214
Ma’lumki
, bahr
aruz nazariyasida rukn va zihofdan soʻng turuvchi she’riy vazn sanaladi.
Bahristilohi-“she’r vazni, she’r bahri, she’r oʻlchovi”ma’nolarida Navoiy asarlari tilida oʻta faol
qoʻllangani bilan xarakterlanadi.
Alarning bu masnaviylari bahrida faqirning “Xamsa”sidin “Farhod va Shirin” voqe’
boʻlubtur va alarning madhida turfa dostone guzorish topibdur
(XM, 777).
Eski oʻzbek adabiy tiliga arab tilidan ancha erta oʻzlashgan
devon
istilohi- “biror
shoirning she’rlari radiflariga koʻra alifbo sirasi bilan tartib etilgan toʻplam”ma’nosini
ifodalashda qoʻl kelgan:
Ma’hud tariq bila avval alar xizmatigʻa tushtum, alar uchunchi
devonlarigʻa tartib berib erdilar
(XM,787).
Mumtoz adabiyotining yirik janrlaridan biri gʻazal janridir. Gʻazalning lugʻaviy ma’nosi -
“ayollarga xushomad qilish, ayollarni madh etish”ni anglatib, unga sharq mumtoz she’riyatida
eng koʻp tarqalgan lirik janr, 3-4 baytdan 19 baytgacha boʻlgan hajmda yozilib, a-a, b-a, v-a, g-
a... qofiyalanuvchi she’r tarzida ta’rif beriladi [Qurbonov D., Mamadjanova Z., Sheraliyeva M.,
2010: 365].
…sababni mutlaqo arodin murtafe’ koʻrub, koʻzlarigʻa musabbibdin oʻzga nima
kelmagan jihatidin betoqat boʻlib, harne ul iztirobda alargʻa ishq shiddatidin va shavq
suubatidin yuzlansa erdi jonsoʻz she’rlar va dilfuroʻz gʻazallar ishtigʻoli bila ul
tahammulsizliqqa itmiynon berurlar erdi
(XM, 739).
Ma’lumki, ruboiy yozma adabiyot mahsulidir. U forsiy she’riyat orqali turkiy adabiyotga
kirib keldi. Turkiy adabiyotda ruboiynavislikka asos solgan Alisher Navoiy fors tilida ham
shaklan goʻzal va mazmunan teran ruboiylar yaratdi. Mumtoz adabiyotimiz tarixida ruboiyning
oʻrni beqiyosdir. Arab tilidan tarjima qilinganda “toʻrtlik” ma’nosini beruvchi ruboiy istilohi
she’riyatning toʻrt misradan iborat va hazaj bahriga munosib vaznlarda yoziladigan shakli
nomini bildiradi. Bu she’riy shaklda xilma-xil mavzulardagi lirik kechinmalar gʻoyat ixcham
tarzda, shuning bilan birga,
jozibali, ta’sirchanlik bilan yoziladi.
Xoja andoq peshakorlar ul taomni yemoqda koʻrgizmish boʻlgʻaykim, alargʻa bu
ruboiyni ayturgʻa bois boʻlmish boʻlgʻay
(XM, 746).
Navoiy oʻzbek tilidagi ruboiy va qit’alari orqali ham zabardast ruboiynavis va yirik
qit’anavis ekanligini namoyon etgan. Ruboiy va qit
’
alar ham muallifning bilimi chuqur,
dunyoqarashi keng, katta iste’dodi va yuksak mahoratidan darak beradi:
Oʻqub, xushvaqtligʻlar qilib, qit’ani yod tutub, maktubda minnatdorlik izhor qilib erdilar
(XM, 748).
Na’t
arabcha oʻzlashma boʻlib, “tavsiflash, sifatlash, ta’riflash” ma’nolarini anglatadi.
Yuz na’t angakim, xulqi karim oʻldi fani
Ya’niki, karam koni Rasuli madani,
Mundoq dedi ilm ahlini aylarga gʻani,
Man akrama oliman faqad akramani (XM, 735).
Bu oʻzlashma Ogahiyning tarixiy asaridagi soʻz boylik tadqiqiga bagʻishlangan
ishda
quyidagicha izohlangan:
1.
Adabiy istiloh (termin) sifatida paygʻambarimiz madhidagi mustaqil badiiy asar
(masalan, gʻazal, muxammas) yoki biror badiiy asarning paygʻambarimiz madhi kelgan tarkibiy
qismi.
Tilshunoslik atamasi sifatida sifatlovchi. Shuning uchun arabiyat (arab filologiyasi)da
sifatlanmish
man’ut
(sifatlangan, ta’riflangan) deb ataladi. Masalan,
rojlun kariymun
– saxovatli
kishi.
Kariymun
(saxovatli) – na’t,
rojlun
(kishi) – man’ut [Oʻrozboyev, 2018: 72].
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, Navoiy manoqib asarlarida tilshunoslik va
adabiyotshunoslikka oid istilohlardan mohirona foydalangan.
Davr adabiyotshunosligida qoʻllangan turfa istilohlarning asosini arabcha oʻzlashmalar
tashkil qilingan. Navoiy bu istilohlarni manoqiblarida qoʻllash orqali XIV-XVI asr oʻzbek tili
215
leksikasining rang- barangligi, uning shakllanishida oʻz qatlam qatori,
arab va fors-tojik
tillarining ham sezilarli roli borligini koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: