Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

kreolizovanniy tekst
termini lugʻatda 
uygʻun matn
tarzida berilgan [Xudoyberganova, 2015: 37]. Chunki bunday matnlarda turli madaniy-semiotik 
maydonlar (til, musiqa, tasvir) uygʻunlashib, yagona vizual, tuzilmaviy hamda mazmuniy 
yaxlitlikni hosil qiladi. 
Keyingi 
yillarda 
tadqiqotlar 
koʻlami 
ortganligi 
sababli 
tilimizga 
lingvomadaniyatshunoslikka oid yangi terminlar kirib keldi.Ularning ayrimlarida variantlilik 
kuzatilmoqda. 
Masalan: 
lingvokulturologiya/ 
lingvomadaniyatshunoslik/ 
lisoniy 
madaniyatshunoslik, olamning lisoniy manzarasi/ olamning lingvistik kartinasi, lingvomadaniy 
birlik/ lingvokulturema, lingvistik nisbiylik nazariyasi/lisoniy nisbiylik nazariyasi, temporal kod/ 
vaqtga doir kod. Bu kabi birliklarni terminshunoslik mezonlari asosida baholash, amaliy 
tavsiyalarni ishlab chiqish zaruriy vazifalardan biridir. 
Lingvomadaniy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish ham lingvomadaniyatshunoslikning 
muhim vazifalaridan hisoblanadi. Tilimizda shunday obrazli ifodalar, turgʻun birliklar borki, 
ularni lingvomadaniy yondashuvda tadqiq etish oʻzbek tilining ochilmagan qirralarini 
koʻrsatishga xizmat qiladi. Topishmoqlar, iboralar, maqollar mana shunday birliklar sirasiga 
kiradi. 
Tilshunosligimizda topishmoqlarning semantik va grammatik xususiyatlari tadqiq 
qilingan. [ Saparniyazova, 2005] Oʻzbek xalqining obrazli tafakkuri, xayolot kengligi, voqelikni 
til vositasida aks ettirishidagi oʻziga xosligini namoyon etuvchi topishmoqlarga xos shunday 
jihatlar borki, ular lingvomadaniy tadqiqotlar uchun muhim obyekt sifatida xizmat qiladi.


22 
Topishmoqlarda dunyoni anglashning qadimiy usullaridan biri boʻlgan antropomorfizm 
yaqqol koʻzga tashlanadi. Ularda borliqdagi predmetlar insoniy qiyofada namoyon boʻladi: 
Shum 
kampir, Shumaloq kampir, Ikki beti yumaloq kampir (Tandir), Eshik orqasida beli bogʻliq qul 
yotar (Supurgi), Ikki ogʻa-inini bir ustunga bogʻladim (Tarozi), Kichkinagina kelinchak, 
boshida bor tugunchak (Gugurt choʻpi).
Tadqiqotchilar qayd etganidek, topishmoqlarning aksariyati metaforik matndan iborat 
[Saparniyazova, 2005]: 
Oq yer ochdim, qora bugʻdoy sochdim (Qogʻoz, yozuv), Qora sigir 
qarab turar, Sariq sigir yalab turar (Qozon, olov) kabi topishmoqlar matnida ifodalangan 
mazmun boshqa bir tagma'noga ishora qilib keladi.
M.Saparniyazova oʻz tadqiqotida 
Fotima- 
Zuhra urishadi, Merosini boʻlishadi (Qaychi) 
topishmogʻini misol sifatida keltirgan. 
[Saparniyazova, 2005:60] Bu kabi matnlar voqelikni obrazli idrok etishning ixcham koʻrinishlari 
hisoblanadi. 
Topishmoqlarga xos yana bir xususiyat shundaki, ularda lingvomadaniy kodlardan 
foydalanish yuqori darajada amal qiladi. Xususan, borliqni va undagi predmetlarni antropomorf 
kod, zoomorf kod va predmetli kodlar vositasida aks ettirish topishmoqlarning muhim 
belgilaridan biri hisoblanadi.
Voqelik unsurlariga ijobiy yoki salbiy munosabatni aks ettirish ham topishmoqlarga xos 
xususiyatdir. Oʻzbek xalq topishmoqlaridan birida insonning ismi qamchi (predmetli kod)ga 
qiyoslanadi. Bu qamchi oddiy qamchi emas, zar qamchidir, u asrlar davomida ham chirimaydi: 
Otam bergan zar qamchi Ming yilda ham chirimas (Ism).
Koʻrinadiki, ushbu topishmoqda 
xalqning ismlarni avloddan avlodga meros sifatida olib oʻtishi, milliy qadriyat sifatida 
ardoqlashi oʻz aksini topgan. 
Real voqelikni idrok etishning topishmoqlarda namoyon boʻluvchi usullari olamning 
oʻzbekcha lisoniy manzarasi bilan chambarchas bogʻliq. Bu mazkur birliklarni lingvomadaniy 
yondashuvda tadqiq etish muhim vazifalardan biri ekanligini koʻrsatadi. 
Tilshunosligimizda lingvomadaniy yondashuvda tadqiq qilinishi lozim boʻlgan obrazli 
ifodalardan biri mubolagʻadir. Mubolagʻa nafaqat badiiy asarlarda qoʻllanuvchi uslubiy figura, 
balki insonning voqelikni idrok etish tarzini koʻrsatuvchi hodisa hamdir. Mubolagʻa soʻzdan 
tortib matngacha boʻlgan sathda namoyon boʻladi: 
Gulijonning koʻzidan ohular uyaladi. 
Kiprigini koʻtarsa, Osmonlar suyanadi 
(I.Mirzo. “Birinchi sevgi”). Tilimizda olamning lisoniy 
manzarasini mubolagʻa vositasida yaratish mahsuli sifatida shunday oʻziga xos birliklar yuzaga 
kelganki, ularda olam va lison munosabatlarining betakror jihatlarini kuzatish mumkin. Shu bois 
oʻzbek tilidagi mubolagʻalarni olamning lisoniy manzarasini yaratish bilan uzviylikda tahlil 
etish lingvomadaniy tadqiqotlar koʻlamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Oʻzbek 
lingvomadaniyatshunosligida 
tadqiqqa 
tortilmagan 
mavzulardan 
biri 
lingvomadaniy kodlar hisoblanadi. Lingvomadaniy kodlar xususan frazeologizmlar va 
maqollarda mazkur birliklarni shakllantirishda asos vazifasini oʻtaydi. Masalan, juda koʻp 
frazeologizmlarning shakllanishida somatik kodlar (bosh, koʻz, qoʻl, burun, oyoq, jigar, oʻpka, 
panja), zoomorf kodlar (it, mushuk, qoy, xoʻroz ) tayanch komponent boʻlgan. Umuman, har bir 
obrazli turgʻun birikma asosida muayyan lingvomadaniy kod yotadi. Oʻzbek tilidagi 
frazeologizmlarni mana shu nuqtayi nazardan oʻrganish va lingvomadaniy kodlar asosida tasnif 
qilish orqali oʻzbekona tafakkur modellarini yaratish, millat lisoniy ongiga xos mexanizmlarni 
yoritib berish mumkin. 
Lingvomadaniy kodlar xalq maqollarida ham namoyon boʻladi. Bu, ayniqsa, metaforik va 
oʻxshatish mazmunli maqollarga xos jihat hisoblanadi. Bunday maqollarda qoʻllangan 
lingvomadaniy kodlar xalqning oʻz qadriyatlariga munosabatini yaqqol namoyon etadi. Buni 
Sabr tagi – oltin, Kekkayish terakka yarashar, Ona yurting - oltin beshik
kabi koʻplab 
maqollarda koʻrish mumkin. 
XXI asr oʻzbek tilshunosligi ona tilimizning betakror jozibasini yangicha tafakkur, yangi 
ilmiy qarashlar asosida tadqiq etuvchi yangi tilshunoslik sifatida shakllanmoqda. Bunda 


23 
lingvomadaniy tadqiqotlar muhim oʻrin egallaydi. Ular tilimiz mohiyatining yanada teran 
tavsiflanishiga, oʻzbek lisoniy shaxsining oʻziga xos qiyofasini yaratishga xizmat qiladi. 
Hozirgi globallashuv davrida esa bu nihoyatda katta e’tibor qaratilayotgan muhim masalalardan 
biri hisoblanadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish