Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдураҳмонов Ғ
.
РустамовА.Қадимги туркий тил. – Тошкент: Ўқитувчи,1982.
2. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А
.
Навоий тилининг грамматик хусусиятлари.
Тошкент: Фан, 1984.
3.Благова Г. Ф
.
Тюркское склонение в ареально-сторическом освстении. -
М.:Наука,1982.
4.Дадабаев
X.Обвдественно-политическая
и
социальноэкономическая
терминология в тюркоязичных письменних памятниках XI — XIV вв.-Ташкент: Фан,
1991.
5.Древнетюркский словарь. -Л.:Наука, 1969.
6.Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности.-М.-Л.:Наука, 1951.
Oʻzbek tili frazeologizmlarining oʻrganilish tarixi
History of the study of uzbek phraseology
Zokirova Mahmuda Ravshan qizi
Annotation:
A study of the use of phrases, which are one of the most important units of
language, in a work of art, or, more precisely, their place in artistic speech, shows that the
language of a work of art is a determining factor in the article. Uzbek philology has a great deal
of experience in language learning.
Key words:
phraseology, phraseologies, phrases, idiom, linguistic, semasiology.
Ma’lumki, til fanining iboralarni oʻrganadigan boʻlimi frazeologiya deb ataladi. Iboralar
lingvistik terminologiya tili bilan aytsak, frazeologizmlardir. Frazeologizm qadimgi grek tilidan
olingan boʻlib, frasis-ibora, logos-tushuncha, ta’limot demakdir. Frazeologizmni tilning leksik-
semantik va sintaktik sathlaridan farq qiluvchi alohida sathga xos birlik deyish frazeologik
normani ham adabiy tilning boshqa normalari qatorida hisobga olishni talab etadi. Shuning
uchun ham izohli lugʻatlarda frazeologizmlarni ham qayd etish butun dunyo tilshunosligida tan
Jizzax MOHM, ingliz tili fani o‘qituvchisi; jiz.malakaoshirish@exat.uz
220
olingan amaliyotdir. Oʻzbek tilining frazeologizmlari ham besh jildlik “Oʻzbek tilining izohli
lugʻati” da (2012-2014) va bir jildlik “Oʻzbekcha-ruscha lugʻat” da (2013) birmuncha toʻlaroq
aks etgan boʻlsa-da, bu lugʻatlarda ham oʻzbek tilidagi barcha iboralar qamrab olingan, deb
boʻlmaydi. Frazeologizimlarning oʻrganilish tarixi haqida gapirilganda, “frazeologiya” atamasi
“fraza”soʻzidan olingan boʻlsa-da, turkiyshunoslikda dastlab bu atama turli ma’nolarni ifodalash
uchun xizmat qilgan. XIX asrda yashagan turkiyshunos olim Mirza Kozimbek (1802-1870)
oʻsha davr an’analaridan kelib chiqib, rus tilida yozilgan boshqa tasviriy grammatikalarda
boʻlgani singari oʻz asarida “fraza” soʻzini jumla, gap ma’nosida qoʻllagan.
Ozarbayjon tilshunoslari B.Choʻponzoda va F.Ogʻazoda “Turk tili grammatikasi” asarida
til boʻlimlari haqida fikr yuritib, “Semasiologiya”, “Stilistika” atamalari bilan birga oʻsha davrda
tilshunoslikda keng qoʻllanilishda boʻlgan “Idiomatizm” atamasini ishlatgan. Mualliflar bu
asarda turk tilidagi idiomalarga oid “boshga solmoq”, “boshga tushmoq”, “koʻz koʻrmoq” kabi
birliklarni misol sifatida keltiradilar. Umuman, frazeologiya turkiyshunoslikda nisbatan keyin
paydo boʻlgan. Uni sistemali ravishda oʻrganish faqat oʻtgan asrning 40-50-yillariga kelib
boshlandi.
Turkiy frazeologiyaning ilk tadqiqotchilari turkiyshunos olimlar S.K.Kenesboyev va
Sh.U.Rahmatullayevlar hisoblanishadi. Ularning oʻtgan asrning 40-yillarining ikkinchi yarmi va
50-yillarda yuzaga kelgan tadqiqotlari turkiy tillar frazeologiyasining shakllanishi va
taraqqiyotida katta rol oʻynaydi.
Oʻzbek tilining frazeologik boyligini oʻrganishga bagʻishlangan mukammal tadqiqotlarga
egamiz. Adabiy til lugʻat tarkibining taraqqiyoti va boyishi xalq shevalari bilan uzviy va
chambarchas boʻgʻliqdir. Adabiy til normalarini belgilashda xalq shevalarining leksik, fonetik va
grammatik xususiyatlariga suyanadi va ma’lum oʻziga xos qonuniyatlar bilan rivojlanadi.
Shunday ekan milliy tilning xalq shevalaridagi koʻchma ma’noli iboralarni oʻrganish ham
hozirgi oʻzbek adabiy tili taraqqiyotining, uning boyib borish yoʻllarini belgilovchi omillardan
biri boʻladi.
Dialektning har bir shevasida oʻz turmush sharoiti, xoʻjaligi va urf-odatidan kelib chiqqan
oʻziga xos frazeologik iboralar borki, ular oʻsha sheva yoki bir necha shevalarda uchrasa,
boshqasida uchramasligi mumkin. Bulardan ba’zilari adabiy tilda oʻz ma’no xususiyatini
saqlagan holda uchrasa, boshqalari adabiy tilga oʻzlashmaganligini koʻramiz[Uzoqov,2013:62].
Masalan, “лой ўйнамоқ” iborasi adabiy tilda uchramaydi. Shevada esa “bekor yurmoq”,
“ishlamasdan yurmoq”, “anqayib turmoq” ma’nolarini ifodalaydi. Yoki “кўзи олма термоқ”
iborasi anqaymoq, koʻrmay qolmoq ma’nosida uchrab, adabiy tilda bu ibora “ogʻzi ochilib
turmoq” iborasi vazifasida keladi. Quva, Zarkent kabi shevalar uchun harakatli boʻlgan “ҳасса
суянмоқ” iborasi aldanmoq, kutmoq ma`nosida kelib, Margʻilon, Fargʻona, Oltiariq kabi
shevalar hamda adabiy tildagi “devor suyanmoq” iborasi vazifasini oʻtaydi.
Idiomatik iboralarning bunday turli variantlarda qoʻllanishi ularning shevalarga chuqur
singganligidan, ularning turli shevalarda turlicha shaklga kiritib qoʻllanilganidan dalolat beradi.
Dialekt shevalarida ijobiy hodisalar, shaxsning ibratli tomonlarini ochib beruvchi, hali adabiy
tilda toʻla oʻrin topmagan frazeologik iboralar ham oz emas. Chunonchi, “йэсэп қоймеқ” iborasi
ish harakat yoxud holatning ibratli bajarilishi, masalan, nutq soʻzlayotgan notiq, ish bajaroyotgan
usta va shu kabilarning oʻzgalarga manzur ishlarini bildirib keladi. Shulardan kelib chiqib,
Fargʻona shevalarida mavjud boʻlgan frazeologizmlarning ma’nolarini quyidagicha koʻrsatish
mumkin: Biror leksik ma’no bilan bir xilda oʻzlashgan iboralar. Masalan, ‘қишлэғдъ сел боссэ,
унггэ нъмэ ғам” iborasi adabiy tildagi begʻam, yalqov, dangasa, beparvo ma’nolarini beruvchi
“Dunyoni suv olsa, toʻpigʻiga chiqmaydi”, “козгэ қым чочмэқ” iborasi adabiy tildagi hiyla-
nayrang ishlatmoqni bildiruvchi “Koʻzga chop solmoq”vazifasida keladi. Bu xil leksik ma’no
bilan keluvchi iboralar tilda mavjud soʻzlarning sinonimlari koʻpligini koʻrsatib, tilning leksik
qatlamini boyituvchi kategoriya sifatida til qurilishida muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, bular
221
obrazli iboralar sifatida oʻzbek milliy adabiy tili taraqqiyotiga katta hissa qoʻshadi
[Uzoqov,2013:60].
Dialekt shevalarda bunday iboralarning qoʻllanish va ma’nolari hali adabiy tilda yoʻq
yoxud shu vazifada keladigan ibora oʻrnini bosadigan boshqa shakldagi frazeologik birikma
mavjuddir. Mana shunday frazeologizmlarning Surxon shevasidagi koʻrinishlari T. Murodning
“Otamdan qolgan dalalar” romanida ham uchraydi.Oʻtgan asrning 50-yillarigacha frazeologiya
hali oʻzbek tilshunosligi tarkibida mustaqil soha sifatida shakllanib yetmagan edi. Bu davrda
frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar turgʻun birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar
grammatika va stilistikaga, ayrim oʻzbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga
bagʻishlangan ishlarda koʻzga tashlanadi. Bunday ishlar A.Gʻulomov, U.Tursunov,
V.Abdullayev, H.Zarif, N.Mallayev singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning
qalamiga mansubdir. Jumladan, A.Sa’diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning A.Navoiy
asarlarida turgʻun birikmalar, xalq iboralarining qoʻllanilishiga oid fikrlari hozir ham oʻz
qimmatini saqlab kelmoqda. Oʻzbek frazeologiyasiga doir dastlabki ishlar oʻtgan asrning 50-
yillarining boshida yuzaga keldi. Ular qatoriga Sh.Rahmatullayevning ishlarini kiritish mumkin.
Masalan, Sh.Rahmatullayev idiomatik soʻzlar haqidagi fikrini rivojlantirib, til birliklarini
etimologik jihatdan qoʻshma soʻzga teng idiomatik soʻzlar deb tahlil qilgan.
Uning “Oʻzbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monografiyasining yana bir
xarakterli tomoni shundaki, undan frazeologik omonimlarni frazeologik paronimlar va
frazeologik paraformalardan farqlashga harakat qilinganligidir. Sh.Rahmatullayevning talqiniga
koʻra oʻzaro frazeologik omonimlar va frazeologik paronimlar shuningdek frazeologik
omoformalar va frazeologik paraformalar bir-biriga shu qadar oʻxshash boʻladiki, ulardan biri
oʻrniga ikkinchisini xato ishlatib yuborish mumkin. Agar iboralar oʻzaro tarkibidagi biror soʻz
komponenti bilangina farq qilsa, ularni frazeologik paronimlar deb yuritish mumkin boʻladi.
Masalan, “koʻnglini koʻtarmoq” – “koʻngli koʻtarildi” va “koʻnglini togʻday koʻtarmoq” –
“koʻngli togʻday koʻtarildi”. Agar ba’zi iboralar biri ikkinchisida yoʻq garmmatik shakllanish
sistemasiga ega boʻlsa, frazeologik paraformalar haqida gapirish mumkin boʻladi. Masalan,
“jon(i)kirdi” – “jonini kirgizmoq” va “jon kirdi” –“jon kirgizmoq” kabilar.
Gʻ.Salomov oʻzbek tilshunosligi uchun gʻoyat dolzarb muammolardan biri frazemalar
tarjimasi bilan maxsus shugʻullangan olimdir. Olimning ta’kidlashicha, “Maqol-xalq aql
idrokining mahsuli, uning hukmi, koʻp asrlik tajribalari majmuyi, turmushdagi turli voqea
hodisalarga munosabatining ifodasidir”.
Frazeologizmlarni oʻrganishda ularni oʻzbek va
boshqa tillar frazeologizmlari bilan qiyosiy oʻrganish ham maqsadga muvofiq koʻrinadi.
N.Turopovaning “Yapon va oʻzbek tillaridagi frazeologizmlarni qiyosiy oʻrganish” nomli ilmiy
maqolasida shunday fikrlar ilgari surilgan. Frazeologik iboralar nutqning ta’sirchanligini,
emotsional – ekspressivligini ta’minlovchi asosiy vosita sifatida nutqimiz koʻrki hisoblanadi.
Shu nuqtayi nazardan yapon tili frazeologizmlarining xususiyatlarini oʻrganib, ularni oʻzbek
tilida ifodalash usullarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Har ikkala tildagi frazeologizmlarni
qiyosiy oʻrganishda ularning mazmun jihatdan bir-biriga mos kelishi yoki qisman mos kelishi,
oʻxshashligiga hamda bir tilda mavjud boʻlgan frazeologizmlarning ikkinchi tilda na
ekvivalentiga, na variantiga egaligiga e’tiborni qaratish lozim. N.Turopova frazeologizmlarni
quyidagicha guruhlarga boʻlib oʻrganishni tavsiya etadi. [Turopova,2012:71].
1. Har ikki tilda mavjud boʻlgan ekvivalent frazeologizmlar. Ular mazmun, shakl,
ekspressiv-stilistik xususiyatlarni saqlagan boʻlishi lozim.
2. Har ikki tilda oʻzaro oʻxshash boʻlgan frazeologizmlar. Ular mazmun jihatdan oʻxshash
stilistik xususiyatlarni oʻzida saqlagan, lekin obrazli asosi turlicha boʻlgan frazeologik
variantlardir.
3. Mazmuni kontekst orqali aniqlanadigan, milliy urf-odatni ifodalovchi frazeologizmlar.
Frazeologik ekvivalent tanlashda tarjimon, albatta, kontekstda anglatgan mazmunga
e’tibor berishi lozim, aks holda, tanlangan ekvivalent matnda ifodalangan mazmunga toʻgʻri
222
kelmay, fikriy gʻalizliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, tarjima jarayonida
bir tilga xos boʻlgan grammatik vositalarni, albatta ikkinchi tilda grammatik vositalar orqali
berish shart emas. Bunday hollarda tarjimada vaziyat yo kontekstga alohida e’tibor qaratish
lozim. Asosiysi, tarjimada soʻzlar kabi frazeologizmlarning anglatgan ma’nosini, emotsional –
ekspressiv va stilistik xususiyatlarini saqlagan holda shakliy xususiyatlarini ham aks ettirish
zarur. Maqol kundalik hayotda kishilarning bir-birlari bilan muomalada boʻlishi jarayonida
tugʻiladi. Idioma – shaklan boʻlaklarga ajralmaydigan, maxraji birikma tarkibidagi soʻzlarning
toʻgʻri va konkret ma’nosi bilan talqin qilinmaydigan, koʻchma ma’no anglatuvchi barqaror soʻz
birikmasidir.
“Idioma”
(yunoncha
oʻziga
xos
ifoda,
ibora)-frazeologik
chatishmadir.[Hojiyev,2013:14].Frazeologik chatishma –ma’nosi tarkibidagi soʻzlarning
ma’nosidan kelib chiqmaydigan frazeologik birliklar.[Hojiyev,2013:51].Masalan, “oyoqni qoʻlga
olmoq” (yugurmoq).
Oʻtgan asrning 60-70-yillaridan boshlab oʻzbek frazeologiyasin ioʻrganilishi quyidagi
ikki asosiy yoʻnalishda rivojlandi:
a) oʻzbek tili frazeologik birliklarining ayrim struktural tiplari maxsus oʻrganila boshladi;
b) frazeologik birliklarning badiiy uslubiy xususiyatlari oʻrganildi.
Frazeologik birliklarning ibora – tasvir vositalari tizimida turgan oʻrnini tadqiq qilish davom
ettirildi.Bunday yoʻnalishdagi tadqiqotlarda asosan yangi ilmiy soha – frazeologiyaning koʻpgina
oziga xos muammolari oʻrganildi va oʻzbek adabiy tilining frazeologik tarkibi yangi frazeologik
birliklar tahlili hisobiga boyib bordi. Bundan keyingi davrda oʻzbek frazeologiyasining yana bir
boshqa yoʻnalishda oʻrganish sohasida ham salmoqli natijalarga erishildi, ya’ni XX asr oʻzbek
yozuvchilari, shoirlari asarlarining tili va uslubiga oid koʻpgina ishlarda, nomzodlik
dissertatsiyalarda, ilmiy maqolalarda frazemaning uslubiy vazifalarini oʻrganishga alohida
ahamiyat berildi.
Xulosa oʻrnida aytish joizki, tilning eng muhim birliklaridan biri hisoblangan
iboralarning badiiy asarda qoʻllanishining, yanada aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, badiiy nutqda
tutgan oʻrnining oʻrganilishi badiiy asar tili asarning asosiy qimmatini belgilovchi faktor
ekanligini koʻrsatadi. Tilni oʻrganish borasida oʻzbek filologiyasi katta tajriba toʻplangan. Bunga
ulugʻ mutafakkir shoirlarimiz, taniqli yozuvchilarimiz asarlari tilining oʻrganilganligi
faktlarining oʻzi bunga yorqin misol boʻlib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |