “Devoni lugʻatit turk” asarida turkiy
tilga oid soʻzlarning qardosh boʻlmagan xalqlar tiliga oʻzlashgani, ular rivojiga ta’siri
toʻgʻrisidagi daslabki ma’lumotni keltirib oʻtgan edi. Bu ma’lumotlar asosida oʻrganilgan rus
leksikonida mavjud turkiy oʻzlashmalarmorfologik tahlilga tortildi. Pirovard natijada, sodda tub
va sodda yasama soʻzlar, shuning bilan birga qoʻshma soʻzlar ham mavjudligi aniqlandi. Quyida
tahlilga tortilgan bir necha sodda tub soʻzlarni koʻrishimiz mumkin:
Alibek Rustamovning “Soʻz xususida soʻz” kitobida ta’kidlanishicha,
“жир”
soʻzi
tilimizda “yogʻ`”, “moy” ma’nosini anglatadi. Ozgʻin kishiga nisbatan “Bunga hech jir
bitmayabdi” yoki “Buning hech jiri yoʻq” degan iboralar shu mazmundan kelib chiqqan(Oʻzbek
tilidagi “jir”da “jurnal” soʻzidagi kabi “ж” talaffuz qilinadi) [Shukurov, 2018:312]. Shunisi
qiziqki, rus tilidagi “жир” soʻzi asli bizning tilimizdagi ayni shu “jir” soʻzining oʻzidir. Chunki
“jir” soʻzining turkiy soʻz ekanligi Mahmud Koshgʻariyning lugʻatida qayd etilgan:
ashichta jir
yoʻq
– qozonda yogʻ yoʻq [DLT,I, 313].
Наждак
bu ham aslida turkiy soʻz boʻlib, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da najdak-
mayda va yupqa, donador kristallardan iborat togʻ jinsi deb izohlangan. “Devoni lugʻotit turk”
asarida bu soʻzning
nïjdӓγ
shakli uchrab, “qayraq tosh” ma’nosini beradi [DLT, I, 432].
Turkiy
kerpič
[DLT, I,424] devonda ”kirpich, gʻisht; bïšïγ kerpič – pishiq gʻisht”
sifatida izohlangan. Bu leksema rus tiliga ham xuddi shu tarzda oʻzlashgan. Turkiy soʻz boʻlgan
kirpichni hozirgi kunga qadar Xorazm viloyati ahli “gʻisht” ma’nosida qoʻllab keladi. Afsuski,
biz forslardan oʻzlashgan ushbu soʻzdan foydalanamiz.
“Orqa va yon tomonlari yopiq boʻlib, ichiga oʻt yoqiladigan, ovqat pishirish uchun
ustiga qozon oʻrnatiladigan qurilma” semasini beruvchi oʻchoq leksemasi rus tiliga
очаг
shaklida oʻzlashgan va “oʻchoq”, “oila, oʻz uyi”, “manba, makon” kabi ma’nolarda iste’foda
etilgan. Mazkur soʻz devonda öčӓғ shaklida qoʻllangan [DLT, I, 95].
“Kichik, ingichka novda; xoʻl novda” kabi ma’nolari qayd etilgan čïbïq soʻzi rus
xalqida
Do'stlaringiz bilan baham: