Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

bolta, oʻt, oʻtin, butaq... – boldu, oʻd, oʻdin, budaq... 
Yozma yodgorliklar tilida biror lahja elementlarini belgilash oʻta murakkab masala. 
Birinchidan, XV ˗ XVI asrlar yozma yodgorliklari tilida oʻgʻuz elementlari deganda, tahlilga 
tortilayotgan materiallar bugungi oʻzbek tili oʻgʻuz lahjasiga nisbatan belgilanadi. Mavjud ilmiy 
manbalar oʻsha davr oʻgʻuz lahjasi haqida mufassal tasavvur bera olmaydi. Shuning uchun ham 
biror yozma manba tilida dialektizmlar degan ifoda mantiqan maqbul boʻlmay, ularni biror lahja 
yoki sheva elementlari sifatida oʻrganish ma’qul. Bundan tashqari, obyekt yodnomalar tilida 
oʻgʻuz elementlarini oʻgʻuz guruh turkiy tillarga qiyosan ham belgilash mumkin. Ikkinchidan, 
oʻgʻuz elementi sifatida belgilanadigan ayrim fonetik, grammatik va leksik birliklar faqat mazkur 
lahjaga xos boʻlmay, ba’zilari qipchoq, ba’zilari qarluq lahjalari bilan mushtaraklik kasb etadi. 
Shuning uchun bunday birliklarni oʻz navbatida sof oʻgʻuz elementlari, mushtarak elementlar 
sifatida ichki guruhlarga ajratish ehtiyoji bor. Shundan kelib chiqib, sof oʻgʻuz elementlari 
sifatida qaysi morfologik koʻrsatkichlar, qanday sintaktik qurilmalar, qanday fonetik holatlar, 
qaysi lugʻaviy birliklarni belgilash mumkinligidek murakkab vazifani uddalash lozim.
Shu bilan birga yozma yodgorliklar tilida oʻgʻuz elementlarining paydo boʻlish omillarini 
ham aniqlash lozim. Masalan, Alisher Navoiy asarlari tilida oʻgʻuz elementlari mavjudligi daho 
ijodkor “Xitodin to Xuroson” butun turkiy tilli xalqlarni “yakqalam” (bir hukm) ostida 
birlashtirgani, “muayyan turk ulusi” uchun Navoiy tili mezon boʻlgani va boshqa omillar bilan 
belgilansa, ayrim adiblar tilida mazkur elementlar faolligi ularning etnik kelib chiqishi bilan 
bogʻliq. Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy haqida shunday mulohazalarni ilgari surish mumkin. Boshqa 
tomondan ijodkor yashagan muhit va makon, xususan, oʻsha davr va hudud hukmron 
doiralarining “tili” ˗ qaysi lahja vakili boʻlganligi ham biz nazarda tutgan omillardan biridir. 
Masalan, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida oʻgʻuz elementlari bilan kipchoq elementlari 
aralash kelishida qoʻngʻirot begi Muhammad Xoʻjabekning 
“Tilarmenki, bizim til birla paydo 
Kitobe aylasang, bu qish qotimda” ˗ 
degan taklifining ham alohida oʻrni bor. Bunda “bizim til” deganda qipchoq elementlari ustuvor 
adabiy til tushunilishi tayin. Agar Xorazmiyning boshqa asarlari yoki asarlaridan namunalar 
yetib kelganda, bu mulohazamiz, balki, oʻzining yaqqol isbotini topar edi. Shuningdek, Hofiz 
Xorazmiy “Devon”i tilida oʻgʻuz elementlari bilan birga qarluq elementlari mushtarakligi 
sabablaridan biri uning ma’lum muddat Iskandar Sulton huzurida ijod qilgani bilan izohlanadi.
Biz soʻz yuritmoqchi boʻlgan Hofiz Xorazmiy “Devon”i tili xususida yirik planda 
tadqiqot olib borilmagan. Uning 18632 baytlik ijodiy merosi Alisher Navoiygacha boʻlgan 


176 
oʻzbek adabiy tili taraqqiyoti, xususan, davr yozma yodgorliklari tilida oʻgʻuz elementlari 
xususida bir qadar keng fikr yuritish imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilgan mulohazalarni Hofiz Xorazmiy “Devon”i misolida koʻradigan 
boʻlsak, asar tili eski oʻzbek tilida oʻgʻuz elementlari salmogʻi bir qadar kattaligini koʻrsatadigan 
manba ekanligiga guvoh boʻlamiz.
Tilshunosligimizda oʻzbek tilining oʻgʻuz lahjasi leksikasi maxsus tadqiq qilingan 
[Мадрахимов, 1978]. Shunday boʻlishiga qaramasdan, mazkur lahja soʻzlarini eski oʻzbek tiliga 
munosabati tadqiqi anchayin murakkab masala. Masalan, Hofiz Xorazmiy “Devon”i tilida ayrim 
holatlarda har uchala lahja elementlari aralash keladi. Masalan,
Toqat etmasa koʻzum yuzunggʻa 
boqmagʻa
ne tong, 
Chun quyoshning 
yuzina boqmagʻa
imkon yoʻq turur.
*
. (24-bet) 
Ushbu baytda 
baqmagʻa
soʻzida qipchoq, 
yuzina
soʻzida oʻgʻuz lahjasi elementlarini 
kuzatamiz. 
Baqmagʻa
soʻzida joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi 
-a
shaklida kelgan boʻlsa ham, 
oʻgʻuz lahjasida u 
baqmaqa
shaklini olgan boʻlar edi. Oʻgʻuz lahjasida 
-q 
undoshi bilan tugagan 
koʻp boʻgʻinli soʻzlarga unli bilan boshlanuvchi grammatik shakllar qoʻshilganida ham chuqur til 
orqa tovushi boshqasiga (
-gʻ
ga) aylanmaydi: 
oraqыnы 
˗ (adab. 
oʻrogʻini
) kabi. 
Baqmagʻa
esa 
hozirda Xorazm qipchoq lahjasi shevalariga xos shakldir. 
Oʻgʻuz lahjasida joʻnalish kelishigi qoʻshimchasining 
-na
shakli ancha faol.
Ana shunday birliklarga 
toʻlu
soʻzini ham misol keltirish mumkin. Mazkur soʻz turkman 
tilida 
doli
, turk tilida 
dolu
shaklida ishlatiladi [Tȕrkmenҁe-tȕrkҁe sözlȕk, 1995: 169]. Oʻgʻuz 
lahjasida ham 
dolы 
tarzida qoʻllaniladi [Мадраҳимов, 1999: 75].
Qolmagʻil darband Xorazm ichra, ey Hofiz mudom, 
Soʻzlaring ovozasidin 
toʻlu
chun Tabriz erur. (20-bet)
Nur bila 
toʻludur
jumla-yi olam, lekin
Sham’ining oshiqi yonmoqlik uchun tor tilar. (26-bet) 
Hozirda oʻgʻuz lahjasida 
dudaq 
[Мадраҳимов, 1999: 75], turkman tilida 
dodak
, turk 
tilida 
dudak 
[Tȕrkmenҁe-tȕrkҁe sözlȕk, 1995: 165] shaklidagi soʻz Hofiz gʻazaliyotida 
tudoq
shaklida ishlatilgan:
Ey savod-i chin-i zulfung soyabon-i oftob,
Vay 
tudoqin
g birla xoling hasrati mushku gulob. (8-bet) 
E.Fozilov bu soʻzni eski oʻzbek tilida 
dudagʻ 
[Фазылов, 1966: 344] tarzida boʻlganini 
qayd etadi.
Bu kabi soʻzlarga kezmoq, sayr qilmoq, axtarmoq ma’nosidagi 
gazmak
(“Devon” 
nashrida 
kaz-
tarzida berilgan); choʻkmoq ma’nosidagi 
choʻmmoq; 
chekmoq ma’nosidagi
 
chakmak 
Fe’llarini ham misol keltirishimiz mumkin: 
Benishon boʻlub jahonni sarbasar 
kazdim
vale, 
Ganji husnin topmayin vayrona boʻldum oqibat. (10-bet) 
Koʻz yoshim daryo qilib, gʻavvostak koʻrgil mani, 
Ishq bahringga 
choʻmib
durdona boʻldum oqibat. (10-bet)
Soʻzga kelganda oʻshul kon-i sharaktek ogʻzing, 
Chakdi
bosh noz birla mandin oʻshul sarki baland, (14-bet) 
Shirin, chuchuk ma’nosidagi 
sӱdji 
Hofiz “Devon”ida 
suchi
tarzida uchraydi. Oʻgʻuz 
lahjasida shu soʻz asosidagi 
sӱdjilik 
(bolalarning boshiga chiqadigan mayda yara), 
sӱdjimsik
(chuchukroq) soʻzlari ham bor [Мадраҳимов, 1999: 158].
Adabiy tildagi chuchimoq Fe’li oʻgʻuz lahjasida 
sӱdjərmək
shaklida ishlatiladi. Masalan, 
“halva dəgən vilən agʻыz 
sӱdjərmidi
” ˗ “Halvo degan bilan ogʻiz chuchimaydi”. (Maqol)
Bosh qoʻyar 
suchi 
labingga oʻshaning koʻra nabot. (11-bet) 
*
Ҳофиз Хоразмий шеъриятидан. Тузувчи: Ҳ.Сулаймон. ˗ Тошкент, 1980. ˗ Б. 24. Bundan keyingi misollar ham 
mazkur nashrdan bo‘lib, sahifasi qavs ichida ko‘rsatiladi.


177 
Hofiz Xorazmiy “Devon”idagi soʻzlarning bir qismini Xorazm vohasidagi har 
ikkala lahja ˗ oʻgʻuz va qipchoqda ham bir xil shaklga ega boʻlgan soʻzlar tashkil etadi. 
Masalan, 
odosh
(adash):
Zulfi savdosinda boshim elga borgʻali tilar
Boʻla bilgayman teyu Majnun bila 
odoshlar. 
(28-bet) 
Alohida bir guruhni esa faqat oʻgʻuz lahjasida qoʻllanuvchi shaklli soʻzlar tashkil etadi. 
Masalan, 
ogʻ
soʻzi qipchoq va qarluq lahjalarida 
ov
tarzida iste’molda:
Zulfi birla soidi shakli koʻzum ichra erur, 
Andayin baliq ilingan bahrdakim 
ogʻ
bor. (24-bet) 
Shuni alohida qayd etish kerakki, soʻzlar oʻrtasidagi farq faqat fonetik, morfologik 
shakllar bilan cheklanmay, ayrim hollarda ularning semantik xususiyatlariga ham bogʻliq 
boʻladi. Masalan, 
qara-
fe’lining oʻgʻuz lahjasida axtarmoq, izlamoq ma’nosi keng ishlatiladi. 
Quyidagi misolda ham shu holatni koʻrish mumkin:
Olam ichra nozaninlarni qaradim koʻp, vale 
San bikin bir nozaninni koʻrmadim hargiz 
qarab.
(8-bet) 
Baytda uning tushum kelishigida soʻz bilan bogʻlanayotgani ham fikrimizni asoslaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, dialektologiya til tarixi, manbashunoslik, 
matnshunoslik bilan bevosita aloqadagi soha boʻlib, ushbu yoʻnalishlar mutaxassislari 
shevashunoslikning nazariy va amaliy jihatlari bilan yaxshi tanish boʻlishi talab qilinadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish